O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti o’zbek adabiyoti kafedrasi



Yüklə 494,64 Kb.
səhifə9/65
tarix07.09.2023
ölçüsü494,64 Kb.
#141951
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   65
O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti o’zbek adabiyoti kafedrasi-fayllar.org

Asosiy adabiyotlar :
1.Safarov O. Barakayev R. Jamilova B. Bolalar adabiyoti.Buxoro. „Durdona”nashriyoti. 2019.
2.Jumaboyev M. Bolalar adabiyoti.-T.; O`qituvchi. 2001.
3. O’zbek va chet el bolalar adabiyoti. –Toshkent. O’zbekiston.2002


4-MAVZU: SHO’ROLAR DAVRI BOLALAR ADABIYOTI
(20-30-YILLAR; URUSH VA URUSHDAN KEYINGI YILLAR;60-80-YILLAR)
Reja:
1.O’zbek bolalar adabiyotining shakllanish taraqqiyoti
2.O’zbek bolalar adabiyotiga qardosh xalqlar adabiyotining ta’siri
3.O'zbek bolalar she’riyatining urush yillari va urushdan keyingi davri
4.60-80-yillar o'zbek bolalar badiiy adabiyoti
O'zbek xalqi qadimdan mehnatkash, savodxon xalq bo'lgan. Bunga erishmoq uchun esa farzandlar tarbiyasiga juda qattiq e’tibor bergan. Bolalarga ta’lim-tarbiyada ko'proq xalq og'zaki ijodi bilan ta’sir qilish yo'lidan borgan. Boy va rang-barang xalq ijodi namunalari yozma adabiyotning maydonga kelishi va rivojlanishida boy manba bo'lib xizmat qiladi. Bu yerda yana bir narsani ta’kidlab o'tish kerakki, badiiy adabiyotning taraqqiyoti jamiyatning umumiy taraqqiyoti bilan ham uzviy bog'liqdir. Bu jihatdan Mahmud Koshg'ariyning «Devonu lug'atit turk» asarini eslab o'tish o'rinlidir. XI asming buyuk tilshunos olimi o'zining bu kitobida bizga ko'p ma’lumotlar beradi. Kitobda XI asr adabiyoti bilan birga, avvalgi zamonlarda paydo bo'lib, og'izdan-og'izga, avloddan- avlodga ko'chib yurgan qo'shiq va lirik she’rlardan namunalar ham keltirilgan. Ayniqsa, mehnat, qahramonlik, marosim, mavsum qo'shiqlari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Shuningdek, Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» («Saodatga olib boruvchi bilim»), Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul haqoyiq» («Haqiqatlar armug'oni») dostonlarida hamda Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqurg'oniylarning asarlarida til, ilm, fan, axloq-odob masalalari qamrab olinadi. Haydar Xorazmiy, Qutb, Durbek, Sakkokiy, Lutfiy singari shoirlaming adolatsizlik va zulmni qoralash, oddiy insonning og'ir ahvoliga achinish, orzuarmonlarini qisman bo'lsa-da yoritishga qaratilgan asarlari tarixda muhim rol o'ynaydi. Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy g‘azallari timsolida XV asr o'zbek she’riyati hayotiy voqelikni aks ettirish sohasida katta badiiy tajriba to'pladi. Bu tajriba Alisher Navoiydek buyuk san’atkoming voyaga yetishi uchun

zarur bo'lgan shart-sharoitlami tayyorladi. Alisher Navoiy butun faoliyati va ijodini insonning baxt-saodati uchun kurashga, xalqning osoyishtaligiga, o'zaro urushlaming oldini olishga, obodonchilik ishlariga, ilm-fan, san’at va adabiyot taraqqiyotiga bag'ishladi. U adolatparvar, donishmand davlat arbobi, o'zbek klassik adabiy tiliga asos solgan va o'zbek mumtoz adabiyotini yangi taraqqiyot pog'onasiga ko'taigan buyuk so'z san’atkori bo'lib, davming madaniy hayotiga rahbarlik qildi, ilm-fan, san’at va adabiyot ahllariga homiylik ko'rsatdi, ko'plab shogirdlar yetishtirdi.


XV—XVI asrlarda yashab ijod etgan Zahiriddin Muhammad Boburning «Bobumoma» asarida o'sha davr hayotiga doir tarixiy voqealar bilan biiga, ilm-fanga oid qimmatli ma'lumotlar berilgan, turli xalqlarning urf-odatlari, tili, san'ati va adabiyoti yoritilgan. XVIII asming oxiri XIX asming boshlarida yashab ijod etgan ikki buyuk shoir Muhammadniyoz Nishotiy va Muhammad Sharif Gulxaniylar ijodi mumtoz adabiyotimiz tarixida alohida ajralib turadi. Nishotiyning xalq og'zaki ijodi asosida yaratgan «Husnu dil» dostoni ishq-muhabbat, aqlfarosat, odob-axloqqa bag'ishlangan. Shu narsa diqqatga loyiqki, dostonda har biri mustaqil asar bo'la oladigan «Shohboz va bulbul», «Gul va Daf», «Nay va Shamshod», «Kosai Chin Naigis», «Binafsha va Chang» kabi masallar ham berilgan. Bu masallaming barchasida el-yurtga foyda keltirish, maqtanchoq bo'lmaslik, ortiqcha kibr-havoning zarari kabi mavzulaming yoritilishi bolalar uchun har jihatdan ibratlidir.Gulxaniy ham «Zarbulmasal» asarida o'zining muhim ijtimoiy qarashlarini, el-ulus taqdiriga munosabatini qiziqarli masallar orqali ifodaladi.Munis mehnatkash xalqning og'ir ahvoliga qattiq achindi, ilm-fan vaadabiyot ahlining xor-zorligidan qayg'urdi. Shoir kishilami bilim olishga,kitob o'qishga, johil va yomonlardan uzoq bo'lishga chaqiidi. Munis «Savodita' lim» risolasi orqali bolalami o'qitish va tarbiyalash ishiga katta hissa qo'shdi.
Uning ma'rifatparvarlik g'oyalari o'zidan keyin yashagan Muqimiy, Furqat,
Zavqiy, Avaz O'tar kabi shoirlarga ham katta ta'sir ko'rsatdi. Ma’rifatparvarlikni bayroq qilib ko‘targan Abdulla Avloniy, Hamza, Fitrat, Elbek, Munawarqorilar tomonidan yozilgan darslik va qo'llanmalarda bolalar hayoti, o'qishi, axloq-odobi haqida materiallar beriladi. Abdulla Avloniy («Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Maktab gulistoni», «Turkiy guliston yoxud axloq»), Hamza Hakimzoda Niyoziy («Yengil adabiyot», «Axloq hikoyalari», «Qiroat kitobi») asarlarida yangi davr nafasi ufura boshladi. O'tgan asrning 20-yillarda Fitrat, Cho'lpon, Usmon Nosir, G'afur G'ulom, G'ayratiy, Shokir Sulaymon, Oybek va boshqalaming kata yoshdagi bolalar uchun yozgan asarlarida ilm va mehnatga chaqiriq keng o'rin oldi. Keyinchalik bu safga Z. Diyor, D. Oppaqova, M. Fayziy, I. Muslim, A. Rahmat, Sh. Sa’dulla, SJo'ra, M. Oqilova, Q. Muhammadiy, H. Nazirlar kelib qo'shildi. Ular bolalami yaxshi o'qishga, ilm, fan nurlaridanbahramand bo'lishga, davming haqiqiy o'g'il-qizlari bo'lib kamol topishga targ'ib etdilar.Bolalar adabiyotimiz yildan-yilga rivojlanib bordi. 30-yillarga kelib, o'zining professional shoir va yozuvchilariga ega bo'ldi. Poeziya (Zafar Diyor, Adham Rahmat, Ilyos Muslim, Shukur Sa’dulla, Sulton Jo'ra, Mahmuda Oqilova, Quddus Muhammadiy), proza (Majid Fayziy, Doijiya Oppoqova, Hakim Nazir), dramatuigiya (Zafar Diyor, Doijiya Oppoqova) sohalaridabolalar ijodkorlari yetishib chiqdilar. Sadriddin Ayniy, G'afur G'ulom, Hamid Olimjon, Oybek, Shokir Sulaymon va G'ayratiylir ham o'zbek bolalar adabiyotini yuksaltirish ishiga o'z hissalarini qo'shdilar. Bu davrda Zafar Diyoming «Qo'shiqlar» (1933), «Tantana» (1936),«She'rlar» (1939), «Muborak» (1940), «She'rva hikoyalar» (1940) to'plamlari va «Mashinist» (1935) dostoni, «Baxtli yoshlik» dramasi, «Jo'natish», «Nojo'yaliklar» hikoyalari; A. Rahmatning «Dum» (1938), «Baxtli yoshlik» (1939), «Zavqli allalar» (1940), «She'rlar» (1940), «Hiylagar tulki» (1940) kitoblari; Sulton Jo'raning «Fidokor» (1940); Ilyos Muslimning «O'suv»(1932); «Zaharxandalar» (1932) to'plamlari, «Miqti keldi» dostoni (1934); Shukur Sa'dullaning «Hayqiriq» (1932) «Uch ayiq», «Ayyor chumchuq» (1937), «Yoriltosh» to'plamlari bosilib chiqdi.Bu davrda qardosh xalqlar adabiyotidan juda ko'plab sara asarlar o'zbek tiliga taijima qilindi. Buning natijasida o'zbek bolalar adabiyoti har tomonlama boyib bordi. Ayniqsa, «Yosh turkistonliklar», «Bolalar yo'ldoshi», «Bolalar dunyosi», «O'zgarishchi yoshlar», «Yosh kuch» kabi jumaUar nashrining yo'lga qo'yilishi bolalar adabiyotining har tomonlama rivojlanishiga sabab bo'ldi.Xullas, bolalar adabiyotining mavzu doirasi kengaya bordi. Yoshlik, maktab hayoti, ona-yurt tabiati, xalqlar do'stligi, ilm, hunar va texnikaga muhabbat mavzulari bolalar adabiyotidan keng o'rin oldi.
Xalqimizda: «Ona yurting omon bo‘lsa, rangi-ro'ying somon boimas», degan naql bor. Sobiq ittifoqqa nemis-fashist bosqinchilarining xiyonatkorona bostirib kirishi o'z baxtini, kelajagini halol mehnati bilan bunyod etayotgan xalqning oromini, tinchligini buzdi.Urushning birinchi kunlaridanoq Oybek, Hamid Olimjon, G'afur G‘ulom, Sobir Abdulla, Uyg‘un, Maqsud Shayxzoda, Zafar Diyor, Amin Umariy, G'ayratiy, Mirtemir, Ilyos Muslim, Sulton Jo'ra va boshqalar fashist bosqinchilarining, albatta, yer bilan yakson bo'lishigakomil ishonch g‘oyasi bilan yo‘g‘rilgan asarlar yaratdilar. Urushning birinchi kunlaridayoq yaratilgan Uyg'unning «Xayrlashuv», Zafar Diyoming «Kichkina jangchi», Ilyos Muslimning «Yovni tutday to‘kamiz», Sulton Jo'raning «Tekstil» kombinati to'quvchilari», Ra'no Uzoqovaning «Talpin, yurak» she'rlari bolalar adabiyotida urushni la'natlovchi dastlabkiasarlardan bo'ldi.Bu davr adabiyotining asosiy mavzusini urush davridagi xalq qahramonlarirang fashist bosqinchilariga qarshi jasoratlaiga to'la kurashi «Xat» (Hamid Olimjon), «Men yahudiyman», «Sen yetim emassan» (G'afur G'ulom), «Vatan haqida», «Yigitlarga» (Oybek), «Kurash nechun?», «Kapitan Gastello» (Maqsud Shayxzoda), «Vatan haqida qo'shiq» (Uyg'un), «Vatan», «Chavandoz» (Temir Fattoh), «Qurol bering menga ham», «Bizning oila» (Zafar Diyor), «To'pchi Muhammad» (Sulton Jo'ra), «Onamning aytganlari» (Adham Rahmat), «Biz yengamiz» (Hasan Said) tasviri tashkil etdi. 1941 yilning iyul oyidayoq «O'lim yovga» adabiy to'plami bosilib chiqdi. To'plamdagi she'rlarda g'alabaga bo'lgan komil ishonch jo'shibkuylanadi.«Vatan uchun» to'plami ham shu yilda yuzaga keldi. Undagi she'rlar mavzu jihatdan yanada kengaytirilganligi, qahramonlik, ona — Vatanga sadoqat g'oyasi yetakchilik qilishi xarakterlidir. Ayniqsa, Zafar Diyor yaratgan qahramonlar yosh bo'lishiga qaramay juda qasoskor. Ular tinchlik, osoyishtalik shaydolari, nemis-fashist bosqinchilarini qattiq qahr-g'azab bilan la’natlaydilar. Binobarin, ona — Vatanni sevish, ardoqlashning o'zi yetmaydi, uni munosib o'g'lon bo'lib himoya qila olish zarur, degan muqaddas tuyg'u bilan nafas oladilar. Shuning uchun ham shoirning qahramonlari qo'lda qurol bilan nemis-fashist bosqinchilariga qarshi sherday hamla qilishga tayyor. Zafar Diyor «Qurol bering menga ham!» she’rida lirik qahramon tilidan shunday misralami bitadi:
Meni kichik demangiz,
Kamsitmangiz kuchimni,
Bosqinchidan olgumdir
Halq qasosi — o ‘chimni!
Nemis-fashist bosqinchilari barcha qatori yosh bolalarning ham osuda hayotini buzdi. Ulami daryo, koilar bo'yida baliq tutib hordiq chiqarishdan, bilim olib, quvnoq o'yin-kulgi bilan yashashdan mahrum etdi. Shuning uchun ham yosh vatanparvar butun xalq bilan bir tan, bir jon bo'lib, qo‘lida qurol bilan dushmandan o‘ch olishga shaylandi: deya shijoat ko'rsatishi bilan diqqatni tortadi. Urush davri bolalar adabiyotida front orqasini mustahkamlash ishi ham alohida mavzu bo'lib qolgan edi. Zafar Diyoming «Maktab sening fronting», «Poezd ketar fiontga», «Temirchilar minbari», Shukur Sa'dullaning «Yoshlik», «Sen nima qilding?» kabi asarlarida bolalarning front orqasini mustahkamlashdagi jangovar mehnatlari namoyon bo'ladi.«Sen nima qilding?» she'rining qahramonlari o'zlariga ham, o'zgalaiga ham talabchan bolalar. Ular har bir kun, har bir daqiqani mehnat muvaffaqiyati bilan o'tkazishni o'z oldilariga maqsad qilib qo'yganlar. Urushdan so'nggi davr bolalar she’riyatida ona — Vatan, go'zal diyor, hur o'lkamiz to'g'risida yaratilgan asarlar diqqatga sazovordir. «Yashna, Vatan» (I. Muslim), «Obod o'lkam», «Yurtimizning yuragi» (P. M o'm in), «Mening Vatanim», «Baxtli bolalar» (Q. Hikmat), «O'lkamizning tongi otmoqda» (A. Rahmat), «Dehqon bobo va o'n ikki bolakay qissasi» (A.Oripov), «Onadegan so'z» (O.Matjon) vaboshqalar.Bu mavzuda yaratilgan she’rlami sanagan bilan tamom bo'lmaydi. Bu mavzuda yaratilgan asarlar ichida Abdulla Oripovning «Dehqon bobo va o‘n ikki bolakay qissasi» she'ri bolalar adabiyotining keyingi yillarda qo'lga kiritgan jiddiy yutuqlaridan bo'ldi. O'zbek bolalar she'riyatida O'zbekiston haqida ko'plab asarlar bor. A. Oripov ulami takrorlamasdan o'ziga xos original asar yozgan. She'r qahramonlari o'n ikki viloyatdan chiqqan a'lochi, jamoatchi o'quvchi bolalar. Ular o'z joylarining tarixini yaxshi bilishadi. Poezdda o'zlariga xamroh bo'lgan boboning savollariga lo'nda-lo'nda qilib javob berishadi. O'zbekistondagi har bir viloyatning o'ziga xos boyligi, shaharlari, bag'ri keng odamlari kitobxon ko'z o'ngida bir-bir gavdalanadi. O'zaro suhbat asosiga qurilgan bu she’rda boboning yakuniy nutqi juda salmoqli. To'rt misra she’r bilan tobora gullab-yashnab borayotgan, o'ziga mustaqil bo'lib, o'z taqdirini o'zi bunyod etayotgan diyorimizning husnjamoli, qudrati birbutunligicha ifoda etilgan:O'zbek xalqi azaldan mehnatkash xalq. Ishchanlik bizga otabobolarimizdan meros bo'lib qolgan. Q.Muhammadiyning «Etik», «Buvimning hikoyasi», H.Yoqubovning «Sirdaryo oftobi», Shukur Sa'dullaning «Hovlimizning bolalari»,«Dastyor qiz», «Bog'bon qiz», Ilyos Muslimning «Oyxon va rayhon», «Ishchan asalarilan>, «Sening sovg'ang», Po'lat Mo'minning «Dalalaiga qarasam», «Oftob chiqdi olamga», Qudrat Hikmatning «Bobo va nabira», «Jo'jam, yurma laqillab», Tolib Yoidoshning «Vaqt qadri», Yusuf Shomansuming «Baraka», «Tikuvchi», Tursunboy Adashboyevning «Shanbalik», Rauf Tolibning «Bobo xursand, Nodira xafa», Qambar Otaning «Mehnatdan zavq olaman» she'rlari bevosita mehnat mavzusiga bag'ishlangan.Iste’dodli shoir Qambarota uzoq yillardan beri bolalarni
mehnatsevarlikka chorlab she’rlar yozib keladi. «Mehnatdan zavq olaman»
asari shulardan biri. Asarning lirik qahramoni sog'lom va tetik bola. Buning
asosiy sababi uning mehnatkashligida. Bola ishlashni, ayniqsa, kattalaming
yumushlariga yordam berishni yaxshi ko'radi. Lirik qahramonning mehnati,
orzuxayoli yosh kitobxonning ezgu niyatiga mos tushadi:
Sog'lom, quvnoq bolaman,
Mehnatdan zavq olaman.
Agarda ish qilmasam,
Tez zerikib qolaman.
Kattalarga dastyorman,
Xizmatiga tayyorman.
Mehnat — baxt. 0 ‘sha baxtni qo‘lga kiritish, mehnat unumdorligini oshirish uchun esa eng awalo ilm-fanni puxta o'zlashtirib olish kerak. Q. Muhammadiy «Kichkina michurinchilar» she'rida mehnatning zoe ketmasligini alohida ta' kidlaydi:Mehnat dunyoda buyuk ish. Kimki bu ishning etagini tutsa, u hech qachon kam boimaydi. Bugun ham shoirlarimiz o‘z asarlarida bolalami mehnatkash bo'lishga, mehnat ahdini xurmat qilishga, ulaming peshona terlari evaziga bunyod etilgan narsalami e’zozlashga, asrab-avaylashga da’vatkor she’rlari bilan kitobxon mehrini qozonmoqdalar.Bolalami bog‘cha yoshidan boshlaboq tabiatga muhabbat ruhida taibiyalash muhim ishlaidan biri hisoblanadi. Bolalar ijodkorlari bu masalaga aloxdda e’tibor beradilar. «Kichkina bog‘bon haqida doston», «Suv bilan suhbat», «Yuksak tog‘, keng o‘tloq va mard o'rtoq haqida qissa» (Zafar Diyor); «To‘rt fasl» (Sh. Sa’dulla); «Bizning boqqa kelinglar» (G'.G'ulom); «Boychechak», «G‘uncha» (Uyg‘un); « 0 ‘rik gullaganda» (H. Olimjon); «Yurtimiz tabiati», «Tilla qo‘ng‘iz» (I. Muslim); «Tabiat alifbosi», «Qanotli do'stlar» (Q. Muhammadiy); «Bahor», «Tog‘ manzarasi», «Suv» (Q. Hikmat); «Toshbaqa» (Yu. Shomansur); «Bir cho‘ntak yong'oq» (MA’zam); «Baholar», «Maqtanchoq chumoli» (T. Adashboyev); «Bahor va men»,« Qushcha so‘zi» (R. Tolib); «Kamalak afsonasi» (O. Matjon) va boshqalar shular jumlasidandir. Bular orasida Shukur Sa’dullaning «Kichkina qushcha» asari alohida ajralib turadi. Unda bolalarning qushlarga bo'lgan mehri, g'amxo'riigi misralar qatiga chuqur singdiriladi.Bolalar shoiri Olim Mahkam o'ziga o'zi talabchan qalamkashlardan biri. U o'zining har bir asarini qayta-qayta ishlaydi, tilining sodda, badiiy tomondan mukammal bo'lishiga katta e’tibor beradi. «Kapalak» she’rini olib ko'raylik. To'rt misiadan iborat bu asar naqadar oddiy, naqadar sodda. Ammo juda ta’sirchan. Bu she’rda insonlar u yoqda tursin, hatto, hashoratu qurt-qumursqalar ham tabiatning mudom guldek yashnab turishi tarafdori ekanligi ayon boiadi:Tinchlik va do'stlik! Bu ikki so‘z bir-biriga egizak. Bolalar adabiyotida bu mavzu muhim o‘rinlardan birini egallaydi. G'afur G ‘ulom («Kaptar uchar, g‘oz uchar», «Tinchlik archasi»), Q. Muhammadiy («Urushga yoi bermaymiz»), Sh. Sa'dulla («Tinchlik qushi haqida men o‘qigan she'r»), I.Muslim («Do'stlik»), Q. Hikmat («Tinchlik haqida qo‘shiq»), Shuxrat («Tinchlik allasi», «Do'stlik guli»), Yusuf Shomansur («Orzular bir»), Safar Barnoyev («Biz bolalar») kabi shoirlar kitobxonlami tinchlik va do'stlik ruhida tarbiyalashga barakali hissa qo'shdilar. Quddus Muhammadiyning «Urushga yo'l bermaymiz» sh e'ri bolalarning sevimli asarlaridandir. Unda yetuk insonlarning asosiy maqsadi tinchlik va osoyishtalik ekanligini bolalar ruhiga singdirib, ulami tinchlik uchun kurashga chaqiradi:
Deysan, tanda jonim bor,
Tinchlik uchun kurashay,
Urushga hech yo‘l bermay,
Vatan, xalqim yashnatay.
Quddus Muhammadiy bu bilan chegaralanib qolmay, tinchlik tarafdorlarining yengilmas kuch-qudratini, astoydil harakat qilinsa tinchlik urushni yengishi muqarrar ekanligini shunday ifodalaydi:
Tinchlik bo'lsin hamma yoq.
Buning uchun hamma vaqt,
Kurashar jam bo ‘lib xalq.
Urushga yo ‘l bermaymiz,
Tinchlik yengar, tinchlik haq.
Bolalarning suyukli shoirlaridan biri boigan Qudrat Hikmat «Do'stlar,
bering qo'lga qo'l» she' rida Quddus Muhammadiyning fikrini davom ettirib,
shunday yozadi:
Tinchlik doim saqlanar,
Qasd qilgan majaqlanar.
Do'stlar, bering qo'lga qo'l,
Urushga hech qoymang yo'l»!
Hoziigi zamon o'zbek bolalar adabiyotida tinchlikning asosiy garovi bo'lmish do'stlik mavzusi tobora kengayib bormoqda. Bu mavzuda ayniqsa S. Jabbor, E. Raimov, R. Tolib, A. Obidjon va boshqalar g'oyaviy-badiiy mukammal asarlar yaratmoqdalar.
Bugungi o'zbek bolalar she’riyati haqida gap ketar ekan, maktab hayotini aks ettiradigan asarlar haqida alohida to‘xtalib o‘tish kerak. Hamma narsa o‘qishga, maktabga bog'liq. Maktab mavzusida yozilgan she’rlarda taibiya o'chog'i maktablar, unda qaynayotgan baxtli hayot, bolalarning ilm-fan nurlaridan bahramand bo'lishga intilishdek ijobiy fazilatlari ifodalanadi.
Ilyos Muslimning «Maktabim», «Kitobcham» she'rlari kichik maktab yoshidagi bolalarga mo'ljallangan. «Maktabim»ni o'qigan bolada o'qishga, ilm-fan nurlaridan bahramand bo'lishga intilish yanada o'sadi.
Ona kabi mehribon —
Ilm-fanlarga makon,
Yayrab o'qiyman har on,
Qadrdonim, maktabim!
Senda darslar xilma-xil,

Ongim o ‘sar yilma-yil.


Sevinchlarga to ‘lar dil,
Qadrdonim, maktabim
A ’lo o ‘qishdir burchim,

Sarf etaman bor kuchim.


Ishlayman xalqim uchun,
Qadrdonim maktabim!
Po'lat Mo'minning «Xoh o'qishda, xoh ishda», «Yer chopildi, javob topildi», «Sinfimiz qo'shig'i», «Ustozlar», Rauf Tolibning «Katta tanaffusda», «O'rtog'imiz yo'qoldi», «Uy vazifasi»; Eigash Raimovning «Endi katta boiaman» kabi asarlarida shu kunning nafasi sezilib turadi. Odatda bolalar orzular qanotida yashaydilar. Eigash Raimovning «Endi katta boiaman» she' rida bolaning oizu-niyati nihoyatda buyuk. Tezroq o'sib, ulg'ayib maktab o'quvchisi bo'lish:

Bultur edim oltida,


Yoshitn yetmay qoldida,
Maktabga yozishmadi,
O'qishga olishmadi.
Yillar yurmas ketiga,
Bu yil to ‘Idim yettiga.
Endi katta boiaman,
Men maktabga boraman.
Bugungi kun bolalar she’riyatida harbiy vatanparvarlik mavzusi ham ancha mukammal ishlangan. Urush davri she’riyati tasvir markazida tuigan jangovarlik, fashist bosqinchilariga kuchli nafrat, Vatan himoyasiga chaqiriq, baynalmilal do'stlik g'oyalari so'nggi davr she’riyatida ham asosiy mavzulardan biriga aylandi. Ammo endi davr bilan bog'liq ravishda tasvir uslubining birmuncha o'zgarganini ko'rishimiz mumkin. Jumladan, urush davri she’riyatida lirik qahramonning bevosita jang maydonlaridagi kechinmalari ifodalansa, keyinchalik jang qahramonlarining esdaliklari yoki u haqda boshqalaming taasurotlari, tinchlik uchun kurash g'oyasi, urushning faqat halokatli oqibatlarini ifoda etishi birinchi o'ringa chiqarildi. Bu hoi she’riyatda harbiy vatanparvarlik tuyg'usining, tushunchasining tobora kengayib, yangi-yangi qirralari namoyon bo'layotganligini, davr talabi asosida ijodiy an’ananing davom etayotganini, boyitilayotganini ko'rsatadi. Urushdan keyingi harbiy vatanparvarlik she’riyati uchun xarakterli xususiyatlar urush qahramonlari jasoratining ko'proq ikkinchi shaxs tomonidan hikoya qilinishida ham ko'zga tashlanadi. Urushga munosabatning bu shaklini Uyg'un («Mening akam»), Asqad Muxtor («Tinchlik soldati») kabi keksa avlod vakillaridan tortib, Tursunboy Adashboyev («O'g'limga»), Safar Barnoyev («Dadamning qoilari») singari keyingi avlod qalamkashlari ijodida ham uchratish mumkin.O'zbek bolalar she’riyatining urushdan keyingi davrda yaratilgan namunalari ko'zdan kechirilganda, harbiy vatanparvarlik mavzusiga turlicha yondashilganini ko'rishimiz mumkin. Jumladan, Mavlon Ikrom «Yosh partizan» poemasida qrimlik yosh partizan Viktor Korobkovning jasoratiga oid hujjatlardan foydalansa, Quddus Muhammadiy, Tolib Yo'ldoshlar urush sababchisi bo'lgan fashistlami folklordagi ya’juj-m a’jujlar kabi an’anaviy obrazlar tasviri orqali urushni la’natlaydilar. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Ilyos Muslim va Shuhratlar fashistlaming kirdikorlarini o'sha voqealaming bevosita shohidlari sifatida hayotiy, ta’sirchan gavdalantirsalar, Tursunboy Adashboyev, Qambar Ota, Aziz Abdurazzoq, Shamsi Odil,Rauf Tolib, Qutbi Nosirova va boshqalar ko'proq otalar va bolalarning achchiq xotiralari tarzida qalamga oladilar.Tolib Yoidoshning «Bobom ertak aytsalar» she'ri bevosita urushqatnashchisining nevaralariga jang-jadallar haqidagi ertagi tarzida bitilgan.Bolalarga ertak tuyulgan bu voqealar aslida ertak emas, oddiy jangchining

ko'igan-kechiiganlaridir.«Qilich botir», «Alpomish», «Aldar ko‘sa» dostonlarini jon qulog'I bilan tinglagan bolalarning fashist bosqinchilari to'g'risidagi xikoyadan vujudlari larzaga keladi.Ammo bu an’ana so'nggi yillar yoshlar she’riyatida o'zini oqlamayapti. Anvar Hojining «Men akamni kuzatdim», Habib Rahmatning «Askar ukasi», Fayzi Shohismoilning «Botir askar» she’rlarida akalarini harbiy xizmatga kuzatgan bolalarning ularga havasi; Shamsi Odilning «Ota meros», Rauf Tolibning «Ota izidan» she’rlarida bolalarning sodiqligi to'g'risidagiahdu-paymonlari quruq bayon qilinadi.Ikkinchi jahon urushidan keyin o'tgan davr ichida o'nlab dostonlar, ertak, dostonlar maydonga keldi. Oybekning «Zafar va Zahro», «Bobom», Q.Muhammadiyning «Dunyoda eng kuchli nima?», «Solijon», Shukur Sa'dullaning «Laqma it», «Ikki donishmand», Po'lat M o'minning «O'rinbosarlar», «Eh, rosashirin ekan», «Xolning jiyron velosipedi», «Oltin nay», «Jalil eshitgan ertak», Qudrat Hikmatning «Toshbaqalar hujumi», «Bobo dehqon hangomasi», «Chovkar», «Chirchiq farzandi», Ramz Bobojonning «Cho'pon o'g'li», Safar Barnoyevning «Biz dehqon bolasimiz», «Oltin shahar haqida afsona», «Oltin oshiqlar», Miraziz A' zamning «Aqlli bolalar», «Bedananing buvisi», Tursunboy Adashboyevning «Dovonlar», «Harflaming saiguzashti», Toshpo'lat Hamidning «Asronqulning qo'chqori», Eigash Raimovning «Bir dona yaproq», Rauf Tolibning «Sehigar do'stim bor», «Maqtanchoq», Azim Usmonning «G'aroyib Ajdarho», Kavsar Turdiyevaning «Toshkesaklar mamlakatida» kabilar shular jumlasiga kiradi. Shoir Po'lat Mo‘min «Ko‘ngil istar yaxshilik» asarida bolalar o'rtasidagi do'stlik, birodarlik, o'qituvchi va jonajon maktabga muhabbat, birlik, baynalmilallik masalalarini ilgari suradi. Bolalar hayotida sodir bo'ladigan yutuq va kamchiliklar badiiy bo'yoqlarda, qiziqarli epizodlarda chizib beriladi. Bir so'z bilan aytganda, maktab o'quvchilarining jozibali hayoti zavqshavq bilan tasvirlanadi. Otashnafas kuychi G’afur G’ulom hozirgi o’zbek bolalar adabiyotining yuksalishida muhim o’rin egallaydi. 1918-yilda G’afur G’ulom 8 oylik muallimlar kursiga kirib o’qidi va 1919-yildan boshlab o’qituvchilik ishlari bilan shug’ullana boshladi. Yoshlarni bilim va madaniyat quchog’iga tortishda u astoydil xizmat qildi. U Toshkentdagi «Urfon» nomli maktab qoshidagi boqimsiz bolalar uyida tarbiyachi va mudir bo’lib ishladi.


G’afur G‘ulom (taxallusi; asl nomi G‘ulomov G‘afur) (1903.10.5 - Toshkent - 1966.10.7) - O‘zbekiston xalq shoiri (1963). O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (1943). Toshkent shahrida Qo‘rg‘ontepadagi mahallasidagi eski maktab va madrasada (1916) va «Hayot» maktablarida (1918) o‘qigan. Mustaqil hayot yo‘lini erta boshlab, kosibchilik, tunukasozlik, harf teruvchilik singari turli kasblar bilan mashg‘ul bo‘lgan. O‘qituvchilarni tayyorlash kurslarini tugatib, «Cho‘lpon» (1919), «Hayot» (1924) maktablarida muallim, bolalar uyi (1926), «Urfon» maktabida mudir (1928). «Kambag‘al dehqon» (1928 yildan) va «Sharq haqiqati» gazetalarida (1929 yildan) ma’sul kotib, «Mushtum», «Yer yuzi» jurnallari va «Qizil O‘zbekiston» gazetasida adabiy xodim (1930-1942), O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot institutida katta ilmiy xodim (1943-1966). 30-yillarning boshlaridan shoir, hikoyanavis, dramaturg, tarjimon sifatida ijod etib, «Dinamo», «Yigit», «Egalari egallaganda», «Xitoydan lavhalar» (1931), «Tirik qo‘shiqlar» (1932), «Ko‘kan» (1934), «Sizga» (1935), «Chashma» (1939) she'riy to‘plam va dostonlari, «Jo‘rabo‘za» hikoyalar to‘plami, «Netay» (1932), «Tirilgan murda» (1935), «Yodgor», «Shum bola» (1938) qissalari va «Muxbir sudi» (1929) pesasini nashr etgan. Bundan tashqari, V. Mayakovskiyning «Hayqiriq» (1929), Hodi Toqtoshning «Muhabbat tavbasi» (1931) dostonini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonini nashrga tayyorlagan. G‘afur G‘ulomning ijodiy tadriji 3 davrdan iborat. 30-yillarni o‘z ichiga olgan 1-davrda G‘afur G‘ulom ko‘plab she'r, maqola va ocherklar yozgan. Ularning aksari davrning o‘tkinchi mavzulariga bag‘ishlangan. G‘afur G‘ulom shu davrda yaratgan nasriy asarlarida xalq hayotini, tarixini, turli ijtimoiy qatlamlarga mansub kishilarning ruhiy olami va nutqini mukammal ifoda etgan. G‘afur G‘ulom «Netay» va «Yodgor» qissalarida tasvirlangan ayol qahramon obrazi orqali ma'naviy buzilish sharqona axloq me'yorlarini oyoqosti qilish katta fojiaga olib borishi mumkinligini ko‘rsatgan. «Shum bola» qissasining bosh qahramoni obrazida G‘afur G‘ulom hayotning har qanday murakkab va mashaqqatli sinovlaridan o‘ta biladigan, tegirmondan butun chiqadigan sho‘x va zukko bola obrazini katta mahorat bilan tasvirlagan. Yozuvchi avtobiografik harakterga ega bo‘lgan bu asari bilan o‘zbek adabiyotiga yangi bir tipni olib kirgan. Milliy bo‘yoqlar bilan muzayyan bo‘lgan bu asar ayni paytda umuminsoniy g‘oya va qarashlar bilan yo‘g‘rilgan. Ijodining 2-davri - 2-jahon urushi yillarida G‘afur G‘ulom xalq va mamlakat hayotida kechayotgan fojeaviy voqealarni falsafiy rejada idrok va tasvir etuvchi asarlarni yaratgan («Kuzatish»). Urush yillarida ota-onasiz qolib, O‘zbekistonga ko‘chirib keltirilgan bolalar haqidagi «Sen yetim emassan» she'ri yuksak insonparvarlik g‘oyasi va gumanizmi (ajralib turadi. G‘. G‘ulomning “Sog‘inish” «Qish», «Bizning ko‘chada ham bayram bo‘lajak» singari she'rlarida urush mavzusi o‘zining barcha qirralari bilan aks etgan. G‘. G‘ulomning urushdan keyingi dastlabki oylarda yaratgan «Vaqt» she'ri alohida ahamiyatga ega. G‘. G‘ulom bu she'ri bilan o‘zbek she'riyatidagi falsafiy-intellektual yo‘nalishni yangi bosqichga olib chiqdi. 40-yillarning 2-yarmi-50-yillardan shoir ijodining 3-davri boshlangan. G‘. G‘ulomning shu davrda yaratilgan she'rlaridagi lirik qahramon endi urush jarohatlari malham topgan, tinchlik, do‘stlik singari qadriyatlarning qadriga yetuvchi kishidir. Ana shu lirik qahramonning ruhiy olami kechinmalari G‘. G‘ulom she'rlariga ajib bir yorqinlik bag’ishlagan («Toshkent», Sizga», «Onaxonlarga», «Muharram», «Bir do‘st xotirasi»). Ayni paytda ilk bor «Turksib yo‘llarida» she'rida ko‘zga tashlangan tarix tuyg’usi shu davrda boshqa bir ko‘rinishda, lirik qahramonning g‘urur va surur manbaini ifodalovchi omil sifatida G‘. G‘ulom she'rlariga kirib kelgan («Alisher», «O‘zbek elining g‘ururi»). Shuningdek, shoirning “Yangi she'rlar”, «She'rlar» (1946), «O‘zbek elining g’ururi» (1949), «Sharaf qo‘lyozmasi» (1950), 4 jildli «Tanlangan asarlar» (1956-1959) singari to‘plamlari shu yillarda nashr etilgan. G‘. G‘ulom 50-60-yillarda ko‘proq sho‘ro jamiyatining yetakchi kuchini sharaflovchi, turli bayramlarni olqishlovchi, xalqni paxtadan mo‘l hosil olishga chorlovchi she'rlarni yozishga majbur bo‘lgan. Shunga qaramay, u she'riyatga o‘zbek tilining shirali, rangin va go‘zal qatlamlarini olib kirishga erishgan. G‘. G‘ulom bolalarga bag‘ishlangan talaygina she'rlar ham yozgan («Tongotar qo‘shig’i», 1949; «Bari seniki», 1953; «Turg‘un va o‘rdak», 1955; «Bir g‘uncha ochilgungacha», 1958). U turkiy va forsiy tilda yozilgan sharq she'riyatining bilimdonlaridan va zamonaviy adabiy hayotning faol kuzatuvchilaridan biri sifatida Navoiy, Atoiy, Mashrab, Muqimiy, Muhyi, Furqat, Ajziy Xo‘qandiy, Vasliy, Ayniy, Oybek, G‘ayratiy, H. Olimjon, S.Abdulla singari o‘zbek shoir va yozuvchilari, qardosh xalqlar adabiyotining Nizomiy, Jomiy, Pushkin, Lermontov, Gogol’, Shevchenko, Mayakovskiy, Abay, To‘g‘aloq Mo‘lda, Abdulla To‘qay, Lohutiy va boshqa mashhur namoyandalari to'g‘risida ko‘plab adabiy-tanqidiy maqolalar yozgan. Shuningdek, G‘. G‘ulom «Kulgichilik to‘g‘risida», «Yumor va satira». «Fol’klorni o‘rganaylik» singari maqolalar ham yozib, hajviy adabiyotning janr xususiyatlariga doir qarashlarini o‘rtaga tashlagan, o‘zbek xalqining boy og‘zaki ijodini o‘rganish masalalariga jamoatchilik e'tiborini qaratgan. G‘. G‘ulomning adabiy merosida badiiy tarjima katta o‘rin tutadi. U yuqorida tilga olingan tarjima asarlaridan tashqari, U. Shekspirning «Otello», «Qirol Lir» tragediyalari, O‘rdubodiyning «Besh so‘mlik kelin», N. Hikmatning «Bir sevgi afsonasi» pyesalari, M. Kozimiyning «Qo‘rqinchli Tehron» romani, shuningdek, Pushkin, Lermontov, Nekrasov va T. Shevchenko asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 2003-yil G’. G’ulom tug’ilgan kunining 100 yilligi keng nishonlandi, shoir tavalludining 100 yilligi munosabati bilan shu yilning 10-mayida Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi madaniyat va istirohat bog‘iga G’afur G’ulom nomi berildi va ushbu bog‘da shoir haykali ornatildi, haykaltarosh J. Mirtojiyev). Toshkentdagi metro bekatlaridan biri, nashriyot-matbaa ijodiy uyi, Qo‘qon adabiyot muzeyi, Guliston davlat unstituti G‘. G‘ulom nomi bilan ataladi. «Shum bola», «Netay», «Mening o‘g‘rigina bolam», «Afandi o‘lmaydigan bo‘ldi» asarlari asosida teatr spektakllari kinofilmlar yaratilgan. Shoir vafotidan so‘ng «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2000). Nafaqat bolalarning, balki kattalarning ham sevimli ijodkori, XX asr o‘zbek bolalar adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Quddus Muhammadiy asli qishloq xo‘jaligi sohasi bilimdoni bo‘lgan.
Quddus Muhammadiy o‘rta maktabni tamomlagach, qishloq xo‘jaligi bilim yurtida, sal o‘tib O‘rta Osiyo Davlat universitetining biologiya fakultetida tahsil olgan.Ijodga, ayniqsa, bolalarga bo‘lgan mehri uni shoir qildi, desak ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Quddus Muhammadiyning ilk asarlari “Sharq haqiqati” gazetasi va “Yer yuzi” jurnalida chop etilgan. Keyinchalik uning “Sandal va pechka”, “O‘z-o‘zini tanqid” kabi mashhur dostonlari yaratildi.Quddus Muhammadiy 1941 – 1944 yillarda taniqli baxshi – Islom shoirga kotiblik qilib, uning terma va dostonlarini yozib olish bilan mashg‘ul bo‘ldi.Urushdan keyingi yillarda esa uning birinchi she’riy to‘plami “Sinov” (1947) nomi bilan nashr etildi. Shundan so‘ng “O‘quvchiga esdalik” (1947), “She’r va ertaklar” (1947), “Orzu” (1948), “Bahor keldi” (1950), “Dunyoda eng kuchli nima?” (1951), “Qirq o‘g‘il va qiz” (1951), “Bizning do‘stlarimiz” (1952), “Sen tug‘ilgan kun” (1952), “Yangi uy” (1953), “Mehribon do‘stlar” (1953), “Qo‘ng‘izboy bilan sichqonboy” (1955), “Tugmacha” (1956), “Tanlangan asarlar” (1957) kabi o‘ttizdan ortiq kitoblari bosilib chiqdi.Fidoiy shoir faqat bolalar shoirigina emas, bolalar adabiyotining jonkuyari va targ‘ibotchisi sifatida ham o‘nlab maqolalar yozdi. Uning “Bolalar adabiyotining yanada ravnaqi uchun” (1961), “Bolalar adabiyotini o‘rganaylik” (1963), “Ilhom bilan” (1967) kabi maqolalari shular jumlasidandir.Quddus Muhammadiy tarjima sohasida ham o‘zini sinab ko‘rdi. Uning jahonning mashhur adiblari S. Marshak, S. Mixalkov, A. Barto, K.Chukovskiy asarlaridan qilgan tarjimalari o‘zbek bolalar adabiyoti uchun katta ahamiyatga ega badiiy tarjima namunalaridan bo‘lib qoldi.Quddus Muhammadiy sofdil, a’lochi o‘quvchilarni samimiy sevadi, o‘z she’rlarida bunday bolalarni maqtaydi. “A’lochi Sodiq”, “Sinov”, “Mening orzuyim”, “Bizning uyda”, “Yasha, Omon”, “Besh”, “Solijonning darsxonasi” va boshqa she’rlari shunday o‘quvchilar haqida yaratilganligi bilan muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.Shoirning to‘rt kitobdan iborat “Tabiat alifbosi” kitobi o‘z vaqtida mashhur bo‘lib ketdi. Tez orda “Ochil dasturxon” (1970) kabi xalq og‘zaki ijodi an’analari ruhidagi asarlari ham shuhrat topti va adibga cheksiz sharaf keltirdi. Uning “Qanotli do‘stlar” nomli she’riy kitobi 1970 yilda Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. U 1977 yili O‘zbekiston xalq shoiri unvoni bilan taqdirlandi.Bolalarning buyuk va kamtarin shoiri Quddus Muhammadiy 1997 yil 22 iyunda Toshkent shahrida vafot etdi.
Zamonaviy o‘zbek bolalar adabiyotida she’riyat rivojlangani kabi nasrda ham salmoqli asarlar yuzaga keldi. Yozuvchilaming yangidan-yangi avlodlari kamol topdi. Ayniqsa, hikoyachilik o‘sdi. Bolalarning yoshi, qiziqishi, dunyoqarashiga to‘la javob bera oladigan hikoyalar bunyod etildi. Hakim Nazir, Yoqubjon Shukurov, Shukur Sa’dulla, Nosir Fozilov, Xudoyberdi To‘xtaboyev, Tuig‘unboy G'oipov, Rahmat Azizxo'jayev, Latif Mahmudov, Farhod Musajon, Sobir Yunusov, Oqiljon Xusanov, Mahmud Murodov, Nodir Nazarov, Eigash Raimov, Safar Bamoyev, Abdusaid Ko‘chimov, Rauf Tolib, Anvar Obidjon va boshqalaming kichik maktab yoshidagi bolalaiga mo'ljallangan o‘nlab hikoyalar to'plamlari bosilib chikdi.Juda ko'p hikoyalarda kichkintoylarning hayotlari o‘z ifodasini
topmoqda. Shodmonbek Otaboyevning «Itolg'i» hikoyasi qush, qurtqumursqalarni sevish, ardoqlashga qaratilgan. Itolg'i chumchuq va chug‘urchuqlami tutib olib yeydigan qush. Shukurali aka itolgini jiyani Shavkatga sovg'a qiladi. Shavkat uzum qo‘riqlashda undan foydalanmoqchi edi. Ammo qush ularnikida o'zini erkin sezmaydi. Buning sababini surishtirganda Shavkatning otasi bu ozod va erkinlikni qo‘msayotganligini tushuntiradi. Shavkat qushlami yaxshi ko‘radigan, maxluq rahmdil bola. U itolgini qafasda uch kun zo‘rg‘a ushlab turadi. Qafasda qush emas, o‘zi o‘tiigandek boiadi va itolgini qafasdan butunlay chiqarib yuboradi. Qush bolaga rahmat, degandek paivoz qilib ketadi. Bolalar qissachiligida ham ko‘plab yaxshi asarlar yaratildi, adiblaming yangi-yangi avlodlari kamol topdi. Oybek, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhordan tortib bugungi kunga qadar hisoblaydigan boisak, ulaming soni nihoyatda o‘sdi. Bunga misol qilib Hakim Nazir, Shukur Sa’dulla, Xudoyberdi To‘xtaboyev, Hojiakbar Shayxov, Anvar Obidjon, Latif
Mahmudov, Nosir Fozilov, Farhod Musajon, Habib Poiatov, Muqimjon Niyozov, Rustam Rahmonov, Iboxon, Shukur Xolmirzayev, Oqiljon Xusanov, Marva Jaloliddinova, Asad Dilmurod, Abdusaid Ko‘chimov, Eigash Raimov, Mamatqul Hazratqulov va boshqalami ko'rsatish mumkin.Bu davr bolalar qissachiligida saiguzasht, ilmiy fantastika janriari ham rivoj topdi. Xudoyberdi To'xtaboyev («Sariq devni minib», «Qasoskoming oltin boshi», «Shirin qovunlar mamlakatida»), Xojiakbar Shayxov («Samo mahvaridagi namoyish», «Shorn kamari», «Ajdodlar xotirasi»), Mahkam Mahmudov («Evropaning o‘g‘irlanishi»), Anvar Obidjon («0099 nomerli yolg‘onchi», «Dahshatli meshpolvon»), Olloyor («Fazogir chumoli»), Oqiljon Xusanov(«Tog'da o'sgan bola») va boshqalar bu jarnda samaraii ijod qilmoqdalar. Bolalar tarbiyasida dramatuigiya janrida yaratilgan asarlar ham katta rol o'ynaydi. Hakim Nazir, Adham Rahmat, Po'lat Mo'min, Mamarasul Boboyev, Usmon Yusupov, Turg'unboy G'oyibov, Narimon Orifjonov, Latif Mahmudov, Farhod Musajon, Ravshan Yoriyevlarning pesalari o'ziningbolalarbopligi bilan kichkintoylar quvonchiga quvonch qo'shib kelmoqda So'nggi yillar bolalar dramatuigiyasida Ravshan Yoriyevning «Oq buloq» (bir pardali) pesasi alohida ajralib turadi.

Yüklə 494,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin