O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti


Boshqa tillardan so’z olish (tashqi manba)



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə20/122
tarix08.06.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#126768
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   122
O`zbek tili-0`quv qo`llanma

2. Boshqa tillardan so’z olish (tashqi manba)- O’zbek xalqi qadim zamonlardan buyon boshqa xalqlar bilan aloqada bo’lib kelgan. Bu tilimizda aks etgan. Hozir o’zbek tilida manti, lag’mon, shiypon kabi uyg’urcha, kitob, maktab, ma’no, harakat kabi arabcha, barg,anor, korxona kabi fors – tojikcha so’zlarni ishlatamiz.
O’zbek tili lug’ati rus tili va u orqali boshqa tillardan o’tgan so’zlar hisobiga ham boyimoqda: stol, stul, ruchka, pero.
Rus tilidan olingan so’zlar orasida asli kelib chiqishi boshqa tillarga xos so’zlar ham bor: buxgalter, soldat (nemischa), palto, triko (fransuzcha), klub, futbol (inglizcha), tomat, limon (ispancha).
Boshqa tillardan o’tgan so’zlar olinma so’zlar deyiladi. O’zbek tilidan ham boshqa tillarga so`zlar o’tgan: o’rik, anjir, somsa, o’tliq ( ruscha: урюк, инжир, самса, utyug).
So’zlarning qanday qilib chiqqanligiga bag’ishlangan lug’atlar etimologik lug’atlar deb ataladi: karandash – qora tosh kabi
Tillimizdagi ko’p so’zlar hammamiz uchun tushunarli bo’lib, biz ularni nutqimizda tez – tez ishlatib turamiz : ko’z,qo’l, yaxshi, men, bir, va, lekin.
Hammaning nutqida tez – tez qo’llanadigan so’zlar umumxalq ishlatadigan so’zlar hisoblanadi. Ularni yana faol so’zlar deyishadi. Bular tilning asosiy so’z boyligidir.
So’zlar ishlatilish doirasiga ko’ra so’zlashuv uslubiga xos so’zlar, kitobiy so’zlar, uslubiy betaraf so’zlar kabi turlarga bo’linadi: metro, ko’k, tuzuk (so’zlashuv uslubi), metropoliten, moviy, durust (kitobiy).
So’zlashuv usulubida ham, kitobiy uslubda ham ishlatiladigan so’zlar uslubiy betaraf so’zlar hisoblanadi: suv, bola, tog’, xat.
Tilimizdagi ayrim so’zlar barcha insonlar tomonidan kundalik turmushda ishlatilmasligi mumkin. Hammaning nutqida tez – tez qo’llanavermaydigan so’zlar umumxalq ishlatmaydigan so’zlar hisoblanadi. Bularni yana nofaol so’zlar ham deyishadi.
Bu so’zlarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
1.Atamalar – ilm – fan, texnika, san’atga xos so’zlardir. Bular odatda bir ma’noni bildiradi: urg’u, kesim, undalma kabi. Atamalar ilmiy nutqda qo’llanadi.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin