2.Shevaga xos so’zlar – ma’lum hududdagina ishlatilib, faqat shu yerda yashovchi kishilarga tushunarli bo’lgan so’zlardir: buvi (adabiycha) – momo (xorazmcha), shu yerda (adabiy) – shatta (farg’onacha).
Yozuvchilar badiiy asarlarida qahramonlarning qayerlik ekanini,tildagi xususiyatlarni ko’rsatish uchun ularning nutqida ba’zan shevaga xos so’z va qo’shimchalarni ham ishlatadilar.
3.Kasb-hunarga oid so’zlar – ma’lum kasb-hunar egalari ishlatadigan so’zlardir. Tikuvchilik: andoza, angishvona, qatim va b. Yozuvchilar badiiy asarlarida qahramonlarning mehnat faoliyatini ko’rsatish uchun ularning kasb-hunarlariga oid so’zlardan ham foydalanadilar.
4.Eskirib qolgan so’zlar – kundalik hayotda ishlatilmaydigan bo’lib qolgan so’zlardir. Jamiyat to’xtovsiz rivojlanib boradi. Yillar o’tishi bilan mehnat qurollari, kiyim –kechak, uy jihozlarining yangi nusxalari paydo bo’ladi, eskilarining ba’zilari ishlatilmaydigan bo’lib qoladi, natijada ularni ifodalovchi so’zlar ham bora-bora juda kam qo’llaniladi. Eskirgan so’zlar ikkita guruhga ajratiladi:
1) tarixiy so’zlar – iste’moldan butunlay chiqib ketgan so’zlardir: mingboshi, xalfa, mo’ndi…
2) arxaik so’zlar hozirda mavjud bo’lgan narsa-hodisalarning eskirib qolgan atamalaridir. Bunday so’zlar iste’molan chiqish arafasida turgan, hozirgi tilda sinonimi bo’lgan so’zlardir: rayon (tuman), ekspress (tezyurar), oblast (viloyat)…
3)yangi paydo bo’lgan so’zlar – tilda hayot, fan, texnika, san’atning rivojlanishi bilan yangi paydo bo’lgan tushunchalarning nomlarini ifodalovchi so’zlardir: xokkeychi, limonzor, fermer, teleminora…
4)Jargon so’zlar – qiziqishlari, mashg’ulotlari umumiy bo’lgan odamlar tomonidan ishlatiladigan so’zlardir: soqqa, loy, mullajiring (pul), bedana (to’pponcha) kabi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
9-mavzu: Frazeologiya.Ibora va tasviriy ifoda
Dostları ilə paylaş: |