“О„zbek tili va adabiyotini о„qitish metodikasi” kafedrasi zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/98
tarix13.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#143218
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   98
mirzayeva z metodika

to„qimalilikni 
badiiy asarni boshqa turdagi asarlardan (masalan, ilmiy yoki 
publitsistik asarlardan) farqlovchi 
asosiy mezon
sifatida keltiradi. Demak, badiiy 
asarda tasvirlangan voqelik muallifning tasavvuri mahsuli o‗laroq reallikka da‘vo 
qilmaydi.
30
Qarang: Baldik C. The Concise Oxford Dictionary of Literary Terms. 2
nd
ed. — Oxford: Oxford 
University Press, 2011. 
31
Qarang: Childs P. and Fowler R. The Routledge Dictionary of Literary Terms. — London: 
Routledge, 2006. 


N. Brodskiy va boshqalar tahriri ostidagi adabiyotshunoslik atamalari izohli 
lug‗ati
32
badiiy adabiyotning quyidagi 
xususiyatlarini
keltiradi: 
- badiiy adabiyotdagi voqelik real hayotdagi voqelikning aynan takrori emas; 
- badiiy adabiyotdagi voqelik betakror – o ‗quvchi asarni har safar o‗qiganda bu 
voqelikni boshqacha qabul qiladi; 
- badiiy adabiyotdagi voqelik real hayotdagi voqelikdan ihota qilingan; 
- real voqelik inson tafakkuridan tashqarida ham mavjud, badiiy adabiyotdagi voqelik 
esa faqat inson tafakkurida mavjud bo‗ladi; 
- badiiy adabiyotdagi voqelikni yaratgan muallif ma‘lum bir maqsadni ko‗zlagan 
bo‗ladi. 
Masalan, Abdulla Qodiriyning ―O‗tkan kunlar‖ romani misolida badiiy asarning 
yuqorida keltirilgan xususiyatlarini tahlil qilishimiz mumkin: 
- asar ma‘lum bir real tarixiy zamon va makon haqida (Rossiya istilosi arafasida 
Qo‗qon xonligi) haqida bo‗lsa-da, unda tasvirlangan voqealar tarixiy voqealarning 
ayni bayoni emas, hatto Toshkent qamali, qipchoq-qorachopon mojarosi, 
Musulmonqulning o‗limi singari tarixiy voqealar bayonida ham badiiy to‗qima 
ustunlik qiladi; 
- kitobxon asarni har safar qayta o‗qiganida romandagi voqealarni boshqacha 
tasavvur qiladi, voqealarga va qahramonlarga munosabati qaysidir ma‘noda o‗zgaradi 
– aks holda asarga qayta murojaat qilmasdi
- asarda tasvirlangan davlat (Qo‗qon xonligi) siyosiy xaritada hozir mavjud emas, 
zamon ham, makon o‗zgargan, lekin kitobxon har safar asarga murojaat qilganda 
o‗zini o‗sha davrga, o‗sha joylarga, o‗sha odamlar orasiga tushganday his qiladi; 
- Qo‗qon xonligi degan davlat, Musulmonqul, Xudoyorxon singari tarixiy shaxslar 
tarixda mavjud bo‗lgan, lekin aynan Qodiriy tasvirlagan zamon, makon, shaxslarni 
kitobxon faqat asarni o‗qisagina idrok qiladi va bir kitobxon ularni har xil idrok qiladi 
32
Qarang: В. И. Язвиsкий., М. Столяров., К. Локс. Литературная энsиклопедия: Словар 
литературных терминов: В 2-х т. / Под редакsией Н. Бродского, А. Лавреsкого, Э. Лунина, В. 
Львова-Рогачевского, М. Розанова, В. Чешихина-Ветринского. — М.; Л.: Изд-во Л. Д. 
Френкель, 1925.


– romanni o‗qigan har bir kitobxonning o‗zining Marg‗iloni, Toshkandi, Otabegi, 
Kumushi, Musulmonquli bor; 
- Qodiriy romanni yozayotganida uning maqsadi faqat voqealar, makon va zamonni 
tasvirlash bo‗lmagan, u o‗zi yashagan davr talablari, o‗zining shaxsiy qarashlaridan 
kelib chiqib ma‘lum bir maqsadni ko‗zlagan va asardagi barcha vositalarni shu 
maqsad sari yo‗naltirgan.
Adabiyotshunoslikda 

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin