1.Qarluq lahjasi (janubiy-sharqiy guruh).
2.Qipchoq lahjasi (janubiy-g’arbiy guruh).
3.O’g’uz lahjasi (shimoliy-g’arbiy guruh).
Qarluq lahjasi asosan shahar shevalarini o’z ichiga oladi (Toshkent, Andijon, Farg’ona, Buxoro). Bu shevalarning muhim fonetik va morfologik belgilari quyidagilar:
1) so’z oxiridagi k tovushi y tarzida aytiladi: elak– elay, terak – teray kabi.
2) olashish yuz beradi: aka – oka, Akram –Akrom. 3)qaratqich va tushum kelishigi –ni tarzida: ukamni daftari. Qipchoq lahjasi shevalari O’zbekistonning hamma viloyatlarida mavjud, ular asosan qishloqlarda tarqalgan. Belgilari quyidagilar:
1) y o’rnida j ishlatiladi: yo’l – jo’l, yo’q – jo’q, 2) g’ o’rnida v ishlatiladi: tog’ – tov , sog’ – sov 3) k ,q tushuriladi: eti(k), sari(q). O’g’uz lahjasi Janubiy Xorazmdagi bir qancha shevalarni o’z ichiga oladi. Belgilari:
1) unlilar qisqa va cho’ziq aytiladi: at (hayvon), aad (ism).
2) t tovushi d, k tovushi gtarzida aytiladi: tog’ – dog’, keldi – galdi. Hozirgi o’zbek adabiy tili uchun qarluq lahjasiga kiradigan Farg’ona – Toshkent shevalari asos qilib olingan.
Shevalarning o’ziga xos xususiyatlari adabiy tilning ta’siri bilan asta-sekin yo’qolib boradi.
Tayanch so`zlar: adabiy til, xalq tili, sh`eva, qatlam, me`yor, lahja, dialekt, qarluq, qipchoq, og`uz.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. “Xalq tili” deganda nimani tushinasiz?
2.“Adabiy til” deganda nimani tushinasiz?
3. O’zbek tilida nechta va qanday lahjalar bor?
4.O’zbek adabiy tili uchun qaysi lahjalar asos bo’lib xizmat qiladi?
5. Sheva, lahja, dialekt tushunchalarini qanday izohlaysiz?