I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni Muayyan bir davr adabiyotida oʼziga xos oʼrin tutgan , oʼzining yuksak ijodiy uslubiga ega boʼlishi barobarida millat adabiyoti rivojiga jiddiy taʼsir koʼrsatgan, oʼz maktabiga ega boʼlgan yirik ijodkorlarning hayot yoʼli va adabiy faoliyatini oʼrganish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Hozirgi globallashuv davrida inson maʼnaviyatining shakllanishida adabiyotning oʼrni va ahamiyati beqiyosdir. Badiiy adabiyot namunalarini oʼrganish yoshlarda badiiy estetik didning shakllanishiga, ular dunyoqarashining keng qamrovli boʼlishiga, shuningdek, milliy adabiyotimizning ravnaqiga benazir hissa boʼlib qoʼshiladi.
“O`zbek bolalar adabiyoti” fani asosiy ixtisoslik fanlardan biri hisoblanadi. Ushbu fan dasturi ”Folklorshunoslik”, “Oʼzbek adabiyoti tarixi”, “Adabiyotshunoslik nazariyasi”,”Badiiy asar tahlili” kabi umumkasbiy fanlar bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, ushbu fanlarda aks etgan ayrim adabiy-nazariy masalalarni qamrab olishi jihatidan uyg‘unlik kasb etadi.
II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi “O`zbek bolalar adabiyoti” fanini o‘qitishdan maqsad –bolalar adabiyotining tarixiy taraqqiyotini, sodir boʼlgan va boʼlayotgan adabiy jarayonlarni, bolalar adabiyoti namoyandalarining hayoti va ijodini oʼrganish.
“O`zbek bolalar adabiyoti” fanining vazifalari: – talabalarda bolalar adabiyotining qadimgi davridan to bugungi kunga qadar boʼlgan taraqqiyot bosqichlari va tamoyillari haqida tasavvur hosil qilish;
- bolalar adabiyotining badiiy mukammal namunalari bilan tanishtirish, ularning janr xususiyatlari va badiiyati, yozuvchining uslubini tadqiq etish koʼnikmasini shakllantirish;
-o`zbek va jahon bolalar folklori namunalarini o`rganish;
-o`bek bolalar adabiyotining rivojlanishida jahon bolalar adabiyoti namoyandalarining o`rni katta ekanligini asarlar tahlilida ko`rib chiqish
“O`zbek bolalar adabiyoti” fani bo‘yicha talabalaming bilim, ko‘nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar : - bolalar adabiyotining manbaviy asoslari haqida bilimga;
- bolalar adabiyotida sodir boʼlgan jarayonlar, ijodiy metod va usullarning oʼziga xos jihatlarini ajrata bilish;
- bolalar adabiyoti namunalarini badiiy tahlil eta bilish, ularda koʼtarilgan gʼoyalarni va ilgari surilgan fikrlarni toʼgʼri baholay olish;
- globallashuv jarayoni va yuksak texnologiyalar asrida jahon adabiyotida sodir boʼlayotgan oʼzgarishlar, ularning millat adabiyotiga taʼsiri haqida oʼzining tahliliy, tanqidiy mulohazalarini bayon eta bilish malakasiga ega bo‘lishi lozim.