O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə55/122
tarix08.06.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#126768
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   122
O`zbek tili-0`quv qo`llanma

Topshiriqlar
1-topshiriq:Gaplarni avval ot, keyin sifat, so’ng son o’rnida qo’llangan olmoshlarni aniqlang.
1.U o’ymakor eshikni qiya ochib ichkari kirdi. (Х.Sultonov)
2. O’rtog’ing yugurishda birinchi ekan, sen-chi, nechanchi o’rindasan?
3. Cholning chapdast, chaqqon o’g’li bor ekan, mening ham shunday farzandim bo’lsa edi. (Ertakdan)
4. Men ham shunday o’ydaman, fikru yodim undadir, gar o’zim har joydaman. (Y.Sulaymon)
5. Bu ish uchun senga qancha vaqt kerak?
2- topshiriq: Berilgan so’roq olmoshlarini boshqa so’zlarga almashtiring va ular ishtirokida gaplar tuzing. So’z turkumini aniqlang.
Namuna: Kim? – Тikuvchi. Opam atel’уeda tikuvchi bo’lib ishlaydi.
Kim?, qanday?, nechanchi?, nima?, nechta?, qancha?, qaysi?

30-mavzu: Olmosh va uning ma`no turlari
Reja:
1.Olmosh mustaqil so`z turkumi.
2.So`roq va belgilash olmoshlari.
3.Bo`lishisizlik va gumon olmoshlari.


4. So’roq olmoshlari biror narsa –buyum, belgi yoki son haqidagi so’roqni bildirgan olmoshlardir. Kim?Nima? so’roq olmoshlari shaxs va narsaga nisbatan ishlatiladi hamda birlik va ko’plikda qo’llanadi, egalik va kelishik qo’shimchalarini oladi: Kim so’zladi? Nimalarni ko’rding? Nimang bor?
Qanday? Qanaqa? qaysi ?olmoshlari belgini aniqlash uchun ishlatiladi: Qanaqa odam? Qaysi kitob?
Qayerda?Qani?Qayoqqa? Qachon? Nega ?olmoshlari o’rin, payt, mavjudlik, sabab, maqsad kabilarni aniqlash uchun ishlatiladi: Qachon keldi? Qayerda yuribdi? Ukang qani? Qayoqqa ketdi? Nega keldi?
5.Belgilash olmoshlari predmet va shaxslarning yig’indisini bildiradi yoki ularni ayirib ko’rsatadi, shuning uchun ularni ikkiga bo’lish mumkin:
1) jamlasholmoshlarigahamma, barcha, bari, jami, butun, yalpi so’zlari kiradi.
2) belgilasholmoshlarigahar, har kim, har nima, har bir, har qaysi kabi so’zlar kiradi.
Hamma, barcha, bari olmoshlari ko’plikni anglatadi. Belgilash olmoshlari egalik, kelishik, ko’plik qo’shimchalari bilan qo’llanadi: Hammalari jim. Har kimga aytaverma.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin