O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə69/122
tarix08.06.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#126768
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   122
O`zbek tili-0`quv qo`llanma

1.O’tgan zamon sifatdoshi–gan, -kan, -qan qo’shimchalari bilan yasaladi: otgan, tikkan, chiqqan.
2.Hozirgi zamon sifatdoshi–(a)yotgan qo’shimchasi bilan yasaladi: kelayotgan, o’qiyotgan.
3.Kelasi zamon sifatdoshi–(a)p, -(a)digan, -(u)vchi qo’shimchalari bilan: oqar suv, qaynar buloq, boradigan bola, o’qiydigan kitob, keluvchi odamlar. Kelasi zamon sifatdoshining bo’lishsiz shakli-ma+sqo’shimchasi bilan hosil qilinadi: Aytar so’zni ayt, aytmas so’zdan qayt.
Sifatdoshlar ot o’rnida qo’llanib, ot vazifasini bajarishi mumkin, ya’ni otlashadi. Bunda ular otlar kabi turlanadi, egalik, kelishik, ko’plik qo’shimchalarini oladi va gapda ega, to’ldiruvchi, qaratqich aniqlovchi bo’lib keladi: Qo’rqqanga qo’sha ko’rinadi. Aytganlaringiznibajardik.
Harakat nomi ish-harakatining nomini bildirib, zamon va shaxs sonni ko’rsatmaydigan fe’l shaklidir. Harakat nomi quyidagicha yasaladi:
1.Fe’l o’zak-negiziga –sh, -ish qo’shimchalarini qo’shish bilan: o’qish, yozish.
2.Fe’l o’zak-negiziga –v, -uv qo’shimchalarini qo’shish bilan: o’quv, yozuv.
3.Fe’l o’zak-negiziga –moq,(-mak) qo’shimchasini qo’shish bilan: yozmoq, demak.
ish qo’shimchasi bilan yasalgan harakatnomi otga yaqin turadi, shuning uchun bularni doim almashtirib qo’llab bo’lmaydi: Qurilish boshlandi gapida moq qo’shimchasini ishlatib bo’lmaydi, o’qish so’zida moqni qo’llasa bo’ladi.
Harakat nomlarining bo’lishsiz shakli quyidagicha yasaladi: bormoq – bormaslik, o’qish – o’qimaslik, keluv – kelmaslik.
Tayanch so`zlar: xoslangan,vazifadosh,ravishdosh,sifatdosh, harakat nomi,payt,holat,maqsad,zamon.



Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin