Tayanch so`zlar: ravish, grammatik, xususiyat, holat, harakat, payt, belgi o`rin, daraja, miqdor,yasalish.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.Ravish mustaqil so`z turkumi haqida gapiring.
2.Ravishlar qanday usullar bilan hosil qilinadi?
3.Ravishlar tuzilishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?
4.Ravishlar qanday yasaladi?
Topshiriqlar
1-topshiriq:Nuqtalar o’rniga yordam uchun so’zlardan mosini qo’yib, gaplarni ko’chiring.
1.... men o’zbek tilini bilmas edim. 2. .... o’zbek tilini o’rgana boshladim. 3. .... sen yangi matnning mazmunini yaxshi tushundingmi? 4. .... qiyin matnlarning mazmunini aytib bera olmayman. 5. .... universitetimizda o’zbek tili to’garagi ochildi. 6. .... to’garak mashg’uloti yaxshilanmoqda.
Yordam uchun so’zlar: hozir, kundan-kunga, ilgari, bugun, hozircha, yaqinda, o’tgan yili.
2-topshiriq: Lug’atdan foydalanib, quyidagi ravishlar ishtirokida gaplar tuzing.
Yangicha, astoydil,sekin, birdan, darrov, yaxshi, ko’p, tez, piyoda, to’satdan.
3-topshiriq: So’zlarni o’zbek tiliga tarjima qiling. Ular ishtirokida gaplar tuzing.
Откуда?, куда?, там, туда, где-то, вперед, каждый день, весь день.
38-mavzu: Ravish va uning ma’no turlari
Reja:
1.Ravishning ma’no turlari.
2.Holat ravishlari.
3. Payt ravish.
4. O’rin ravishi.
5. Sabab ravishi.
6. Maqsad ravishi.
7. Daraja-miqdorravishi.
Ravishlar ma’no jihatdan olti turga bo’linadi:
1.Holat ravishlari ish-harakatning qanday holatda yoki qay tarzda bajarilganligini bildirib, qanday?, qay holda?, qay tarzda? So’roqlariga javob bo’ladi: asta, sekin, tez, birdan, qo’qisdan, to’satdan, yonma-yon, qo’lma-qo’l, omon-eson, zo’rg’a, piyoda, do’stona, qahramonona, qadrdonlarcha, naridan-beri va boshqalar.
2.Payt ravish ish-harakatining bajarilish paytini bildirib, qachon?, qachongacha?, qachondan?, qachondan beri?. kabi so’roqlarga javob bo’ladi: avval, oldin, ilgari, so’ng, keyin, kechgacha, kechadan, hozir, doimo, tez orada, shu kuni, bu orada.
3.O’rin ravishi ish-harakatining bajarish o’rnini bildirib, qayerda?, qayerdan?, qayerga? so’roqlariga javob bo’ladi: oldinda, orqada, o’ngda, chapda, quyidan, uzoqdan, ichkaridan, yuqoriga, berida, pastda, o’rtada, tashqarida, olg’a, u yoq-bu yoqqa va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: |