3)
|
Amaliy mashg’ulotlar
| |
111-133
| | |
|
II. MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI
|
|
|
Mustaqil ta’lim mavzularini o’zlashtirish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar
|
134-135
|
|
|
III. GLOSSARIY
|
136-141
|
|
IV. ILOVALAR
|
142
|
1)
|
Fan dasturi
|
143-149
|
2)
|
Ishchi fan dastur
|
150-158
|
3)
|
Tarqatma materiallar
|
159-160
|
4)
|
Testlar
|
161-170
|
5) Baholash mezoni 171-173
|
MA’RUZA MASHG’ULOTLARI
1- MAVZU: O’ZBEK BOLALAR ADABIYOTI FAN SIFATIDA.
BOLALAR ADABIYOTINING TARBIYAVIY MOHIYATI VA
SHAKLLANISH TARIXI .O’ZBEK BOLALAR FOLKLORI.
R E J A:
O’zbek bolalar adabiyoti fan va san’at turi sifatida.
Bolalar adabiyotining tarbiyaviy mohiyati va shakllanish tarixi.
Bolalar adabiyotining kitobxonlarning yosh xususiyatlariga ko’ra tasniflanishi.
Bolalar folklori janrlarining o’ziga xos xususiyatlari.
T a y a n ch t u sh u n ch a l a r :
Bolalar kitobxonligi. Bolalar folklori va kitobxonligi. Qo’shiqlar, maqollar, topishmoqlar, tez aytishlar ,ertaklar.
Bolalar adabiyoti — bolalar va o’smirlar uchun yaratilgan badiiy, ilmiy, ilmiyommabop va publitsistik asarlar majmui. Bularning asosiy kismini badiiy asarlar tashkil etadi. Jahon xalqlari, shu jumladan o’zbek xalqi bolalar adabiyoti tez aytish, topishmoq, o’yin qo’shiklari, rivoyat, afsona, ertak, makal, masal va doston singari aksariyat qismi bolalarga mo’ljallab yaratilgan og’zaki ijod namunalaridan boshlanadi. Bolalar adabiyotini bevosita bolalarga mo’ljallab yaratilgan va aslida bolalarga mo’ljallanmagan bo’lsada, keyinchalik bolalar adabiyotiga o’tib qolgan asarlarga ajratish mumkin.
Bolalar adabiyotining o’ziga xos xususiyati — o’zgaruvchan hodisa bo’lib, u kitobxon yoshi, tarixiy davr va ijtimoiy muhit bilan bevosita bog’liq. Kitobxon yoshini hisobga olish Bolalar adabiyotining eng asosiy xususiyatlaridandir. maktabgacha yoshdagi bolalarda bu ko’rgazmalilik, ezgulik va yovuzlik kuchlarining oddiy ko’rinishdagi ziddiyatlariga asoslangan bo’lsa, o’smirlar uchun yaratilgan adabiyotda murakkab hayotdagi murakkab kishilarning ruhiyati ochila boshlaydi.
Bolalar adabiyotining yana bir xususiyati uning harakatga boyligidir. Bundan B.a.da syujetga bo’lgan talab ham kelib chiqadi. U voqealarning tezkor, qiziqarli, fantaziyaga, yumorga boy ravishda ye.chilishini talab qiladi.Sharq yozma adabiyotida "pandnoma", "mav’izatnoma", "nasihatnoma", "axloq kitoblari" singari nomlar bilan tasnif qilinuvchi asarlar B. a.ning dastlabki namunalari hisoblanadi. Maye, Kaykovusning "Mav’izatnomai Kaykovus" ("Qobusnoma"), Shayx Savdiyning "Guliston" va "Bo’ston", Jomiyning "Bahoriston" asarlari shular jumlasidandir. Bular tarjima vositasida o’zbek B. a.ga kirib kelgan. Alisher Navoiyning "Hayrat ulabror", "Mantsh uttayr" va "Mahbub ulqulub" asarlari, Xojaning "Miftoh ul adl" va "Gulzor", Gulxaniyning "Zarbulmasal" asarlari esa o’zbek bolalar adabiyotining mumtoz namunalari bo’lib, pand-nasihat ruhidagi maqolat va hikoyatlari bilan asrlar mobaynida yosh avlodni yaxshi insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qilib kelmoqda.Bolalar adabiyotining shakllanishi deyarli barcha xalqlarda asosan ma’rifatparvarlik va maktabmaorif tizimi islohotlari bilan chambarchas bog’liq. O’zbek B. a.ning barqarorlashuvi ham XIX asrning ikkinchi yarmi — XX asrning boshlaridagi ma’rifatparvarlik harakatiga borib taqaladi. Saidrasul Aziziy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Hamza va b. o’nlab ma’rifatparvarlarning "yangi usul" ("usuli jadidiya")dagi o’zbek maktablari talabalari uchun yaratgan ellikka yaqin alifbo va o’qish kitoblari o'zbek B. a.ning tom ma’nodagi yorqin namunalari hisoblanadi. B. a. ga bolalar uchun maxsus yaratilgan asarlar sifatida qarash, uning o’ziga xos tamoyillarini belgilash XX asrning boshlariga xosdir.O'zbek Bolalar adabiyoti jahon Bolalar adabiyotining ilgor an’analari ta’sirida rivojlandi. Jahon B. a.ning nodir namunalari o'zbek tiliga tarjima qilindi, "Gulliverning sayohatlari" (J. Svift), "Robinzon Kruzo" (D. Defo), "Tom tog’aning kulbasi" (BicherStou), "So’na" (E. Voynich) kabi jahon adabiyotining nodir asarlari o’zbek bolalarning ham mulki bo’lib qoldi.Sharq adabiyoti eng yaxshi namunalarini arab, fors tilidan tarjima qilish B. a. tarjimachiligidagi bir yo’nalish bo’lsa, G’arb adabiyoti, xususan rus adabiyoti namunalarini o’zbekchalashtirish ikkinchi yo’nalishni tashkil etdi. I. A. Krilov masallari, A. S. Pushkinning "Baliqchi va baliq haqida ertak" asari, K. D. Ushinskiy hamda L.N. Tolstoyning bir qancha hikoya, ertaklari va b. ayni shu davrda tarjima qilinib, yangi usuldagi maktablar alifbo va o’qish kitoblariga kiritildi. Ijodkorlar tarjima vositasida realistik B. a.ning o’ziga xos xususiyatlarini yanada mukammal egalladilar, bolalar uchun yozuvchi adiblar guruhi shakllandi.
XX asrning 20—30-yillarida Hamid Olimjon, G’afur G’ulom, G’ayratiy, Shokir Sulaymon, Ilyos Muslim, Gulom Zafariy, Ayniy, Elbek, Zafar Diyor, Sulton Jo’ra, Kudrat Hikmat, Quddus Muhammadiy, Shukur Sadulla, Hakim Nazir, Po’lat Mo’min va b. ijodkorlarning asarlari o'zbek B. a.ning rivojlanishida, maxsus adabiyot sifatida shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi.O'zbek B. a.da ayniqsa, adabiy ertak janri rivojlandi. Hamid Olimjonning Oygul va Baxtiyor, "Semurg’ yoki Parizod va Bunyod", Mirtemirning "Ajdar", Shukur Sa’dullaning "Uch ayiq", "Ayyor chumchuq", Zafar Diyorning "Yangi ertak", "Toshxon bilan Moshxon", "Tulkining hiylasi", Sulton Jo’raning "Zangor gilam" va "Qaldirg’och" singari adabiy ertaklari xalq og’zaki ijodi an’analari asosida yaratilgan, shakl va mazmun jihatdan puxta badiiy asarlar sirasiga kiradi. 30-y.larda o'zbek bolalar she’riyati yuksalib, uning mavzu doirasi kengaydi.
40—60-y.larda o'zbek B. a. yanada rivojlandi, bolalar yozuvchilarining safi Nosir Fozilov, Xudoyberdi To’xtaboyev, Tolib Yo’ldosh, Farhod Musajonov, Latif Mahmudov va b. qalamkashlar hisobiga kengaydi. Uyg’un, Mirtemir, Asqad Muxtor, Sayd Ahmad, Shuhrat, Mirzakalon Ismoiliy, Mirkarim Osim singari kattalar adabiyoti vakillari ham bolalarga atab asarlar yaratdilar.
Quddus Muhammadiyning besh kitobdan iborat "Tabiat alifbosi" yosh kitobxonlarni ona tabiatga, hayvonot va o’simliklar dunyosiga mehrmuhabbat ruhida tarbiyalovchi, quvnoq kulgi bilan yo’g’rilgan, mavzular rangbarangligi va tasvirning mukammalligi bilan e’tiborga sazovor.
50—60-yilllarda G’afur G’ulomning "Shum bola", Oybekning "Bolalik", Abdulla Qahhorning "O’tmishdan ertaklar", Nazir Safarovning "Ko’rgankechirganlarim" qissalari nasriy B. a. rivojiga munosib ulush bo’lib qo’shildi. Xudoyberdi To’xtaboyevning "Sehrli qalpoqcha", "Sariqdevni minib", "Sariq devning o’limi" asarlari ham sara asarlar qatoridan o’rin oldi. Bular ko’pgina xorijiy tillarga tarjima qilindi. Hakim Nazirning "Sunmas chaqmoqlar", "Yonar daryo", "Kichkintoy" qissalari, "Lochin qanotlari" romani davrning dolzarb muammolarini qamrab olishi, badiiy tasvirning o’ziga xosligi bilan e’tibor qozondi.
80-yilllar bolalar adabiyotida Anvar Obidjon, Safar Barnoyev, Rauf Tolipov, Qambar Utayev, Hamza Imonberdiyev va b. ijodkorlarning asarlari yosh avlodni eng yaxshi insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi bilan e’tiborga sazovor bo’ldi.B.a.da badiiylik bilan bir qatorda ma’rifiylik ham yetakchi o’rin tutadi. Chunki B.a. namunalari yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga ham xizmat qiladi. Barcha davrlar B.a.ning taraqqiyot tamoyillari, avvalo, ma’rifiylik va tarbiyaviylikda aks etadi. Biroq B.a. rivojlanib borgani sari uning sof badiiyat unsurlarini egallashga intilishi va umumadabiyot taraqqiyot tamoyillari bilan hamkorligi ham ko’zga tashlanadi. Jumladan, 20 a. boshlarida o'zbek B.a.da ko’proq ma’rifatparvarlik g’oyalari yetakchilik qilsa, 30-y.lar B.a.da realistik adabiyot tamoyillari ustuvor, 50-60-yillar B.a.da sarguzasht fantastik adabiyot elementlari kuchaydi.
80-yillar Bolalar adabiyotida psixologizmning kuchayishi, yosh qahramon talqinida uni yosh bola tarzida emas, hayotga tobora jadal kirib kelayotgan, o’z qarashlariga ega bo’lgan shaxs sifatida tasvirlashga intilish ruhi mavjud.O'zbek B.a. taraqqiyotida 90-y.dar yangilanish davri bo’ldi. Istiqlol sharofati bilan milliy, madaniy, adabiy va diniy qadriyatlarning tiklanishi B.a. namoyandalari ijodiga ham sezilarli ta’sir qildi, ularning asarlarida haqiqiy o'zbek qiyofasi tasviri yetakchi o’rin egallay boshladi.B.a.ning o’ziga xosliklari uning qahramoni tasvirida yanada yorqinroq namoyon bo’ladi. Mac, 20-a. boshlari B.a. namunalari ko’proq ijodkorning faolligi, qahramon tasviri emas, targ’ibiytashviqiy ruh ustuvorligi bilan ajralib tursa, 30-y.lar B.a.da ko’proq xalq og’zaki ijodiga murojaat qilingan, bu davrda yaratilgan asarlarda ham hali faol qahramon obrazi deyarli yo’q edi. 50—60-y.lar B.a. namunalari bevosita yosh qahramonlarning asarlar voqealarida hal qiluvchi o’rin tutish bilan chinakam B.a.ga aylandi. 70—80-y.lar B.a. namunalaridan esa tobora hayotga o’z nuqtai nazari bilan qaraydigan, balandparvoz, ritorik ta’riflardan ko’ra tanqidiy nigohi o’tkirroq yosh qahramon qiyofasi gavdalana boshladi, shu davrda o'zbek B.a.ga ilk bora bolalarning o’ziga xos, endigina uyg’onib kelayotgan pok muhabbati kirib keldi. 90-y.lar adabiyotida bu borada yangi qadam tashlandi, o’zbek bolasi o’zbekning farzandi ekanligidan faxrlanish, ulug’ ajdodlarga munosib bo’lish ruhidagi, tom ma’nodagi vatanparvarlik g’oyasi ustuvor asarlarni o’qish baxtiga musharraf bo’ldi.Bolalar adabiyoti yoshlarni iymon-e’tiqodli kishilar sifatida va vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda mustaqil mamlakatimizning qudratli qurolidir. Faqat chinakam badiiy asarlargina bolalarga kuchli ta’sir ko’rsatib, ana shu yuksak talablarga javob bera oladi. Bolalar kitobi bu vazifani bajarishda badiiy tilga suyanadi. Yaxshi, aniq, ravon, obrazli boy til bilan yozilgan asar yozuvchining maqsad va fikrlarini kitobxonlarga tez va oson etkazadi. Bolalar kitobxonligini o’quvchilarning pedagogik-psixologik xususiyatlariga ko’ra quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar kitobxonligi. Bu davr bolalar kitobxonlig asosan ota-onalar va tarbiyachilar tomonidan amalga oshiriladi. Ham o’qish, yozish, chizishni bilmaydigan maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar dunyo sirlaridan bexabar bo’ladilar.Bunda oilada ota-onalar, bog’chalarda esa tarbiyachilar bolalarga yaqindan yordam berishlari, ya’ni ularga badiiy asarlardan parchalar o’qib berishlari lozim. Bolalarga o’qib beriladigan har qanday asarning hajmi qisqa, mazmuni sodda bo’lishi maqsadga muvofiq. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar tinglaydigan asarlarning ko’pchiligini ertak, qo’shiq, topishmoq, maqol, tez aytish kabi xalq og’zaki ijodi asarlari tashkil etadi.
Maktab yoshidagi kichik bolalar kitobxonligi. Bu yoshdagi bolalar kitobxonligi avvalgisidan bir oz farq qiladi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar asosan tarbiyachilari, ota-onalari yordamida badiiy asarlar bilan tanishsa, boshlang’ich sinf o’quvchilari bu ishni mustaqil bajaradilar. Bu yoshdagi bolalarni tevarak-atrofdagi turli voqea-hodisalar nihoyatda qiziqtiradi. Ularning bizni qurshagan olam haqidagi savollariga badiiy asarlarda mufassal javob berilgan. 11-12 yoshdagi bolalar sehrli-fantastik ertak, sarguzasht, hikoya, qissa va dostonlarni sevib o’qiydilar.
O’rta va katta yoshdagi bolalar kitobxonligi.Bu yoshdagi bolalar o’zlari mustaqil ravishda kitob o’qib qolmay, balki o’qigan kitoblaridagi qahramonlarning xatti-harakatlarini baholashga o’rganadilar, zaruriyat bo’lsa ular ko’rsatgan mardlik va jasoratlarni takrorlashga hozirlanadilar. Bu yoshdagi bolalarga xalqimizning shonli tarixi, bugungi hayoti haqida yozilgan turli janrdagi asarlarni tavsiya etish mumkin. “Shiroq”, “Tumaris” kabi afsonalar bilan birga Oybek, G’.G’ulom, Z.Diyor, Q.Muhammadiy, H.Nazir va boshqalarning zamonaviy mavzudagi eng yaxshi asarlari muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Bolalar folklori va kitobxonligi.Xalq og’zaki ijodi uning turmush tajribalari asosida yuzaga kelgan bo’lib, mehnat jarayoni bilan chambarchas bog’liqdir. Xalq donoligi shu mehnat jarayonining turli va o’ziga xos shart-sharoitlariga muvofiq ravishda bolalar uchun ham ajoyib ertaklar, qo’shiqlar, topishmoqlar, maqollar yaratgan. Ularni bolalar juda sevib o’qiydilar va tinglaydilar.
Qo’shiqlar: Bolalar tarbiyasida qo’shiqning roli juda katta. Qo’shiq lirikaning eng qadimgi shakllaridan biri bo’lib, kuylashga mo’ljallangan bir necha bandli she’rlardan iboratdir. Qo’shiqlar kuy, ohang bilan aytiladi. Qo’shiq xalq og’zaki ijodining eng ko’p tarqalgan janrlaridan biridir. Ayniqsa, alla qo’shig’i etakchi o’rinda turadi.
Maqollar: Xalq yaratgan g’oyat ixcham, chuqur va tugal ma’noni ifoda eta bilishi, ixcham va puxtaligi bilan xalq og’zaki ijodining boshqa janrlaridan farq qiladi.
Topishmoqlar: Topishmoqlar odatda xalqning urf-odatlari, ruhiyati hamda axloqiy-estetik qarashlarini o’zida mujassamlashtirgan bo’ladi.
Tez aytish. Tez aytish ham xalq og’zaki ijodining o’ziga xos turi hisoblanadi. Tez aytish aqliy o’tkirlikni tarbiyalaydi. Bolalarni biyron so’zlashga o’rgatib, ularga estetik zavq beradi, fikrlarini o’stiradi.
Ertaklar. Xalq og’zaki ijodidagi eng boy va rang-barang janrlaridan biri ertakdir. Ertaklar sodda, tushunarli bo’lgani uchun har qanday kitobxonga juda tez etib boradi. Ular orqali ham insonning ijtimoiy axloq normalari shakllanadi.
Bolalar adabiyoti so’z san’ati va tarbiya vositasidir. Kichkintoylar uchun yoziladigan har qanday badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos, kitobxonlar qalbida o’y-fikrlar uyg’otadigan, yorqin obrazlarga boy, yuksak g’oyalarga, buyuk ishlarga ilhomlantiradigan bo’lishi zarur.
Bolalar adabiyoti yoshlarni iymon-e’tiqodli kishilar sifatida va vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda mustaqil mamlakatimizning qudratli qurolidir. Faqat chinakam badiiy asarlargina bolalarga kuchli ta’sir ko’rsatib, ana shu yuksak talablarga javob bera oladi. Bolalar kitobi bu vazifani bajarishda badiiy tilga suyanadi. Yaxshi, aniq, ravon, obrazli boy til bilan yozilgan asar yozuvchining maqsad va fikrlarini kitobxonlarga tez va oson yetkazadi.Bugungi kunda qudratli qurol bo’lgan adabiyotdan keng foydalanmay turib, yangi jamiyat quruvchisini har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalash mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: |