O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə66/122
tarix08.06.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#126768
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   122
O`zbek tili-0`quv qo`llanma

Yetakchi va ko’makchi fe’l
Nutqimizda ikkita fe’ldan iborat bo’lgan birliklar ham bor.Ular tarkibidagi asosiy ma’noni ifodalaydigan fe’l yetakchi fe’l deyiladi: o’qib chiqdi, ko’ra boshladi. Yetakchi fe’lning ma’nosini izohlaydigan, to’ldiradigan fe’l esa ko’makchi fe’ldeyiladi: o’qib chiqdi, ko’ra boshladi, sotibyubordi, berib tur, yiqila yozdi va b.
Yetakchi va ko’makchi fe’lning qo’shilishidan qo’shma fe’l, ya’ni yangi so’z hosil bo’lmaydi, chunki ular birgalikda yangi bir lug’aviy ma’noni ifodalamaydi, balki davomiylik, to’satdan boshlanganlik, harakatning tuganlanganligi kabi ma’nolarni bildiradi: o’qib chiqdi, ko’rib chiqdi.Yetakchi va ko’makchi fe’lning birikishidan ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi hosil bo’ladi.
Ba’zan ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi tarkibidagi yetakchi fe’l uyushib kelishi ham mumkin: Yil sayin sovxozning yeri kengayib, texnikasi ko’payib, odamlari o’sib bormoqda. Ba’zan ko’makchi fe’l ham birdan ortiq bo’lishi mumkin: aytib berib tura qol(aytib-yetakchi fe’l).
Ko’makchi fe’llar yetakchi fe’llarga ravishdosh yasovchi –(i)b,__-_a,_-y'>–(i)b, -a, -yqo’shimchalari yordamida bog’lanadi. Ayrim ko’makchi fe’llar yetakchi fe’lga qo’shimchasiz ham birikadi: yozdi-oldi, ketsin-qo’ysin, ayt-qo’y.
Yetakchi fe’llarga so’zyasovchi va shakl yasovchi qo’shimchalar, ko’makchi fe’llarga esa barcha turdagi qo’shimchalar qo’shila oladi: yozib olaman.
O’zbek tilida faqat ko’makchi fe’l bo’lib keladigan fe’llar yo’q.
Ayrimfe’llar o’z asl ma’nolaridan tashqari, ko’makchi fe’l tarzida keladi. Bularni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
1) ravishdoshning –(i)b qo’shimchali turiga birikadi: yot, o’tir, yur, kel, bo’l, bit, chiq, et, o’t, yubor, tashla, tush, o’l, ko’r, qara, boq.
2) ravishdoshning a, -y qo’shimchali turlariga birikadi: boshla, bil, yoz.
3) ravishdoshning ham –(i)b, ham a, -y qo’shimchali turlariga birikadi: tur, bor, ol, ber, qol, qo’y, ket, sol, ol. Bu ko’makchi fe’llarni yana ma’no jihatidan harakat jarayonining tasvirlovchi (boshla, kel, yot, tur, yur, o’tir, bor, ber, bo’l, bit,bitir, chiq, et, o’t, ol, qo’y, yubor, sol, tush, tashla o’l, qol), modal ma’nolarni ifodalovchi, ya’ni so’zlovchining harakatga bo’lgan munosabatini ko’rsatuvchi (bil, bo’l, ol, qol, qo’y, ko’r, bet, qara, boq, tur, yur, o’tir, yoz), yo’nalish ma’nosini ifodalovchi (ol, ber) kabi guruhlarga bo’lish mumkin.


Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin