O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti o’zbek adabiyoti kafedrasi



Yüklə 494,64 Kb.
səhifə8/65
tarix07.09.2023
ölçüsü494,64 Kb.
#141951
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   65
O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti o’zbek adabiyoti kafedrasi-fayllar.org

Hamza Hakimzoda Niyoziy 1889-yilda Qo’qon shahrida tabib oilasida tavallud topdi. Uning pedagoglik faoliyati 1911-yildan boshlanadi. U dastlab Qo’qon shahrining Xojibek guzarida kambag’allarning farzandlari va etim-esir bolalar uchun maktab ochdi. Hamza 1915-yilda Marg’ilonga borib, kambag’al bolalari uchun maktab ochadi. 1918-yilda esa Farg’onaga borib o’qituvchilikni davom ettiradi va u erdagi yosh san’atkor – ixlosmandlarni to’plab, «Sayyor dram truppa» tashkil qiladi. 1919-yilning boshlarida Hamza Qo’qondagi 1-boqimsiz bolalar uyiga mudir kilib tayinlanadi. Bu erda u uch sinfli maktab ochib, o’zi o’qituvchilik qiladi. 1922-24 yillarda shoir Qoraqalpog’istonning Xo’jayli rayonidagi 1-bolalar uyi mudiri va o’qituvchisi bo’lib ishlaydi. 1925-yilda esa u Farg’onaning Avval kishlogiga o’qituvchi qilib tayinlanadi. SHoir 1928-29-yillarda SHoximardonga borib o’qituvchilik qiladi.Hamzaning tarbiyachilik faoliyatini uning shu mavzuda yozgan asarlari yanada to’ldiradi. Uning tarbiyaviy mavzuda yaratgan «Ilm ista», «Maktab», «Kitob», «O’qi», «Qalam», «Hikoya», «To’g’ri so’z bola», «Hikoyat», «Toshbaqa bilan CHayon», «Bolaning yomon bo’lmog’iga sabab bo’lgan onaning jazosi» kabi she’rlari xarakterlidir. Bu asarlar shoirning 1914-yilgacha bo’lgan ijodidan namuna sifatida tahsinga loyiqdir.Hamza birinchi sinf o’quvchilari uchun «Yengil adabiyot», 2-sinf uchun «Axloq hikoyalari» o’qish kitoblarini tuzadi. «O’qish kitobi» Hamzaning ikkinchi darsligidir. Unda to’qqizta dars bo’lib, ularning har biri axloqiy masalaga bagishlangan.

Hamza 1925-yilda ikkinchi sinf uchun «Qiroat kitobi» darsligini yozdi. Bu kitob g’oyaviy mavzui jihatidan A.Navoiyning «Hayrat ul-abror» asariga yaqin turadi. Mashhur tarbiyachi, atoqli shoir, dramaturg va bastakor Hamza Hakimzoda Niyoziy mehnatkash xalqni, shuningdek, yosh avlodni o’qitish, ma’rifatli qilish, tarbiyalash ishiga o’zining butun iqtidorini, umrini bag’ishladi.


Aqliy hujum uchun savollar.
1. Hamzaning hayoti va faoliyati haqida ma’lumot bering?
2. Hamzaning yaratgan darsliklari haqida gapiring?
3. Adibning ikkinchi sinf uchun «Qiroat kitobi» darsligi qachon yozilgan?
4. A.Avloniy qachon va qaerda tug’ilgan?
5. Yozuvchi o’qituvchilik faoliyatini nechanchi yildan boshladi?
6. A.Avloniyning yozgan she’rlari haqida gapiring.

Yüklə 494,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin