ASARLARNI JANRI VA OBRAZLAR TIZIMIGA KO„RA O„RGANISH
Reja:
1. Faol o„qish modeli va uning turli janrlardagi asarlar bilan qo„llanilishi.
2. Lirik asarlar bilan ishlashning o„ziga xos xususiyatlari.
3. O„quvchilarni Navoiy asarlarini tushunishga tayyorlash strategiyalari
Faol o„qish modeli
xorijda adabiyot darslarida keng qo‗llanilaniladigan
usullardan biri bo‗lib, o‗quvchini
turli janrlarga
mansub badiiy asar olamiga olib
kirishga, o‗quvchining asarni chuqurroq tushunishiga yordam beradi.
Faol o‗qish modeli quyidagi strategiyalarni o‗z ichiga oladi:
-
Bashorat qilish
: bunda o‗quvchi muallif, davr va mavzu haqida bilganlaridan kelib
chiqqan holda asar (yoki o‗qilayotgan parcha) nima haqida bo‗lishi
mumkinligini
bashorat qiladi. Asarni (parchani) o‗qish davomida esa o‗zining bashoratlari qay
darajada to‗g‗ri yoki noto‗g‗ri ekanligini kuzatib boradi. Bu strategiya o‗quvchida
asarni o‗qishga ishtiyoqni (motivasiya)
oshirish, shu bilan birga,
mavjud bilimlarni
(sxemalarni) faollashtirish imkonini beradi.
-
Savol berish
: bunda o‗quvchi o‗ziga-o‗zi ―nima bo‗lyapti?‖, ―nimaga shunday
bo‗lyapti?‖, ―bu nima degani?‖, ―bu muhim ma‘lumotmi?‖
singari savollarni berib
boradi va asarni qay darajada tushunayotganligini monitoring qilib (tekshirib) boradi.
Bu strategiya o‗qishning interfaolligini ta‘minlaydi va o‗quvchiga o‗qilayotgan
asardan ma‘no yaratishga yordam beradi.
-
Aniqlashtirish
: bunda o‗quvchi asarni o‗qish davomida tushunmagan joylarini
qayta o‗qib, o‗zi uchun mavhum bo‗lgan jihatlarini oydinlashtirib oladi.
-
Tasavvur qilish
: bunda o‗quvchi qahramonlarni, joyni,
voqeani xayolan tasavvur
qiladi. Bu strategiya o‗quvchini muhim detallarga e‘tibor qaratishga undaydi va
kerakli ma‘lumotlarni yaxshiroq eslab qolishga yordam beradi.
-
Bog„lash
: bunda o‗quvchi asarda tasvirlangan qahramonlar, voqea-hodisalar, joylar,
kechinmalarni o‗z hayotiy tajribasi yoki o‗qigan boshqa asarlari bilan solishtiradi.
―Sxemalar nazariyasi‖dagi ―yangi bilimlar mavjud
sxemalarga mos tushganda
samaraliroq o‗zlashtiriladi‖ tamoyili asosida bu strategiya o‗qilayotgan asarni
yaxshiroq tushunish imkonini beradi.
-
Dostları ilə paylaş: