16-modda. Televideniye va radio eshittirishlari davlat tilida, shuningdek, boshqa tillarda olib boriladi.
17-modda. Noshirlik faoliyati davlat tilida, ehtiyojlarni hisobga olgan holda esa, boshqa tillarda ham amalga oshiriladi.
18-modda. Pochta-telegraf jo'natmalari davlat tilida yoki fuqarolarning xohishiga ko'ra boshqa tilda amalga oshiriladi.
19-modda. Muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalari muhrlari, tamg'alari, ish qog'ozlarining matnlari davlat tilida bo'ladi.O'zbekiston respublikasi hududida joylashgan xalqaro tashkilotlar va muassasalar, qo'shma korxonalarning, shuningdek, milliy madaniy jamiyatlar va markazlarning muhrlari, tamg'alari, ish qog'ozlari matnlarining tarjimasi davlat tilida takrorlanadi.
20-modda. Lavhalar, e'lonlar, narxnomalar va boshqa ko'rgazmali hamda og'zaki axborot matnlari davlat tilida rasmiylashtiriladi va e'lon qilinadi hamda boshqa tillarda tarjimasi berilishi mumkin.
21-modda. Korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulot davlat tilidagi va boshqa tillardagi yorliqlar, yo'riqnomalar, etiketkalar bilan ta'minlanadi.
22-modda. Respublikaning ma'muriy-hududiy birliklari, maydonlari, ko'chalar va geografik ob`yektlarining nomlari davlat tilida aks ettiriladi.
23-modda. O'zbekiston respublikasi xalqaro shartnomasi matnlari, agar shartnomaning o'zida boshqacha qoida nazarda tutilmaganbo'lsa, davlat tilida va ahdlashuvchi tomonning (tomonlarning) tilida yoziladi.
24-modda. O'zbekiston respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi. Fuqarolarning o'zaro muomala, tarbiya va ta'lim olish tilini erkin tanlash huquqini amalga oshirishga to'sqinlik qiluvchi shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo’ladilar.
Toshkent shahri, 1995-yil 21-dekabr.
Tayanch so`zlar:xarita, hudud, aholi, jahon, bayroq, rang, gerb, madhiya, qonun, huquq, hujjat, davlat tili, alifbo, shaxs, fuqaro, o`zbek adabiy tili.