O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə83/122
tarix08.06.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#126768
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   122
O`zbek tili-0`quv qo`llanma

Tayanch so`zlar:gap,darak,so’roq,buyruq, his-hayajon, mazmun, nuqta,
undov .


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.Gap nima?
2.Gaplar ifoda maqsadiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?
3.Darak gap deb nimaga aytiladi?
4.So’roq gap deb nimaga aytiladi?
5.Buyruq gap deb nimaga aytiladi?
6.His-hayajon gap deb nimaga aytiladi?


Topshiriqlar
1-topshiriq: Matnni o’qing. Matndagi darak gaplarni undov, so'roq va buyruq gaplarga aylantiring.


Mehmondo’stlik
Sharqona odobga xos fazilatlardan biri mehmondo’stlikdir. Mehmonni ochiq chehra bilan kutib olish, uning izzat va hurmatini joyiga qo’yib muomalada bo’lish xalqimizning azaliy udumlaridan biridir. O’zbekona odoblardan biri shuki, mehmon kelgan uyda o’shqirib gaplashish, bir-biri bilan adi-badi aytishish, kesatib gaplashish qat’iyan man etiladi. Aksincha, mehmon kelishiga uy-joyni ozoda qilib qo’yish, orasta kiyinib yurish, mehmon oldiga chiroyli idish-tovoqlarda ovqat tortish mehmondo’stlikning qonun - qoidalaridandir.

2-topshiriq. Abu Rayhon Beruniy hikmatlarini rus tiliga tarjima qiling.
ABU RAYHON BERUNIY HIKMATLARIDAN
Hakim va olimlar axloqidan o’rnak olish yaxshi xulqqa hayot baxsh etadi, yomon xulqni o'ldiradi. Odamlar o'rgangan va bilgan narsasiga qarshilik ko'rsatma. Tenglik hukm surgan joyda sotqin, aldamchi ehtiroslar, g'am- g'ussa bo'lmaydi. Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir. Bugunning chorasini ko'rib ertaga ehtiyoji qolmagan kishi aqllidir. Sevimii narsalarga mashaqqat bilan, yaxshilikka esa o'ziga sevimli bo'lgan narsalarni sarf qilish bilan erishiladi. Hasad bilan g'azab ikki qanot bolib harakatga kelsa, toza va chiroyli hayotlarni xira va qudratli qilib yuboradi.
Наг bir yangi narsada lazzat bor. Inson hayotidagi zarurat, ehtiyojlar ularda ilmlarga bo'lgan talablarni keltirib chiqaradi. Mardi maydon shunday odam bo'ladiki, ertayu-kech dushmanga zararu do'stga foyda keltiradi. Doimo bir xil narsaga qaray berish malollik va sabrsizlikka olib keladi.
3-topshiriq:E’tibor bering va gaplarni rus tiliga tarjima qiling.
Biz oilaviy pudratga o’tish haqida maslahatlashib oldik. 2. Guruhimiz a’lo sifatli maxsulot yetkazib bermoqda. 3. Ertaga ko’rgazma ochiladi. 4. Ertaga o’n beshinchi auditoriyada o’zbek tili to’garagining navbatdagi mashg’uloti bo’ladi. 5. Biz institutimizga kelgan mehmonlarni yaxshi kutib oldik. 6. Uzoqdan onaning muloyim ovozi eshitildi.


Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin