3- topshiriq: Viloyatingizdagi shahar, tuman, ko’l, daryo, anhor va boshqa joy nomlarini bir necha guruhga ajratib, har biriga uchtadan misol yozing.
4- topshiriq: O’qing. Atoqli otlar qaysi gap bo’lagi bo’lib kelayotganini aniqlang.
Akam Dilshodning Sen-chi , Mavjuda,
Odati qiziq. Qara ukangga.
Ish taqsimlab u Hamrobek, suv och
Ko’rgazar yo’riq. Darhol ekinga.
Hoy, Umarjon, sen Akam Dilshodbek
Molga sol xashak. Тaqsimlaydi ish.
Uyni supurib, O’zi to’p tepib,
Suv keltir, Qo’shoq. Qilmas hech yumush.(Po’lat Mo’min)
21-mavzu: Otlarning yasalishi
Reja:
1.Ot yasovchi qo’shimchalar bilan ot yasash.
3.So’zlarni qo’shish va juftlash bilan ot yasash.
4.So’zlarni qisqartirish bilan ot yasash.
5.So’zlarni takrorlash orqali ot yasash.
Otlar 5xil usul bilan yasaladi. 1Ot yasovchi qo’shimchalarbilan 2.So’zlarni qo’shish yoki juftlash 3. So’zlarni qisqartirish 4.Turkumdan turkumga so’z ko’chishiyordamida 5. So’zlarni takrorlash orqali.
1.Yasovchi qo’shimchalar bilan ot yasash-Ot yasovchi qo’shimchalar o’zak bilan birikkan holda quyidagi ma’nolarini bildiruvchi otlar yasaydi. 1. Shaxs otlari. 2. Narsa – buyum otlari. 3. O’rin – joy otlari. 4. Mavhum otlar.
1.Shaxs oti yasovchi qo’shimchalar:
-chi. Bu qo’shimcha, odatda, shaxsning biror kasb yoki ish bilan shug’ullanishini anglatuvchi otlar yasaydi: suvchi, sportchi, navbatchi.
-dosh. Bu qo’shimcha yordamida yasalgan otlar, odatda, birgalik, yaqinlik ma’nosini bildiradi: sinfdosh, suhbatdosh.
Tilimizda –kor (-kar, -gar, -gor), -kash, -dor, -bon, -boz, -paz, -xon, -shunos, -do’z, -soz, -xo’r, -parast, -go’y, -furush, -vachcha, -(u)vchi, -(o)vchi,ham-qo’shimchlari bilan yasalgan shaxs otlari ham bor: paxtakor, talabgor, miskar, zargar, aravakash, chorvador, saroybon, dorboz, gazetxon, tilshunos, gilamdo’z, choyxo’r, shaxsiyatparast, duogo’y, mevafurush, tog’avachcha, yozuvchi, tinglovchi, hamsuhbat.
Dostları ilə paylaş: |