26-mavzu: Son va uning grammatik xususiyatlari
Reja:
2.Son mustaqil so`z turkumi.
3.Sonning grammatik xususiyatlari.
4.Son va uning ma`no turlari.
Narsaning, miqdori, sanog‘i yoki tartibini bildirib, qancha? nechta? nechanchi? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladigan so‘zlar son deyiladi.
Sonlar sifat singari belgi tasavvuri bilan aloqador bo‘lib, narsaning miqdori, sanog‘iva tartibiga ko‘ra belgisini ifodalaydi: beshta kitob, uchala talaba, birinchi kurs kabi.
Son narsaning aniq yoki noaniq miqdorini ifodalash xususiyatiga egaligiga ko‘ra tildagi ko‘p, oz, bir oz singari umumiy miqdor bildiruvchi so‘zlardan farqlanib turadi. Sonlar quyidagi grammatik belgilarga ega:
1.Sonlar ot bilan birikkanda so‘z o‘zgartuvchi affikslar olmaydi, aksincha ularning o‘zi otning aniqlovchisi vazifasini bajaradi: O‘nsakkizyashar yigit. Birinchio‘rinda bormoq.
2.Ba’zan son va sifat birgalikda otning aniqlovchisi vazifasini bajarishi mumkin. Bunday holda son aniqlovchi vazifasida kelgan sifatdan avval joylashadi: Beshta baland bino, uchta qora qo‘y.
3.Son gapda asosan aniqlovchi va kesim vazifasini bajaradi: Mehnat kishini uchta balodan saqlaydi: yurak siqishdan, axloqiy buzilishdan, muhtojlikdan. Bu xotinning joni bitta emas, mingta(A.Qahhor).
Tayanch so`zlar: son, grammatik, xususiyat, sanoq, metr, hisob, chama,
juft, dona, jamlovchi, taqsim, kasr, tartib.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Son mustaqil so`z turkumi haqida nimalarni bilasiz?
2. Sonning qanday grammatik xususiyatlari mavjud?
3. Sonningqanday ma`no turlari bor?
Topshiriqlar
1- topshiriq:Uch, besh, yetti, o’n sonlarini avval miqdor son, keyin tarib son shaklida qo’llab, ular ishtirokida gaplar tuzing.
2- topshiriq:Gaplarni ko’chiring. Sonlarni gapdagi vazifasini aniqlab, tagiga chizing.
1.Bir otasi, bir onasi, necha yuz ming bolasi. (Тopishmoq) 2. Mening kitoblarim hammasi bo’lib yettita. 3. Opam bizga uzgan olmalaridan to’rttadan berdi. 4. Bir daraxtda o’n ikki shox, har shoxda o’ttiz yaproq, yaprog’ining bir yog’i qora, bir yog’i oq. (Тopishmoq)
3- topshiriq:Тartib sonlarni toping, ularni raqamlar bilan yozing.
1.Birinchi iyun – Хalqaro bolalarni himoya qilish kuni. 2. Alisher Navoiy bir ming to’rt yuz qirq birinchi yil to’qqizinchi fevralda Hirot shahrida tug’ildi. 3. Chol bilan kampir uch nafar qizlari bilan yashar ekanlar. (Ertakdan
Dostları ilə paylaş: |