O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti o’zbek adabiyoti kafedrasi


Mustaqil ta’lim quyidagi shakllarda amalga oshiriladi



Yüklə 494,64 Kb.
səhifə43/65
tarix07.09.2023
ölçüsü494,64 Kb.
#141951
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   65
O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti o’zbek adabiyoti kafedrasi-fayllar.org

Mustaqil ta’lim quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
1.Individual shug‘ullanish (uy vazifasini tayyorlash);

2.Ma’ruza konspektlarini tayyorlash, og‘zaki javob berishga tayyorlanish.


3.Testlarni yechish.
4. Oraliq va Yakuniy nazoratga tayyorlanish.
5.Nazorat ishlarini bajarish.
6, mustaqil ish, esselar tayyorlash.
Mustaqil ta’lim individual yoki talabalar guruhi bilan amalga oshirilishi mumkin. Bu mustaqil ishning maqsadi, hajmi, mavzusi, murakkablik darajasi, talabalarning malakasidan kelib chiqiladi.Talabalar mustaqil ta’limining mohiyati maxsus pedagogik konstruksiya sifatida unda qo‘yilgan o‘quv ma’rifiy maqsadlardan kelib chiqib belgilanadi. Shunday ekan, mustaqil ta’lim talabaning o‘quv materialni o‘zlashtirishidagi mustaqil faoliyatigina bo‘lib qolmay, o‘qituvchi tomonidan tashkil qilinuvchi, ta’limning o‘ziga xos shartlariga asoslangan shaklidir.


GLOSSARIY
ADABIYOT (ar. adab – go‘zal xulq) – keng ma’noda, inson tafakkurining mahsuli o‘laroq dunyoga kelgan, o‘qish uchun mo‘ljallab yozilgan asarlar jami.Tor ma’noda – so‘z san’ati, badiiy adabiyot.
ADABIYOTSHUNOSLIK (ar. – adab, fors.– tanish, o‘rganish) – badiiy adabiyotning kelib chiqishi, mohiyati, rivojlanish qonuniyatlari, ijtimoiy aloqalarini o‘rganuvchi fan. Adabiyotshunosliknning ob’ekti bo‘lmish badiiy adabiyotga taalluqli ilmiy muammolar ko‘lami – predmeti juda keng. Ularning bir qismi umumestetik muammolar sirasiga kirsa, boshqa bir qismi sof adabiyotshunoslikning muammolari sanaladi.
ADABIYOT NAZARIYASI – adabiyotshunoslik fanining asosiy sohalaridan biri. Adabiyot nazariyasi badiiy adabiyotning mohiyati, rivojlanish omillari, jamiyat hayotidagi o‘rni va vazifalari, badiiy asar tabiati hamda uning tuzilishi, badiiy til xususiyatlari, adabiy tur va janrlar kabi masalalarni umumiy tarzda o‘rganadi va shu asosda umumiy qonuniyatlarni ochib beradi. Shuningdek, Adabiyot nazariyasi badiiy obraz va obrazlilik, badiiy obraz va reallik munosabatlari, dunyoqarash va badiiy ijo d, badiiy ijod jarayoni xususiyatlari, badiiy asarni qabul qilish jarayoni xususiyatlari kabi qator umum estetik masalalarni ham so‘z san’atiga tatbiqan o‘rganadi.
ADABIY AN’ANA – o‘tmish adabiyoti to‘plagan ijodiy tajribalar qaymog‘i, davrlar o‘tishi bilan ahamiyati va dolzarbligini yo‘qotmagan, boqiy qadriyatga aylanib, avloddan avlodga o‘tib kelayotgan qismi. Demak, A.a. doirasiga o‘tmish adabiyoti erishgan yutuqlar, to‘plagan tajribalarning hammasi ham emas, balki uning muayyan davr ijodkorlari tomoni dan dolzarb deb topilgan, boqiy qadriyat sifatida baholangan va o‘z ijodiy faoliyatlarida namuna deb hisoblagan qismigina kiradi. Har bir avlod o‘tmish adabiyotiga saylab munosabatda bo‘ladi, unga faol ijodiy yondashadi, salaflar tajribasini o‘z davri qo‘ygan badiiy-estetik vazifalarni o’rganadi.
AVANGARDIZM (fr.avantgard oldingi otryad, ilg‘or) - 1) shartli ravishda modernistik adabiyotning bir qator oqimlariga xos bo‘lgan xususiyatning umumiy nomi sifatida qo‘llanuvchi ter­min.

Yüklə 494,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin