4-Reja: Xulosa “Anvar Obidjon ijodida an’ana va o’ziga xoslik”.
Topshiriq: Ma’ruza jarayonida,amaliy mashg’ulotga tayyorlanish jarayonida, mashg’ulot davomida o’qib o’rganganlaringiz asosida “Anvar Obidjon ijodida an’ana va o’ziga xoslik “mavzusida esse yozing.
4-MAVZU: TURSUNBOY ADASHBOYEV IJODIDA VATAN VA TABIAT MUSHTARAK TUSHUNCHALAR SIFATIDA.
Reja:
1.Tursunboy Adashboyevning hayoti va ijodiy faoliyati.
2. Ijodkor iste’dodi va mahoratining serqirraligi.
3. Shoir ijodida ona-Vatan va tabiat mavzusi.
4.Tursunboy adashboyevning tarjimonlik mahorati.
Tayanch tushunchalar: T.Adashboyev ijodi. “Yalqov”, “Baqalar”, “Hali yoshda” she’rlari tahlili. Boshqa tillarga o’girilgan she’rlari. Tarjima asarlari
1-Topshiriq : O’zbek bolalar adabiyotining sevimli yozuvchisi Tursunboy Adashboyev hayoti va adabiy faoliyati bilan tanishib chiqing . Ushbu “Klaster”ni to’ldiring.
Namuna :
Qo’shimcha manba :Tursunboy Adashboyev 1939 yil 1 yanvarda Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh viloyati, Olabuqa tumanidagi Safed Bulon qishlog‘ida tug‘ildi. Qishloqdagi 57-o‘rta maktabni bitirgach, Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida (1961–1966), Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi Adabiyot institutida (1978–1982) tahsil oldi.“Buni toping, bolalar, aytib bermang, onalar” nomli birinchi she’riy to‘plami 1962 yilda chop etildi. Shundan so‘ng shoirning “Kamolning olmasi” (1964), “Biz sayohatchilar” (1966), “Arslonbob sharsharasi” (1969), “Nur daryo” (1975), “Olatog‘ ‒ lolatog‘” (1978), “Guldesta” (qirg‘iz tilida, 1979), “Oslik na shesti nogax” (“Olti oyoqli xo‘tikcha” latish tilida, 1983, tarjimon Leons Briyedis), “Quyushqon” (1984), “Arslonbob afsonasi” (1988), “Pesnya javoronka” (rus tilida, tarjimon Yunna Morits), “Uch bo‘taloq va sirli qovoq” (1990), “Top jildiz” (qirg‘iz tilida, 1991), “Topishmoqli alifbe” (1997), “Hushtak chalib turasiz” (A. Obidjon bilan hamkorlikda, 2002), “Oltin yolli tulpor qissasi” (2003), “Orzularim ‒ qo‘sh qanotim” (2003), “Parodiyalar” (kinoya, muqallid, lutf, 2010), “Osmondagi darvoza” (saylanma, 2012), “Qirq yolg‘ondan bir yolg‘on”, “G‘oz karnaychi bo‘lmasin” (2015), “Maxfiy jang” (parodiyalar kitobining to‘ldirilgan nashri, 2016), “Orzularim qo‘sh qanotim”, “Sichqonning orzusi”, “Maqtanchoq chumoli” (2016) kabi she’riy kitoblari dunyoga keldi. Rus, turkman, qirg‘iz, tojik va qozoq tillaridagi adabiy almanaxlarda turkum she’rlari bosildi. Shuningdek, T. Adashboyevning “Jashtik sapar” (qirg‘iz tilida, 1964), “Biz sayohatchilar” (1966), “Guldasta” (1968), “Bizdin belek” (qirg‘iz tilida, 1967), “Ir mayrami” (qirg‘iz tilida, 1967), “Zvonkoye detstvo” (rus tilida, 1981), “Chashmalarin ovozi” (turkman tilida, 1982), “Raduga nad arikom” (belorus tilida, 1986), “Navohoi guldara” (tojik tilida, 1988), “Solni’shko na listyax” (1990), “G‘aroyib qishloqning ajoyib odamlari” (2015) kabi turli yil va turfa tillarda chop etilgan kitoblarini ham sanab o‘tish joiz.
2-Topshiriq : Badiiy tarjima qayta yaratish san’ati sifatida uzoq va boy tarixga ega. U turli tillarda so’zlashuvchi millatlar va elatlarni birlashtiruvchi madaniy ko’prik vazifasini bajarib keladi. Tursunboy Adashboyev ijodida tarjima asarlar aloxida o’rin tutadi. Siz Tursunboy Adashboyevning qaysi tarjima asarlarini o’qigansiz?
Dostları ilə paylaş: |