Qo‘shiqlar.
Maqollar.
Xalq og‘zaki ijodida maqollarning o‘ziga xos o‘rni bor. U xalqning, bir necha avlodlarning aqlu farosati hamda turmush tajribasining yakuni, ular donishmandligining mahsulidir. Bola ta’lim-tarbiyasida maqollarning o‘rni katta.
Topishmoqlar.
Topishmoqlar xalq og‘zaki ijodining bolalarni o‘ylashga, topqirlikka o‘rgatuvchi qadimiy janrlaridan biridir. Har bir topishmoq zamirida “kim?”, “nima?” so‘roqlariga yashirin javob yotadi.
Tez aytish.
Tez aytishlar og‘zaki nutq mashqi bo‘lib, kichik yoshdagi bolalarda ma’lum tovushlarni to‘g‘ri va ohangdor talaffuz qilish ko‘nilmalarini orttiradi. Bu janrga mansub asarlar bolalarni biyron so‘zlashga o‘rgatish bilan birga, ularga estetik zavq beradi, fikrlash qobiliyatlarini o‘stiradi, xotiralarini mustahkamlaydi
. Ertakning muhim xususiyatlaridan biri uning hamisha xalq hayoti, kurashi, tarixi, ruhiy olami, dunyoqarashi, urf-odatlari bilan chambarchas bog‘lanishi, insonlarga axloqiy va ma’naviy yo’ldosh bo‘lib kelishidadir. Xalq ertaklari o‘z xususiyatlariga ko‘ra bir necha turga bo‘linadi: hayotiy ertaklar, hayvonlar haqidagi ertaklar, sehrli afsonaviy ertaklar, ijtimoiy-maishiy ertaklar.
Nazorat savollari
1.Folklorshunoslikning mustaqillikdan keyingi yutuqlari nimalarda ko‘rinadi?
2.O‘zbek folklorshunosligida dolzarb mavzular sifatida nimalarni qayd etasiz?
3.O‘zbek folklorshunosligining dunyo ilm-fanidagi o‘rni to‘g‘risida qanday qarashlar mavjud?
Asosiy adabiyotlar :
1.Safarov O. Barakayev R. Jamilova B. Bolalar adabiyoti.Buxoro. „Durdona”nashriyoti. 2019.
2.Jumaboyev M. Bolalar adabiyoti.-T.; O`qituvchi. 2001.
3. O’zbek va chet el bolalar adabiyoti. –Toshkent. O’zbekiston.2002
2-MAVZU: MUMTOZ ADABIYOTDA BOLALAR KITOBXONLIGI
Reja:
Mumtoz adabiyoti namoyandalarining bolalar kitobxonligiga qo’shgan hissasi
Alisher Navoiy ijodida ta’lim-tarbiya masalalarining yoriyilishi
Gulxaniy ijodida odob-ahloq masalalarining yoritilishi
4.Gulxaniyning “Zarbulmasal” asari tarkibiga kirgan masallarida ilgari surilgan g’oyalar.
5.Xulosa
Dostları ilə paylaş: |