II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi “O`zbek bolalar adabiyoti” fanini o‘qitishdan maqsad –bolalar adabiyotining tarixiy taraqqiyotini, sodir boʼlgan va boʼlayotgan adabiy jarayonlarni, bolalar adabiyoti namoyandalarining hayoti va ijodini oʼrganish.
“O`zbek bolalar adabiyoti” fanining vazifalari: – talabalarda bolalar adabiyotining qadimgi davridan to bugungi kunga qadar boʼlgan taraqqiyot bosqichlari va tamoyillari haqida tasavvur hosil qilish;
- bolalar adabiyotining badiiy mukammal namunalari bilan tanishtirish, ularning janr xususiyatlari va badiiyati, yozuvchining uslubini tadqiq etish koʼnikmasini shakllantirish;
-o`zbek va jahon bolalar folklori namunalarini o`rganish;
-o`bek bolalar adabiyotining rivojlanishida jahon bolalar adabiyoti namoyandalarining o`rni katta ekanligini asarlar tahlilida ko`rib chiqish
“O`zbek bolalar adabiyoti” fani bo‘yicha talabalaming bilim, ko‘nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar : - bolalar adabiyotining manbaviy asoslari haqida bilimga;
- bolalar adabiyotida sodir boʼlgan jarayonlar, ijodiy metod va usullarning oʼziga xos jihatlarini ajrata bilish;
- bolalar adabiyoti namunalarini badiiy tahlil eta bilish, ularda koʼtarilgan gʼoyalarni va ilgari surilgan fikrlarni toʼgʼri baholay olish;
- globallashuv jarayoni va yuksak texnologiyalar asrida jahon adabiyotida sodir boʼlayotgan oʼzgarishlar, ularning millat adabiyotiga taʼsiri haqida oʼzining tahliliy, tanqidiy mulohazalarini bayon eta bilish malakasiga ega bo‘lishi lozim.
Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar: ”O`zbek bolalar adabiyoti ” fani bo’yicha dasturda ko‘rsatilgan mavzular ma'ruza, amaliy mashg‘ulot, seminar mashg‘ulotlari shaklida olib boriladi. Fanning dolzarb masalalari talabalarga mustaqil ta'lim sifatida o‘zlashtirish uchun beriladi. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma'ruza matnlari, tarqatma materiallar, texnik vositalardan foydalaniladi. Fanni o‘qitishda ta’lim tizimiga kirib kelayotgan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash maqsadga muvofiq. Xususan, “Bumerang”, “Fikrlar hujumi”, “Tarozi”, “Slayd-shou”, “Qanday?”, “FSMU” singari pedagogik texnologiyalarni, “Munozarali dars”, “Debat” kabi metodlarni qo‘llash dars samaradorligini oshiradi.