O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti o’zbek adabiyoti kafedrasi


Aqliy hujum uchun savolar



Yüklə 494,64 Kb.
səhifə7/65
tarix07.09.2023
ölçüsü494,64 Kb.
#141951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   65
O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti o’zbek adabiyoti kafedrasi-fayllar.org

Aqliy hujum uchun savolar.
1. A.Navoiy maktablarda dars beruvchini nimaga o’xshatadi?
2. «Hayrat ul-abror» asarining bir necha boblari qanday masalalarga bag’ishlangan?
3. «Farhod va Shirin» dostonida bola tarbiyasiga doir qanday fikrlar ilgari surilgan?
4. “Layli va Majnun” dostonining tarbiyaviy ahamiyati nimada?
4. Gulxaniyning «Zarbulmasal» asarining bosh g’oyasi nima?


Asosiy adabiyotlar :
1.Safarov O. Barakayev R. Jamilova B. Bolalar adabiyoti.Buxoro. „Durdona”nashriyoti. 2019.

2.Jumaboyev M. Bolalar adabiyoti.-T.; O`qituvchi. 2001.


3. O’zbek va chet el bolalar adabiyoti. –Toshkent. O’zbekiston.2002


3-MAVZU: BOLALAR ADABIYOTI TARAQQIYOT BOSQICHIDA XIX ASR OXIRI VA XX ASR BOSHLARI BOLALAR ADABIYOTINING O’ZIGA XOSLIGI.
Reja:
1.XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi tarixiy-adabiy muhit.
2. A.Avloniyning hayoti va ijodi.
3. Avloniyning pedagogik faoliyati va darsliklari.
4. Avloniy asarlarining tarbiyaviy ahamiyati.
5. Hamzaning hayoti va ijodi haqida.
6. Shoirning tarbiyaviy mavzuda yaratgan she’rlari.
8. Hamzaning darsliklari haqida.
9.Xulosa.
Tayanch tushunchalari.
1. Shoirning ilm-ma’rifat haqidagi asarlari. («O’qi», «Ilm ista», «Kitob», «Maktab», «Qalam»)
2. A.Avloniyning «Birinchi muallim», «Alifbe», «Ikkinchi muallim», «o’qish» kitoblarining tarbiyaviy ahamiyati.
O’zbek madaniyatining ulkan vakillaridan biri, pedagog, jamoat arbobi va yozuvchi Abdulla Avloniy 1878-yilda Toshkent shahrida to’quvchi oilasida dunyoga keldi. A.Avloniy boshlangich diniy maktabda va madrasada o’qidi, ilm-fanga ixlos qo’ydi. O’zbek va boshqa sharq xalqlari adabiyotini berilib o’rgandi. A.Avloniy 14 yoshidan boshlaboq she’rlar yozishni mashq qila boshladi. Avloniy xalqni ilm-fan nurlaridan bahramand qilishni o’zining birdan-bir burchi deb bildi va 1904-yilda o’zi yashab turgan joyda – Mirobodda maktab ochdi. U bolalarga jug’rofiya, tarix, adabiyot, til, hisob, xandasa, hikmat kabi fanlardan ma’lumotlar berdi.O’sha davr xalq pedagogikasida A.Avloniyning «Birinchi muallim» - «Alifbo», «Ikkinchi muallim» - «O’qish» kitoblari katta rol o’ynadi. A.Avloniy «Adabiyot yohud milliy she’rlar» deb nomlangan to’rt qismdan iborat bo’lgan darsligida yoshlarni maorif-madaniyatga chorlaydi. U o’nlab she’rlar, «Maktab gulistoni», «Turkiy guliston yohud axloq» kabi darsliklari bilan hozirgi zamon o’zbek bolalar adabiyotiga poydevor qo’ygan edi.A.Avloniy asarlarining tarbiyaviy ahamiyati juda katta. Uning darsligidagi har bir bo’lim ta’lim-tarbiyaning muhim bir masalasiga bag’ishlangan bo’lib, ularning biri ikkinchisini to’ldiradi. A.Avloniy 1934-yilda vafot etgan.XIX asr oxiri XX asr boshidagi o‘zbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri ma’rifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobi Abdulla Avloniydir. U 1878 yilning 12 iyulida Toshkentning Mergancha mahallasida, to‘quvchi Miravlon aka oilasida dunyoga keldi. Bolaligi Mirobod mahallasining egri-bugri ko‘chalarida, ko‘pchilik qismini ruslar tashkil qilgan temir yo‘l ishchilari bolalari orasida kechdi. O‘qchidagi eski maktabda, so‘ng madrasada o‘qidi (1885–1886). Mustaqil mutolaa bilan shug‘ullandi. Arab, fors, rus tillarini o‘rgandi. Orenburg, Qozon, Tiflisda chiqib turgan gazeta-jurnallarni kuzatib bordi. Qisqa muddat ichida u ma’rifatparvar sifatida tanildi va o‘lkadagi ijgimoiy-madaniy harakatchilikning faol namoyandalaridan biriga aylandi.XX asr boshlarida Turkiston madaniy hayotida yuz bergan eng muhim o‘zgarishlardan biri maktab o‘quv ishlarida o‘zgarish bo‘ldi. Avloniy bu davrda jadidchilik harakatiga qo‘shilib, Toshkentdagi jadidlarning faol ishtirokchilaridan biri bo‘lib tanildi. Avloniy 1904 yilda Mirobodda, so‘ngroq Degrezliqda (1903–14) xuddi shunday yangi usulda, yangicha maktab ochib, dars berdi va darsliklar yozdi.
1909 yilda maktab maorif ishlariga yordam beruvchi “Jamiyati xayriya” ochib, yetim bolalarni o‘qitdi. “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” nomli to‘rt qismdan iborat she’riy to‘plamining birinchi juz’ini nashr qildirdi. Munavvarqori, Muhammadjon Podshoxo‘jayev, Tavallo, Rustambek Yusufbekov, Nizomiddin Xo‘jayev, Shokirjon Rahimiy kabi taraqqiychilar bilan sheriklikda “Nashriyot” (1914), “Maktab” (1916) shirkatlarini tuzdi. “Taraqqiy”, “Shuhrat” (1907), “Osiyo” (1908), “Turon” (1917) gazetalarini chiqardi. 1918 yilda Turkiston Shurolar hukumatining birinchi gazetasi “Ishtirokiyun”ning tashkilotchilaridan va uning birinchi muharrirlaridan bo‘ldi. U sovet davrida turli mas’uliyatli lavozimlarda xizmat qildi, qaysi vazifada ishlamasin ilm-ma’rifat tarqatish, ta’lim-tarbiya masalalari bilan shug‘ullanib keldi, bilimyurtlarida, oliy maktablarda o‘qituvchilik qildi. Avloniy 1927 yilda Mehnat Qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldi.Avloniy 30 yildan ortiqroq ijod qildi. 1916 yilgi mardikorlik voqealarining, so‘ng inqilobiy talotumlaru milliy-ozodlik kurashlarining guvohi bo‘ldi. O‘tgan davr ichida, o‘zi ta’kidlaganidek, “o‘nlab she’r va maktab kitoblari, to‘rt teatr kitobi”qoldirdi. Uning madaniyatimiz tarixidagi o‘rni haqida gap ketganda, ikki jihatini alohida ta’kidlash zarur: pedagogik faoliyati va adabiy badiiy ijodi. Uning pedagogik faoliyati, ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlari XX asrning boshlarida yangi bosqichga ko‘tarilgan ma’rifatchilikning xususiyatlarini belgilashda muhim manbalardandir.Avloniy maktabi gumanistik va erkin tarbiya asosiga qurilgan, dunyoviy va ilg‘or ilm-fanni bolalarga o‘rgatishni o‘z oldiga asosiy vazifa qilib qo‘ygan, yoshlarni mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga aralasha olish qobiliyatiga ega bo‘lishini ta’minlaydigan haqiqiy xalq maktabi bo‘ldi. Adib bu maktablar uchun darsliklar tuzdi. Uning avvalgi sinf shogirdlari uchun “Birinchi muallim”i (1911) Oktyabr o‘zgarishigacha 4 marta, “Alifbedan so‘nggi o‘quv kitobi” – “Ikkinchi muallim” (1912) 3 marta kayta nashr etilgan. Axloqiy didaktik mazmundagi “Turkiy Guliston yoxud axloq” darsligi (1913) XX asr boshlari ijtimoiypedagogik fikr taraqqiyotida alohida o‘rin egalladi. Unda tarbiya va axloq masalalari birinchi marotaba XX asrning talab va ehtiyojlari nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Avloniy xulqlarni an’anaviy yaxshi va yomonga ajratar ekan, mulohazalarini Gippokrat, Platon, Aristotel, Sa’diy Sheroziy, Bedil fikrlari bilan dalillagan holda zamonaviylikni asosiy mezon qilib oladi. Adib Vatan muhabbatini uning uchun kurashmoqni eng yaxshi insoniy xulqlardan hisobladi. Vatan – bu har bir kishining tug‘ilib o‘sgan shahar va mamlakati. Uni qadrlamoq, sevmoq, yashartmoq kerak. Shoir Vatan va unga muhabbat deganda shuni tushungan edi. Tilga, madaniyatga muhabbat esa, har bir kishining o‘z xalqiga bo‘lgan muhabbatidir: “Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgon oyinai hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur”.Avloniy Hijron, Nabil, Indamas, Shuhrat, Tangriquli, Surayyo, Shapaloq, Chol, Ab, Chegaboy, Abdulhaq taxalluslari bilan she’r, hikoyalar va maqolalar yozgan. Shuni aytish kerakki, Avloniy ancha murakkab hayot va ijod yo‘lini bosib o‘tdi. U adabiyotga g‘oyaviy kurashlar g‘oyat keskinlashgan bir davrda kirib keldi. Hech ikkilanmasdan ma’rifat va taraqqiyot uchun kurashishini maslak etib qabul qildi. Shoir she’riyati bilan tanishar ekansiz, qiziq bir holga duch kelasiz. Unda birorta ishqiy she’r yo‘q. U ijtimoiy muammolarni, el-yurt g‘amini muhimroq biladi. Xalq va Vatan baxtsizligi oldida har qanday muhabbatni rad etadi. O‘z onadiyorini bamisoli “yor kabi sevadi”. Butun mehrini shunga bag‘ishlaydi. Asrimiz boshlari Turkiston takdirida g‘oyat mas’uliyatli bo‘lgan, uning hayot mamot masalasi hal qilinayotgan bir payt edi. Buni Avloniy davrning peshqadam ziyolisi, yirik ma’rifatparvar, jadidlar ta’limotining faol tarafdori sifatida tezda ilg‘ab oldi.Dastlabki poetik asarlari “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” (I, II, III, GUjuzlar), “Maktab gulistoni” (1916), “Mardikorlar ashulasi” (1917) kitoblarida va “Sabzavor” tazkirasi (1914) hamda vaqtli matbuot sahifalarida chop etilgan asarlaridir. Ularda ilm-ma’rifat targ‘ib qilingan, jaholat va nodonlik, eski tuzumning ijtimoiy-axloqiy asoslari qoralangan, ozod va baxtiyor zamon haqida fikr yuritilgan. Shu jihatdan Avloniyning bu davrdagi she’rlari Hamza, Anbar otin poeziyasiga ohangdoshdir. Avloniy barmoq vaznini adabiyotda keng qo‘llagan. Milliy kuylarga moslab she’rlar yozgan va poeziyaning imkoniyatlarini boyitgan.Avloniyning adabiyot oldidagi muhim xizmatlaridan biri shu bo‘ldiki, u mardikorlik she’riyati deb atalgan yangi adabiy hodisaning yaratuvchilaridan bo‘ldi. 1916 yilgi mardikorlik voqealarini ifodalovchi “Bir mardikorning otasi o‘g‘liga aytgan so‘zlari”, “Onasining o‘g‘liga aytgan so‘zlari”, “Afsus” kabi she’rlar yozdi. Ona yurtdan uzoq shimolning qorli-muzli yerlariga, front orqasidagi qora xizmatga olib ketilgan mardikorlarning xayrlashuv manzaralarini, haqsizlikni yoritdi. Bu she’rlarning ohang va uslubi xalq qo‘shiqlariga g‘oyat yaqin bo‘lib, ular xalqimizning milliy uyg‘onishida muhim o‘rin tutdi.
Avloniy ijodi 60-yillarning oxiridan o‘rganila boshlandi. Hozirda uning turli janrlardagi asarlaridan namunalar alohida kitoblar holida chop etilgan.


Yüklə 494,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin