Asosiy muammo: Hayot yo`lida adashgan yosh avlodning fojeasi
Quyidagi savollarga javob berishga harakat qiling.
Birinchi yo`l qarshisidagi oq shayton qiyofasida kimni ko`rdingiz?
Ikkinchi yo`l qarshisidagi qora shayton kim edi?
Uchinchi yo`lning boshida Asror nima uchun hech kimni ko`rmadi? Asosiy muammo nimaga qaratilganini aniqlang. Muammoning asosiy mazmunini ajratib oling. Muammoli vaziyatni tahlil qilish – ob`ektning holatini aniqlang, asosiy qirralariga e`tibor qarating, muammoli vaziyatning hamma tomonlarini tahlil qiling. Ma`naviy barkamol, komil insonni tarbiyalash zarurati oshib borishi sabablarini, uning millat, mamlakat va umuminsoniyat oldida turgan ulkan vazifalar bilan bog`liq ekanligini ko`rsatib bering.
Ushbu vaziyatdan chiqib ketish harakatlarni izlab topish maqsadida quyida taqdim etilgan “Muammoli vaziyat” jadvalini to`ldirishga kirishing. Muammoni yechish uchun barcha vaziyatlarni ko`rib chiqing, muqobil vaziyatni yarating. Muammoning yechimini aniq variantlardan tanlab oling, muammoning aniq yechimini toping. Jadvalni to`ldiring. Keys bilan ishlash natijalarini yozma shaklda ilova eting.
2- Keys “Quyosh barchaga barobar nur sochadi”, deydilar. Haq gap, biroq, uning nuridan hamma ham bir xilda bahramand bo`lavermaydi. Tikanmi sim, temir panjaralar, baland devorlar ortidan mo`ralagan tonggi quyosh ko`ngilga ozod hayotdagi kabi iliqlikni bera olarmikan? Tikanli simlar bilan o`ralgan qamoqxona hovlisiga ham ko`z ochadi. Ammo, bahor gashti tikanli simlarni oshib bu yerga o`ta olarmikan? Deb o`ylanib qoldi bir inson. O`y hayollari girdobida bir voqea esga tushdi. Bu voqea qanday yuz bergan edi?
Javob: Agar talabalar Tohir Malikning “Jinoyatning uzun yo`li” “Alvido, bolalik!” qissasini o`qib chiqqan bo`lsa, albatta bu berilgan keysdagi muammoni hal qiladi. Ya`ni “Alvido, bolalik!” qissasining qahramonlaridan Ahbor voqeasini eslaydi.
3-keys - Qamariddinning mehribonliklari... Niqobmi? Yo`q, niqob emas. Bilasanmi, odam jinoyatchi bo`lib tug`ilmaydi. Uni atrof-muhit jinoyatchi qilib tarbiyalaydi. Ikki xil o`lchov.
4-keys Kunlarning birida ona o`g`lining o`rtog`i bilan uylariga kelgan chog`ida suhbatlashib qoldi. Shunda o`rtog`i o`g`lining uyidan kitobning ichidan pul topib olgani aytdi, pul – miqdori katta. Ona hayajonlandi, qo`rqdi, bunday pul o`g`liga qanday kelib qolganini tushuna olmadi? O`rtog’iga bu holatni tushuntirib berishini iltimos qildi. O`rtog`i nima javob berishini bilmay o`ylanib qoldi? Bu holatdagi muammoni o`rtog`i qanday hal qildi?
5-keys Alamzada inson. Hayotdagi murakkabliklar, voqealar, insonlar o`rtasidagi muammolar, bular hammasi asar qahramoni Salim obrazida tasvirlangan. Tushkunlikka tushgan Salim vaziyatdan qanday chiqdi.
6-keys Asrorga, Salimga, Qamariddinga o`xshaganlar yo`q emas, bor. Biz ba`zan ularni ko`rmaymiz. Ba`zan ko`rib ko`rmaganga olamiz. Ba`zan esa ochiqdan-ochiq nafratlanamiz, hazar qilamiz. Shu insofdanmi, shu ham odamiylikka kiradimi?
Talabalarga o`qituvchi shunday muammoni o`rtaga tashladi. Talabalar qay tarzda vaziyatdan chiqib ketishadi?
7-keys Bir kuni o`qituvchi darsda oqibat, haqida fikr bildiribdi. Oqibatli bo`lish, insonlar xolidan xabar olish, o`rtoqlarini ham unutmaslik kerakligini ta`kidlabdi. Talabalar o`tasiga bu muammoli vaziyat tashlab ularning ham fikrlarini so`rabdi. Shunda bir talabalar qanday vaziyatdan chiqishgan?