1.Orttirma daraja predmetdagi bir belgining boshqa predmetdagi shu turdagi belgiga nisbatan eng ko’p ekanligini ifodalaydi.Orttirma daraja quyidagi usullar yordamida hosil qilinadi:
1) morfologik usul: a) so’zning birnchi bo’g’ini ajratilib, unga keying bo’g’indagi birinchi undosh qo’shiladi-da, yopiq bo’g’in hosil qilinadi va undan keyin to’liq shakli takrorlanadi: dum – dumaloq, pak– pakana; b) so’zning oldingi ikki tovushi ajratilib unga p,m tovushlaridan biri qo’shiladi va undan keyin so’zning o’zi takrorlanadi: yap – yangi, ko’m – ko’k; d) so’zning birinchi bo’g’inidan keyin –ppa shakli qo’shiladi: soppa – sog’, to’ppa – to’g’ri.
2) leksik usul: a) maxsus kuchaytiruvchi so’zlar orqali ifodalanadi: engkichik,hammadan chiroyli, zap g’alati, beqiyoschiroyli, naqadarulug’vor, xo’p bemaza,cheksiz quvonchli; b) so’zlarni takrorlash vositasida: zo’r – zo’r (polvonlar), uzundan – uzun (kechalar), ne – ne (olimlar); d) turli so’z birikmalari, iboralar yordamida: haddan ziyod chiroyli, misli ko’rilmagan (qahramonlik), quling o’rgilsin (jonon); 3)leksik – semantik usul- bunda belgi bildiruvchi so’zlar oldidan yoki ular o’rniga boshqa turkumdagi so’zlar qo’llanadi: zahar (garmdori), olov (bola). 4) fonetik usul: a) unlilar cho’zib aytiladi: tooza, chuquur;
b) undoshlar ikkilanadi: tekkis, yummshoq.
2.Qiyosiy daraja- predmetdagi bir belgining boshqa predmetdagi xuddi shunday belgidan ortiq ekanligini ifodalaydi. Qiyosiy daraja oddiy darajadagi sifatga –roqqo’shimchasini qo’shish yoki sifatdan oldin bir – biridan, undan ham, yanada so’zlarini keltirish bilan yasaladi: Olma daraxti shaftoli daraxtidan balandroq. Bir – biridan go’zal, bundanham battar, yanada kuchli .