O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti o’zbek adabiyoti kafedrasi



Yüklə 494,64 Kb.
səhifə44/65
tarix07.09.2023
ölçüsü494,64 Kb.
#141951
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   65
O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti o’zbek adabiyoti kafedrasi-fayllar.org

AVTOBIOGRAFIK ASAR (yun. autos - o‘zim, bios - hayot, grapho - yozaman) – muallifning o‘z hayoti haqida izchil hikoya qilishiga asoslangan adabiy janr.
AVTO INTERPRETATSIYA (yun. autos - o‘zim, lot. interpretation -tushuntirmoq) – muallifning o‘quvchiga o‘z asarini tushuntirish, unga o‘zi nazarda tutgan ma’noni anglatishga qaratilgan harakati.
AVTOPSIXOLOGIK LIRIKA – lirikaning subyektiv tashkil-lanishiga ko‘ra ko‘rinishi, ijroviy lirikaga(q.) zidlagan holda farqlanuvchi lirik kechinma bevosita shoir tilidan ifoda etilgan she’r.
ADABIY YO‘NALISH - adabiy jarayon bilan bog‘liq kategoriya. Adabiy yo’nalish tshunchasi hayotni badiiy aks ettirish prinsiplari, metod va uslub tushunchalari bilan bevosita bog‘liq, u ba­diiy tafakkur tarzi, metod va uslub kesishgan nuqtada yuzaga keladi.
ADABIY MAKTAB –adabiy yo‘nalish ichidagi hodisa, muayyan g‘oyaviy-estetik qarashlar, ijodiy prinsiplarni dasturiy tarzda qabul qilgan ijodkorlar guruhi.
ADABIY OQIM –adabiy jarayon bilan bog‘liq kategoriya, muayyan davr adabiyotidagi adabiy yo‘nalishning bir ko‘rinishi, o‘ziga xos bir varianti.
ADABIY TA’SIR –adabiy jarayonda tabiiy ravishda va qonuniyat maqomida mavjud bo‘lgan, badiiy tafakkur rivojida muhim ahamiyatga molik hodisa.
ADABIY TANQID (ar. muhokama qilish, saralash) – adabiyotshunoslikning asosiy sohalaridan biri. Adabiy tanqid hozirgi adabiy jarayon muammolarini o‘rganish, yangi paydo bo‘lgan asarlarni bugungi kun nuqtai nazaridan g‘oyaviy-badiiy tahlil va talqin etish, baholashni maqsad qilib qo‘yadi. Adabiy tanqid adabiyotshunoslikning operativ, joriy adabiy jarayonga bevosita aralashadigan sohasidir.
ADABIY TUR – adabiy asarlarning nutqiy tashkillanishi, tasvir predmeti, ob’ekt va sub’ekt munosabati kabi jihatlari bilan umumiylik kasb etuvchi yirik guruhi. An’anaviy ravishda badiiy asarlar uchta katta guruhga – epik, lirik va dramatik turlarga ajratib kelinadi. Adabiyasarlarni turlarga ajratish masalasi qadimdan diqqat markazida bo‘lib kelgan.

Yüklə 494,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin