O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə81/122
tarix08.06.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#126768
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   122
O`zbek tili-0`quv qo`llanma

Tayanch so`zlar: grammatika, sintaksis, morfologiya, gap, so’z birikmasi, teng, tobe, bog’lanish, sintagma, fonetik, ergash so’z, bosh so’z, boshqaruv, moslashuv, bitishuv.


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.Sintaksis nima o’rgatadi?
2.So’z birikmasi deganda nima tushunasiz?
3.So’z, sintagma va gap bir-biridan qanday farqlanadi?
4.Ergash so’z bosh so’zga qanday usullar orqali birikadi?
5.Boshqaruv, moslashuv va bitishuv munosabatlari haqida ma’lumot bering


Topshiriqlar
1-topshiriq:Quyidagi so'zlardan matn tuzing:
Biz, yo'l, ket, edik, atrof, ko'm-ko'k, o't, bilan, qoplangan; havo, edi,ochiq; birdan, shamol, kuchli, qo'zg'aldi; shamol, shoh, daraxt, qattiq,
tebratdi; osmon, qora, bulut, paydo, bo'l; shamol, to'xta, asta-sekin, yomg'ir, yog', boshla; yomg'ir, tobora, kuchaydi.2-topshiriq. Matnni o'qing va boshqaruv, moslashuv va bitishuv munosabatlarini aniqlang hamda ustun tartibida alohida-alohida ko’chiring.


GO'ZALLIK
Kishi o'z onasini nima uchun yaxshi ko'rishini bilmaydi. O'z onasi bo'lgani uchun yaxshi ko'radi. Kishi o'z onasida ro'y berayotgan o'zgarishlarni ham payqamaydi. E'tibor bermaydi bunga. O'zingiz yashab turgan shahar ham shunaqa. Siz nima uchun yaxshi ko'rishingizni bilmaysiz. Uning qiyofasida bo'layotgan o'zgarishlarga ko'p ham diqqat qilavermaysiz. Negaki ular har kuni sizning ko'z o'ngingizda ro'y beradi. Siz ularni ko'raverib ko'nikib ketasiz. Ammo diqqat bilan nazar tashlasangiz qanchadan-qancha o'zgarishlar bo'lganligiga hayron qolasiz.
Sherzod avtobus derazasidan qarab borarkan, hozir to'satdan shuni his qildi...
3-topshiriq.Gaplarni ko’chiring va so’z birikmalariga ajrating.
1.Bilim olish va yuksalish sharafli burchimiz. 2. Ilmli va odobli bo'lish bizning asosiy vazifamizdir. 3.Yuqori hosil olish uchun ko'p mehnat qilish kerak. 4. Universitetimizda yangi o'quv xonalarl ko'p.


Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin