6.Bo’lishsizlik olmoshlari inkor ma’nosini bildirgan olmoshlardir. Bular hech so’zining o’zi va shu so’zning ba’zi so’roq olmoshlari bilan birikishidan hosil qilinadi.Hech so’zi ayrim yoziladi. Bu olmoshlar egalik va kelishik qo’shimchalari bilan qo’llanadi:Hech kimniko’rmadim,hech nimamyo’q.Hechso’zi yakka holda qo’llanganda, ko’pincha fe’llar oldida kelib, ravish vazifasini bajaradi: Uhechqiynalmadi. 7.Gumon olmoshlarinoaniqlik, gumon ma’nosini bildirgan olmoshlardir. Ularalla- yordamida yoki –dir qo’shimchasi bilan hosil qilinadi: allakim,kimdir. Bu olmoshlar birlik va ko’plikda keladi, kelishiklarda turlanadi: allakimdir, kimnidir kabi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1.Olmosh deb nimaga aytiladi?
2.Olmosh mustaqil so`z turkumi haqida nimalarni bilasiz?
3.So’roq olmoshlariga xos qanday xususiyatlarni bilasiz?
4.Belgilasholmoshlariga xos qanday xususiyatlarni bilasiz?
5.Bo’lishsizlik olmoshlariga xos qanday xususiyatlarni bilasiz?
6.Gumon olmoshlariga xos qanday xususiyatlarni bilasiz?
Topshiriqlar 1- topshiriq: Nuqtalar o’rniga oldingi gap mazmunidan kelib chiqib, moskeladigan olmoshlarni qo’ying. Bu olmoshlar qaysi so’z turkumi o’rnida qo’llanganini aniqlang.
Namuna: Uning beshta kitobi bor. Yana... bo’lsa o’nta bo’ladi.
Uning beshta kitobi bor. Yana shuncha bo’lsa o’nta bo’ladi.
1.Men, Bahodir, Elbek, Hilola boqqa bordik. ... u yerdan kech qaytdik.
2. Uning ko’ylagi yashil ekan. ... rang menga ham yoqdi.
3. Ziyoda bilan Durdona yaqin dugona....–beshinchi sinf o’quvchilari.
2-topshiriq: Gaplarni ko’chiring. Olmoshlarni topib, ularning yozilishini tushuntiring.
1.Meniki va seniki shu aziz tuproq,
Ko’z qorachig’iday asraylik o’rtoq!
2.Mening ikki onam bor,
Ikkisi ham mehribon. (Uyg’un) 3.Shundaylar bo’lmasa agar dunyoda,
Bunchalar muhtaram bo’lmasdi ayol. (A.Oripov)
4. Otang seni ko’rmadi, chog’i.
5. Sen qancha kitob olgan bo’lsang, men ham o’shancha miqdorda olib keldim.