O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə39/122
tarix08.06.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#126768
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   122
O`zbek tili-0`quv qo`llanma

Turdosh otlar qanday tushunchani ifodalashiga ko’ra 2 xil bo’ladi:
1.Aniq otlar beshta sezgi a’zosi yordamida sezish mumkin bo’lgan predmetlarni ifodalaydi: kitob, tovush, havo;
2.Mavhum otlar ong yordamidagina idrok qilinadigan tushunchalarni ifodalaydi: g’azab, mehr, do’stlik.
Turdosh otlar birlik shaklda ko’plik ma’nosini ifodalash – ifodalamasligiga ko’ra 2 xil bo’ladi:
1)Yakka otlar birlik shaklda yakka predmetlarni ifodalaydi: odam, ko’cha, daraxt.
2)Jamlovchi otlarbirlik shaklda ham ko’plikni ifodalaydi: karvon, xalq, guruh.
Ayrim shaxs yoki predmetga atab qo’yilgan nomlar atoqli ot deyiladi. Kishilarning ismi, familiyasi, taxallusi, hayvonlarga atab qo’yilgan nomlar, geografik nomlar, tashkilot va idora nomlari, tarixiy voqea, kitob, gazeta, jurnal, kinofilm, spektakl nomlari atoqli otlardir. Atoqli otlar bosh harf bilan yoziladi: Rahim Mahmudov, Toshkent, Amudaryo, Mustaqillik kuni. Ko’pchilik atoqli otlar turdosh ot yoki boshqa biron so’z turkumi asosida vujudga keladi: Po’lat, Go’zal, Sotiboldi, Sakson ota. Ba’zan atoqli otlar turdosh otga aylanishi ham mumkin: amper ( tok o’lchovi), xosiyatxon (atlas turi), makintosh (kiyim turi).


Tayanch so`zlar: ot, mustaqil, xususiyat, turdosh, atoqli, yakka, juft, aniq, mavhum, turlanish, egalik, kelishik, birlik, ko`plik.


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Ot deb nimaga aytiladi?
2. Ot ma`no jihatdan qanday turlarga bo`linadi?
3. Otga xos grammatik xususiyatlar deganda nimani tushunasiz?
4. Otlar ma’nolariga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?
5. Turdosh otlar ma’nolariga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?


Topshiriqlar
1-topshiriq:O’qing, otlarni aniqlang. Ularning qaysilari biror shaxs yoki narsalarga atab qo’yilgan otlar.
Gulbadanbegim Zahiriddin Muhammad Boburning qizi bo’lib, u 1523-yili Qobulda tug’ilgan. Onasi Dildorbegim temuriy Sulton Mahmud Mirzoning qizi bo’lgan. Otasining farmoniga ko’ra u katta onasi, ya’ni Humoyun Mirzoning onasi Mohimbegim qo’lida tarbiyalangan.
Gulbadanbegim zamonasining oqila, donishmand ayollaridan edi. Akbarshohning taklifi bilan “Humoyunnoma” - ajoyib va muhim tarixiy asarini yozgan. “Humoyunnoma” Bobur va Humoyun podshohlarning hayoti va sarguzashtlarining qisqacha tarixi bo’lib, “Boburnoma”ning mantiqiy davomidir. “Akbarnoma”ning muallifi Abul Hazlning yozishicha, Gulbadanbegim 1603-yilda 80 yoshida vafot etgan.
2- topshiriq:O’zingiz eshitgan yoki o’qigan kitoblaringizdan hayvonlarga atab qo’yilgan nomlardan bir nechtasini yozing. Ular ishtirokida og’zaki gaplar tuzing.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin