O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti o’zbek adabiyoti kafedrasi



Yüklə 494,64 Kb.
səhifə50/65
tarix07.09.2023
ölçüsü494,64 Kb.
#141951
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   65
O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti o’zbek adabiyoti kafedrasi-fayllar.org

PROTOTIP (yun. prototypon – obraz asosi) – adabiy asardagi obrazning yaratilishiga asos bo‘lgan real shaxs. P. badiiy obraz uchun material bo‘lib, uning yozuvchi badiiy niyatiga muvofiq qayta ishlanishi asosida badiiy personaj – badiiy obraz yaratiladi. Ya’ni badiiy personaj hech vaqt Prototipning aynan o‘zi emas, balki uning yozuvchi ijodiy tafakkuri mahsuli o‘laroq dunyoga kelgan “badiiy egizagi”dir: ular orasida o‘xshashlik bor, aynan moslik emas
RADIF (ar. – otning orqasiga ergashib, ingashib keluvchi, izma-iz boruvchi)
mumtoz lirikadagi she’r unsurlaridan biri, she’r davomida barcha bayt (yoki misra)lar oxirida qofiyadan so‘ng aynan takrorlanib keluvchi so‘z, so‘z birikmasi.
RAMZ (ar. – imo, ishora, imlash) – simvol; ko‘chim turlaridan biri, faqat shartli ravishda va shu matn doirasida ko‘chma ma’no kasb etuvchi so‘z yoki so‘z birikmasi; obrazlilik turi. R. mohiyatan allegoriyaga yaqin, undan farqi shuki, Ramz kontekst doirasida ham o‘z ma’nosida, ham ko‘chma ma’noda qo‘llanadi. Ramzning ma’nosi kontekst doirasida va shartdan xabardorlik bo‘lganda reallashadi.
REMARKA (fr. remarque – izoh) – dramatik asarlarda muallif tomonidan sahna voqesining boshlanishi oldidan beriluvchi yoki uning kechishi davomida qavs ichida berib boriluvchi izohlar. Remarka parda yoki ko‘rinish oldidan berilgan hollarda voqea kechayotgan joy, vaqt, ishtirok etuvchilar va sh.k.lar haqidagi zarur ma’lumotlardan iborat bo‘ladi. Voqea davomida berilayotgan Remarkalar esa nutq jarayoniga (ovoz toni, ohangi, tempi, pauzalar; personajning tana holati, yuz-ko‘z ifodasi, imo-ishoralari, qiliqlari) yoki sahnadagi harakatga personajlarning sahna bo‘ylab harakatlari, yangi personajning sahnaga chiqib kelishi yo ketishi va b.) oid tafsilotlarni o‘z ichiga oladi. Remarkalar dramatik asarni sahnalashtirishda va, ayniqsa, uni o‘qish jarayonida voqealarni tasavvurda jonlantirishda juda muhim.
REPLIKA (fr. replique – javob, e’tiroz) – dialogning nutq sub’ekti almashishi bilan chegaralanuvchi qismi, bitta nutq sub’ekti tomonidan aytilgan nutq bo‘lagi. Hajm jihatidan Replika chegaralangan emas: u birgina tovush, so‘z, so‘z birikmasi, bitta gap yoki bir-biriga bog‘liq bir necha gapdan iborat bo‘lishi mumkin.

Yüklə 494,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin