O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə17/122
tarix08.06.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#126768
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   122
O`zbek tili-0`quv qo`llanma

6.Ters (chappa, teskari) lug'atda so'zlar qaysi harf bilan tugashiga qarab joylashtiriladi.
7. O'zlashma so'zlar iug'atida boshqa tillardan o'zlashgan so'zlar izohlanadi.
8. O'zbek tilining izohli frazeologik lug'atida frazeologik birliklar (iboralar) izohlanadi. Sh.Rahmatullayevning "O'zbek tilining izohli frazeologik lug'ati" 1978 yilda tuzilgan.
9.Sinonimlar lug'atida sinonimlar izohlanadi
10.Omonimlar lug'atida omonimlar izohlanadi.
11.Antonimlar lug'atdia antonimlar qarama-qarshi ma'noli so'zlar beriladi.
12.Dialektal lug'atda o'zbek tilining dialekt va shevalariga xos bo'lgan so'zlar qayd etiladi.
13.Terminologik lug'atda terminlar izohlanadi.
14.Etimologik lug'atda so'zlarning kelib chiqishi, shakllanish tarixi yoritiladi. «O'zbek tilining etimologik lug'ati» 2000 yilda prof. Sh.Rahmatullayev tomonidan yaratildi.
Tayanch so`zlar: qomusiy, lingvistik, ensiklopedik, izohli, imlo, orfoepik, morfem, chastotali, ters, frazeologik, sinonimlar, antonimlar, dialektal, terminologik, etimologik.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.Leksikografiya nimani o`rgatadi?
2.Lug`atlar dastlab qanday turlarga bo`linadi?
3.Lingvistik lug`atlarning qanday turlari bor?
4.Maxsus lug`atlar deganda nimani tushunasiz?
5.Umumiy lug`atlar deganda nimani tushunasiz?
6. Bir tilli va ko`p tilli lug`atlar deganda nimani tushunasiz?


Topshiriqlar
1-topshiriq: lug'atdan [fe'l + yasovchi qo'shimcha] qolipi hosilalari bo'lgan so'zlardan 10-15tasini topib, daftaringizga ko'chiring va namunadagidek izohlang. Fe'llarning qaysi so‘z turkumlarini yasash uchun asos bo'lishini aniqlang va fikrlaringizni namunadagidek bayon eting.
Namuna: qir-g‘ich - fe`ldan ot yasalgan; yugurgan-cha - fe’ldan ravish yasalgan; maqtan-choq - fe'ldan sifat yasalgan.


2-topshiriq: lug'atdan yasalish asosi tuzilishiga ko'ra juft so'z
bo’ lgan yasalmalarni topib daftaringizga ko'chiring. Imlosiga e'tibor qiling.
Namuna: sihat-salomat-lik (juft sifatdan ot yasalgan), baxt-saodatli (juft otdan sifat yasalgan).


3-topshiriq: lug'atdan yasalish asosi tuzilishiga ko'ra takroriy so‘z bo'lgan yasalmalarni topib daftarmgizga ko'chiring. Yozilishiga diqqat qiling.
Namuna: ko'zko'z-la-moq (takroriy otdan fe’l yasalgan). sharshara (takroriy taqlid so'zdan ot yasalgan).


Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin