Manbalardan foydalanish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro`yxati:
Tohir Malik “Alvido, bolalik!” Toshkent “Adolat “ 2020 yil.
Texnologik xususiyatlardan kelib chiqqan holda keysning tavsifnomasi: Ushbu keysning asosiy manbai kabinetli, lavhali bo`lib, hayotiy vaziyatlar asosida bayon etilgan. Keysning asosiy ob`ekti shaxsga yo`naltirilgandir. Bu tashkiliy institutsional keys bo`lib, ma`lumotlar vaziyatlar va savollar asosida tuzilgan. Hajmi o`rtacha, tizimlashtirilgan bo`lib, treningga mo`ljallangan o`quv mavzu bo`yicha bilim va ko`nikmalar hosil qilishga qaratilgan. Didaktik maqsadlarga ko`ra keys muammolarni taqdim qilishga, ularni hal etishga, tahlil qilish va baholashga qaratilgan.
Ushbu keysdan “Tohir Malik qissalarida tarbiya muammosi talqini” mavzusidagi seminar mashg`ulotida foydalanish mumkin.
KEYS-stadi:Tohir Malikning “Alvido, bolalik!”qissasida ma`naviyat muammosi
Kirish. Tohir Malikning “Alvido, bolalik!”qissasida ma`naviyat muammosi “Xalq og`zaki ijodi va bolalar adabiyoti” fanidan pedagogika institutlarining o`zbek tili va adabiyoti a`lim fakultetlari talabalari uchun amaliy mashg`ulotda “Keys stadi” ga asoslangan o`qitish texnalogiyasi asosida ishlab chiqildi. Millat ishtimoiy ongidagi yangilanish ishtimoiy - siyosiy tizumdagi o`zgarish hamda badiiy – estetik tafakkurdagi tozaishlarning o`zbek bolalar adabiyoti namunalarida namoyon bo`lishi, bola shaxsiga yangicha yondashuv uni turli janrga mansub asdarlarda tasvirlash tamoillariga o`tkazayotgan ta`sirni tekshirish, “Keys stadi” ga asoslangan o`qitish tehnalogiyasining asosiy maqsadi hisoblanadi. Ushbu tehnalogiya amaliy vaziyatlarni hal etish jarayonida o`rganilgan o`quv mavzusi bo`yicha bilimlarni mustaxkamlashga muamolarni tahlil qilish va guruhlarda qabul qilish ko`nikmalarini egallashga ijodiy va o`rganish qobiliyatlariga, mantiqiy fikirlsh, nutuq va muhit sharoitlariga moslashish qobiliyatlarini rivijlantirishga hamda qarolarni mustaqil qabul qilishga va o`zo`ini nazorat qilishga yordam beradi.
Quyidagi keys - ma`naviy barkamol va komil insonning aqliy, axloqiy, ma`naviy fazilatlari yuksak bo`lishi, kishilarning chuqur va zamonaviy bilim, keng dunyoqarash, mustaqil fikrlash salohiyatiga ega bo`lishi, uning yuksak ma`naviy kamolot sohibi bo`lishining asosiy shakli – yuksak ma`naviyatning muhim omili ekanligini ko`rsatib berishga, istiqlol davri bolalar adabiyotida milliy qadiriytlarning ulug`langanligini, millarimizga hos bo`lgan milliy urf odatlar keng tasvirlanganligini ochib berishga imkon yaratadi.
Tavsiya etilgan keysni yechish quyidagi natijalarga erishishga imkon yaratadi:
-o`zlashtirilgan mavzu bo`yicha bilimlarni mustahkamlash;
-muammoning hamda qabul qilingan echimning individual va guruhiy tahlilida bilim va ko`nikmalarni qayta topshirish;
-mantiqiy fikrlashni rivojlantirish;
-mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko`nikmalarini egallash;
-o`quv axborotlarini o`zlashtirish darajasini tekshirib ko`rish.
Tohir Malikning “Alvido, bolalik!”qissasida ma`naviyat muammosi. Istiqloldan keyingi yillarda o`zbek bolalar adabiyoti tub o`zgarishlarga yuz tutdi. Sho`ro davri o`zbek bolala r adabiyotida ochiq nasixatgo`ylik, g`oyaviy chaqiruvbozlik yetakchi edi. Bolalar adabiyotining eng yaxshi namunalarida ham bola tabiyati, uning ruhiyati, ko`ngli, kayfiyatini tasvirlashdan ko`ra ularning komunistik axloq ko`deksiga muofiq keladigan hatti harakatlarni ko`rsatish ustuvorlik qiladi. Shuningdek ko`pchilik badiiy asarlarda bolaga g`oyat murg`ak, hech narsadan xabarsiz, hamisha yo`lga solib yuborishga muhtoj, noshud mavjudot sifatida tasvirlash keng yoyilgandi. Mustaqillikdan keyin, avvalo jamiyat, ikkinchidan ta`lim – tarbiya tizimi va nihoyat oilada bola shaxsiga munosabat tubdan o`zgardi. Unga shunchaki bola, o`quvchi, farzandgina emas balki birinchi navbatda odam, o`ziga xos betakror shaxs sifatida yondashish qaror topib bormoqda. Anashu yondashuv bolalar adabiyotiga ham ko`chib o`tdiki bu jarayonning qanday kechayotgani, qay yo`sinda, nimalarda namoyon bo`lishini tizimli ravishda tadbiq etish katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo`lgan dolzarb muamodir.
Buni Tohir Malikning “Alvido, bolalik!” qissasi orqali ko`rib chiqamiz.