O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti o’zbek adabiyoti kafedrasi


-topshiriq: Tarjimon mahoratiga baho bering. (Asarlar tahlili misolida )



Yüklə 494,64 Kb.
səhifə34/65
tarix07.09.2023
ölçüsü494,64 Kb.
#141951
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   65
O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti o’zbek adabiyoti kafedrasi-fayllar.org

3-topshiriq: Tarjimon mahoratiga baho bering. (Asarlar tahlili misolida )
Manba :Tursunboy Adashboyev tarjima sohasida ham samarali fqaoliyat yuritib, Temirqul Umetaliyevning “To‘rg‘ay navosi” (1969), Suyunboy Eraliyevning “Tog‘lar farzandiman” (1972), Sovronboy Jusuyevning “Dovon” (1974), “Qanot bilan Zarina” (2004), Musa Jong‘oziyevning “Quvonchbekning quvonchi” (1983), Qanibek Junushevning “Do‘ppili to‘rg‘ay” (1988), Nurmo‘ldaning “Zamona” (1998), Nodirbek Alimbekovning “Bir kam dunyo” (1998), “Gulning umri” (1994), Samuil Marshakning “Tentak ovchi” (2006), Korney Chukovskiyning “Do‘xtir Voyjonim” (2006), “Moydadir ‒ yuvin do‘mbog‘im”, Jovani Rabonining “Mushuk Kotangensning arifmetika daftari” (1977), V. Pyuzoning “Cho‘qintirgan ota yoki Mafiya sardori” (roman, 2006), S. Arapovaning “Merri inglizchani o‘rganadi” (1996), V. Kulikovning to‘rt kitobdan iborat rasmli she’riy to‘plamlari (2006) va boshqa asarlarni o‘zbek tiliga o‘girib, chop ettirgan .
4-topshiriq : Tursunboy Adashboyevning she’riy asarlari bilan tanishib chiqib,mavzu jihatidan turkumlarga ajrating. Shoir ijodidagi yetakchi mavzu va g’oyani aniqlang.

Qo’shimcha manba : Tursunboy Adashboev ijodida Vatan va tabiat mushtarak tushunchalar sifatida talqin qilinadi. Asarlarining lirik qahramoni Vatanni tabiatdan, tabiatni Vatandan ayri tushunmaydi. U Vatan haqida so’z ochadimi, tabiat haqida fikrlaydimi – quruq ta’rifu tavsifdan qochadi. Aksincha, biror manzara-holat tufayli o’zida tug’ilgan hayrat tuyg’usi bilan o’rtoqlashadi.Tuxum bosib yotgan to’rg’ayning shuvoq bilan sirlashishiyu qora qo’ng’izning soqqa yasashi, yumronqoziqning hadiksirab, alanglab yurishiyu sug’urning archa ostida tasbeh o’girib o’tirishi, chigirtkaning qamishdan nay yasashiyu so’naning biyaga dutor chertishi – dala-dashtdagi tabiat manzarasining undagi jonzotlar misolida badiiy obrazli suvratlantirilishi kichik kitobxon qalbida yorqin hislar tug’diradi, tasavvurini, ongu shuurini ona tabiat ko’rinishlariga bog’laydi. Katta yoshli kitobxon esa o’sha manzara-holatlarni necha martalab ko’rgan, kuzatgan, guvohi bo’lgan esa-da o’z e’tiborsizligidan hayratga tushadi. Lirik qahramonning sinchkov nigohi, tabiatga iliq munosabati unga ham ko’chadi.Shunisi muhimki, o’sha tabiat, o’sha yurt – uning Vatani. O’quvchida mana shunday kayfiyat tug’dirish undagi Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg’ulariga jon bag’ishlaydi.«Uyimiz sovuq edi, – deb yozadi shoira Kavsar Turdieva. – Hali «dom» isitila boshlamagandi. Kichik o’g’lim esa deraza oynasiga bo’yoqlari bilan qip-qizil quyoshning rasmini chizibdi. Nimagadir Tursunboy Adashboevning «Jo’nataman quyoshni» she’ri esimga tushdi. «Jo’nataman quyoshni, men kelgusi xatimda», deb yakunlangan she’rida Tursunboy akaning ijodiga xos bo’lgan psixologizmlar va milliy ruh bo’rtib ko’rinadi.Bolalar yozuvchisining mahorati – bu faqatgina dunyoni bolalar ko’zi bilan ko’rish va idrok etishgina emas, balki bu idrokni keng o’quvchilar ommasiga ana shu tarzda namoyon qilishdir».T.Adashboevning badiiy mahorati ham aynan dunyoni bolalar ko’zi bilan ko’rishi, idrok etishi va uni o’quvchiga shu tarzda yetkazishi bilan belgilanadi. Bog’bonlarning dov-daraxtlarning soch-soqolini qiyishi, oqlangan daraxtlarning oppoq paypoq kiyishi («Hasharda»), bahorning qishni burnidan tarnovga osib qo’yishi («Sumalak»), chaqmoqning ko’kda yong’oq chaqishi («Bahor kelgach»), Asqar tog’dan tushayotgan suvning qoyalarda yanchilishi, qarag’ayning ko’kka sanchilishi, qorli cho’qqining qirg’iz tumog’iga o’xshatilishi («Sarichelak»), ayiqning piymasini ivitishiyu quyonning oq tivitdan o’ziga po’stin tikishi, yashil taroq archalarning shamolning sochlarini tarashiyu oq yaktakli qayinlarning zarbaldoq taqishi («Qish») aslida bolalarcha tasavvur va idrok mahsulidir.T.Adashboev she’rlarining qahramonlari «sapchib oqqan suv bilan kim o’zarga yugurgan», xolasiga yordam uchun «nonini botirib, qotirib qaymoq yegan», «tog’dan ko’tarilgan quyoshni onasi yopgan patirga» o’xshatgan, buvisining ajinlariga qarab «dazmol bosib olsangiz tekis bo’lib ketardi», deb maslahat beradigan, kun bo’yi bog’dagi sirpanchiqda «vagon» bo’lib uchishgach, «oqshom uyga shimining orti suzilib» qaytadigan quvnoq, topqir, xayolkash, mehnatkash, zavqiyu ishtahasi tobida bo’lgan bolalar.

Yüklə 494,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin