2.Narsa –buyum otlari yasovchi qo’shimchalar:
-gich (-kich, -qich, -g’ich)
|
Tishkovlagich, ko’rsatkich, qisqich, chizg’ich
|
-gi (-ki, -qi, -g’i, -g’u)
|
Supurgi, tepki, tutatqi, chalg’i, sachratqi, tuyg’u
|
-k, -ak
|
Ko’rak, pirpirak
|
-q, -oq
|
Tara+q-taroq, o’roq, bo’ya+q-bo’yoq
|
-iq, -ik
|
Chopiq, topshiriq, teshik
|
-uq
|
Uchuq, yutuq
|
-ma
|
to’qima, bo’g’ma, bosma
|
-m, -im
|
To’plam, kiyim, tishlam
|
-um
|
Unum, yutum, uy+um-uyum
|
-don
|
Qalamdon, tuzdon
|
-noma
|
Taklifnoma
|
-qin (-kun, -g’in, -g’un)
|
to’lqin, yong’in, uchqun, yulg’un
|
-in (-un, -on)
|
Yig’in, tugun, to’zon
|
-(i)ndi
|
Chirindi, cho’kindi
|
-machoq
|
Bekinmachoq, tortishmachoq
|
-(i)sh
|
Qurilish, turlanish
|
--(u)v, (o)v
|
Yozuv, saylov
|
-aq(oq)
|
Qarsak, qaldiroq, varrak
|
-ildoq
|
Shaqildoq
|
-a
|
Sharshara, jizza
|
-os
|
Chuvvos, gulduros
|
-chilik
|
Dehqonchilik, urug’chilik, tirikchilik
|
-poya
|
Bedapoya, g’o’zapoya
|
-qoq (-kak, -gak)
|
Botqoq, eshkak, ilgak
|
-dak (-doq)
|
Yugurdak, qovurdoq
|
-chiq
|
Yopinchiq, suyanchiq
|
-chak
|
Burchak, kemirchak
|
-machoq
|
Bekinmachoq, aylanmachoq
|
-iz
|
bo’g’iz
|
-miq
|
Bulamiq
|
-t (-it, -at, -ot)
|
Qurt (quri+t), chiqit, o’lat, sizot
|
-mish
|
O’tmish, qilmish
|
-kilik (-gilik)
|
Ichkilik, ko’rgilik
|
-moq (-mak)
|
Quymoq (ovqat turi), chertmak (o’yin turi)
|
-cha
|
Qizilcha, olacha
|
3.O’rin – joy otlari yasovchi qo’shimchalar
-zor
|
Gulzor, paxtazor, olmazor
|
-iston
|
O’zbekiston, guliston
|
-loq
|
O’tloq, toshloq
|
-goh
|
Saylgoh, o’yingoh
|
-xona
|
Oshxona, choyxona
|
-obod
|
Yunusobod, Yangiobod
|
4.Mavhum ot yasovchi qo’shimchalar
-lik
|
Bolalik, do’stlik,, birlik, mustaqillik
|
-liq
|
Otaliq, borliq
|
-ch
|
Sevinch, quvonch, tayanch
|
-garchilik
|
Odamgarchilik, og’aynigarchilik
|
So’zlarniqo’shib,bog’labotyasash-So’zlarniqo’shishbilanqo’shmaotlaryasaladi. Bularquyidagichayasaladi:
1)Otbilanotdan: otquloq, qo’larra; 2) sifatbilanotdan: ko’ksulton, xomtok; 3) otbilansifatdan: gulbeor, oshko’k; 4) sonbilanotdan: mingoyoq, qirqog’ayni, uchburchak; 5) otbilanfe’ldan:o’rinbosar,beshiktervatar; 6) fe’lbilanfe’ldan: iskabtopar, olibsotar. Birorbelgisigako’raatalganjoynomlariko’pinchaqo’shmaotorqaliifodalanadi: Oqtepa, To’ytepa, Uchqo’rg’on.
Quyidagiqo’shmaotlarqo’shibyoziladi:
1)Qismlariturdoshotlardaniboratbo’lib, birurg’ubilanaytiladigannarsa – buyumnomlari: gulko’rpa, oshqozon, o’qilon, tutmayiz, oshko’k.
2)Otbilan –arqo’shimchalife’ldanyasalganqo’shmaotlar: otboqar.
3)Ikkinchiqismiturdoshotbo’lgangeografiknomlar: Sirdaryo, Oqtepa. Ikkinchiqismiye, yo, yu, yaharfibilanboshlanganqo’shmaotlarajratibyoziladi: yeryong’oq, eshakyemi, qozonyuvg’ich.
4)Bulardantashqari, ruscha – baynalmilalso’zlarishtirokidayasalganqo’shmaotlarhamo’zbektilidamavjud: bronepoyezd, aviabo’linma, avtoyo’l, kinoqissa.
So’zlarniqisqartiribotyasashda-qisqartmaotlaryasadi:
1)So’zlarning birinchi harfidan: Birlashgan Millatlar Tashkiloti – BMT, Reklama tijorat bo’limi – RTM.
2)Birinchi so’zning bosh qismini va boshqa so’zlarning birinchi harfini olish bilan: O’zbekiston Milliy universiteti – O’zMU.
3)So’zlarning bosh qismidan: ijroiya qo’mita – ijroqo’m.
4)Aralash yo’l bilan: O’zbekiston radio eshittiruv va teleko’rsatuv kompaniyasi – O’zbekiston teleradiokompaniyasi.
Turkumdan turkumga ko’chish vositasida ot yasalishi:
1)Sifatdan otga ko’chish: o’g’il (bola), qiz (bola), ayol (kishi), chol (odam);
2)Fe’ldan otga ko’chish: kelajak (avlod);
3)Juft fe’llar otga ko’chadi: keldi – ketdi, oldi – sotdi, qo’ydi – chiqdi.
So’zlarni takrorlash yordamida ot yasash:
Lik – lik (ko’kat turi), pat – pat (motosikl), bog’cha – bog’cha (o’yin), yugur – yugur (shoshilish), biyovbiyov (qush), shaqshaq (qush).
Tayanch so’zlar: Ot yasalishi, kompozitsiya, affiksatsiya, abbrivatsiya,qisqartirish,ko’chish,turkum,yasash,mavhum .
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1.Otlar qanday usullar bilan yasaladi?
2.O’rin – joy otlarini yasovchi qo’shimchalarni ayting.
3.Mavhum ot yasovchi qo’shimchalar qaysilar?
4.Shaxs oti yasovchi qo’shimchalar qaysilar?
Topshiriqlar.
1-topshiriq:
Quyidagi so’zlarga ot yasovchi qo’shimchalar qo’shib yangi so’zlar hosil qiling: Teng, jang, yo’l, drama, talab, uch, il, yoz.
Qisqartma otlarni kengaytirib yozing: UrDU, DAN, AQSH.
Quyidagi so’zlarga so’z qo’shib qo’shma otlar yasang: ildiz, ot, qashqar, qizil, ming, ko’k, olib, Sir, Uch.
2-topshiriq: Gaplarni o’qing. Yasama, qo’shma, juft va qisqartma otlarni aniqlang.
1.Sinfdoshlar mevazorda bog’bon bilan so’zlashdilar.
2.O’zbekiston Respublikasi BMTga a’zo bo’ldi.
3.TDIU ning talabalaridan bir guruhi AQShga jo’nab ketdilar.
4.Paxtakorlar hosildor erlardan hosil oldilar.
5.Mamayusuf o’tloq chetidagi botqoqdan toshbaqa tutib oldi.
3-topshiriq: Yasama otlarni ma’nosiga ko’ra umumiy nomlang, so’z yasovchilarning tagiga chizing va gaplar tuzing.
Chiziq, qisqich, o’chirg`ich, ko’rsatkich, supurgi, ko’rik, qarsak, to’plam, kiyim, taklifnoma, sevinch, yozuv, tirnoq, bo’yoq, saylov.
4-topshiriq: Yasama otlarni ma’nosiga ko’ra umumiy nomlang, so’z yasovchilarnianiqlang va gaplar tuzing.
O’zbekiston, gulzor, o’tloq, sayilgoh, darsxona, toshloq, lag’monxona.
22-mavzu: Otlarda egalik va kelishik kategoriyasi
Reja:
1.Otlarda egalik kategoriyasining ifodalanishi.
2.Otlarda kelishik kategoriyasining ifodalanishi.
Egalik qo’shimchalari predmetning uch shaxsdan (so’zlovchi, tinglovchi, o’zga) biriga qarashli ekanini bildiradi. Egalik qo’shimchalari oxiri unli bilan tugagan otlarga birlikda –m, -ng, -si, -ngiz shaklida; oxiri undosh bilan tugagan otlarga esa birlikda –im, -ing,-i; ko’plikda –imiz, -ingiz, -i shaklida qo’shiladi:
Shaxs
|
Birlik
|
Ko’plik
|
1-shaxs
|
Dalam, kitobim
|
Dalamiz, kitobimiz
|
2-shaxs
|
Dalang, kitobing
|
Dalangiz, kitobingiz
|
3-shaxs
|
Dalasi, kitobi
|
Dalalari, kitoblari
|
Kvaqundoshibilantugaganotlargaegalikqo’shimchasiqo’shilganda, o’zak – negizoxiridagijarangsizg’undoshigaaylanadivakoptogi,tuprog’Ikabiyoziladi.Og’iz,burun,zaharkabiotlargaegalikqo’shimchasiqo’shilganda, ikkinchibo’g’indagiqisqaroqaytiladiganu, i, aunlilaritushibqoladi: og’zi, burni, zahri.Obro’, parvozso’zlarigaegalikqo’shimchasiqo’shilgandaesaytovushiorttiriladi:parvoyi, obro’yim.
Otlarning turlanishi
Otlarning kelishik qo’shimchalari bilan qo’lllanishi turlanishdeyiladi.
Otlarda oltitakelishik mavjud:
№
|
Kelishik nomi
|
Qo’shimchasi
|
Savollar
|
1.
|
Bosh kelishik
|
--
|
Kim?
|
2.
|
Qaratqich kelishik
|
-ning, -n
|
Kimning?, Nimaning?
|
3.
|
Tushum kelishik
|
-ni, -n
|
Kimni? Nimani?
|
4.
|
Jo’nalish kelishik
|
-ga, -ka, -qa, -na, -a
|
Kimga? Nimaga?
|
|
Dostları ilə paylaş: |