O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə3/122
tarix08.06.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#126768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122
O`zbek tili-0`quv qo`llanma

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
DAVLAT TILI HAQIDA


1-modda. O'zbekiston Respublikasining davlat tili o'zbek tilidir.
2-modda. O'zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi res­publika hududida yashovchi millat va elatlarning o'z ona tilini qo'llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi.
3-modda. O'zbek tilining O'zbekiston Respublikasi hudu­dida davlat tili sifatida amal qilishining huquqiy asoslari ushbu Qonun va boshqa qonunlar bilan belgilab beriladi. Tilning Qoraqalpog'iston Respublikasida amal qilishiga bog'liq masalalar, shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasining qo­nun hujjatlari bilan belgilanadi. Ushbu qonun tillarning turmushda, shaxslararo muomalada hamda diniy va ibodat bilan bog'liq udumlarni ado etishda qo'llanishini tartibga solmaydi. Fuqarolar millatlararo muomala tilini o'z xohishlariga ko'ra tanlash huquqiga egadirlar.
4-modda. O'zbekiston Respublikasida Davlat tilini o'rganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit hamda uning hududida yashovchi millatlar va elatlarning tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda bo'lish ta'minlanadi, bu tillarni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratiladi. Fuqarolarga davlat tilini o'qitish bepul amalga oshiriladi.
5-modda. O'zbekiston Respublikasida davlat tilida faoliyat ko'rsatadigan, milliy guruhlar zich yashaydigan joylarda esa — ularning tillarida faoliyat ko'rsatadigan maktabgacha tarbiya, bolalar muassasalarini tashkil etish ta'minlanadi.
6-modda. O'zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslarga ta'lim olish tilini erkin tanlash huquqi beriladi.O'zbekiston Respublikasi davlat tilida, shuningdek boshqa tillarda ham umumiy, hunar-texnika, o'rta maxsus va oliy ma'lumot olishni ta'minlaydi.
7-modda. Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o'zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya etiladi.Davlat o'zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta'minlaydi, shu jumladan unga hamma e'tibor qilgan ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalarni joriy etish hisobiga ta'minlaydi.Yangi ilmiy asoslangan atamalar jamoatchilik muhokamasidan keyin va Oliy Majlisga tegishli qo'mitasining roziligi bilan o'zbek tiliga joriy etiladi.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin