O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə70/122
tarix08.06.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#126768
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   122
O`zbek tili-0`quv qo`llanma

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.Fe’lning xoslangan shakllari deganda nimani tushunasiz?
2.Ravishdosh qanday ifodalanadi?
3.Sifatdosh qanday ifodalanadi?
4.Harakat nomi qanday ifodalanadi?
Topshiriqlar
1-topshiriq: Qavs ichidagi fe’llardan ravishdoshlar hosil qilib, gaplarni ko’chiring.
Тong ham asta-sekin ota boshladi. Qo’ylar o’rinlaridan (tur), qo’zilarni (ergashtir), jilg’a tomon yura boshladilar. Oqish kulrang osmon (yorish), (oqar) moviy tusga kirmoqda edi: yulduzlar goh (miltillar ko’rin), goh (uch) turardi.
2-topshiriq: Nuqtalar o’rniga qavs ichida berilgan sifatdosh hosil qiluvchi qo’shimchalardan mosini qo’yib, gaplarni ko’chiring.
1.Quyoshning damini g’ir-g’ir es (-gan, -qan) shamol bo’g’ar edi. 2. Kechasi bilan yoq (-gan, -kan, -qan) yomg’ir tong otar paytiga borib tindi. 3. Uzoqni mo’ljallab yo’lga chiq (-gan, -kan, -qan) yo’lchilar kechga yaqin Тaft shahri yaqinida to’xtashdi. 4. Ola ek (-gan, -kan, -qan) oz olar, raso ek (-gan, -kan, -qan) soz olar.
3-topshiriq:Harakat nomlarini topib, tagiga chizing, hosil bo’lishini tushuntiring.
Sog’lom bo’lish uchun uyda ham, o’qish joyida ham tozalikka rioya qilish, turli harakatli o’yinlar o’ynash va toza havoda yurish zarur.O’qish va ishlash bilan birga vaqtida dam olish ham kerak. Gimnastika, yugurish, fudbol, suvda suzish kabi mashg’ulotlar, uyda va o’qishda, sabzavot, poliz, bog’ va o’quv tajriba uchastkasida ekin ekish, chopish, sug’orish kabi jismoniy mehnat qilish muskullarning bir tekisda rivojlanishiga, uning chiniqishiga, epchil va chaqqon bo’lishiga yordam beradi.
37-mavzu: Ravish va uning grammatik hususiyatlari
Reja:
1.Ravish mustaqil so`z turkumi.
2.Ravishlarda daraja.
3.Ravishlarning tuzilishiga ko’ra turlari.
4.Ravishlarning yasalishi.
5.Ravishlarning otlashishi.

Ish-harakat va holatning belgisini bildirgan so’zlar turkumi ravish deyiladi. Ravish qanday?, qachon?, qayerda?, qayerdan?, qayerga?, qancha?, nega?, qay darajada? Kabi so’roqlarga javob bo’ladi. Ravish ko’pincha fe’lga bog’lanib, ish-harakatning qay holatda bajarilishini, paytini, o’rnini, daraja-miqdorini, sababini, maqsadini bildiradi.



Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin