- Shlyapangni yechmaysanmi? Soching ho‗l ekan, - dedi.
XULOSA YASASH:
Qizcha Rozemarining uyida o„zini qanday tutayotganligini ko„rsatadigan
so„zlarning tagiga chizing. Bundan nima xulosaga kelish mumkin?
- Xo‗p bo‗ladi, xonim.
Shlyapa yechildi.
- Kel, paltongni ham yechamiz.
Qiz o‗rnidan turdi. Bir qo‗li bilan stuldan ushlab paltosini Rozemariga yechtirdi.
Paltosi judayam og‗ir edi. U boladay ikkilanib qoldi. Agar odamlar bir-birlariga
yordamlashishni xohlasalar, ozroq bo‗lsada bir-birlarini hurmat qilishlari kerak,
bo‗lmasa juda qiyin bo‗ladi, deb o‗yladi. Endi paltoni nima qilsa ekan? Paltoni ham,
shlyapani ham yerga tashladi. Rozemari sigareta tutatmoqchi bo‗lib turganda qiz
to‗satdan:
- Kechirasiz, xonim, hech narsa yeganim yo‗q, holdan ketayapman, uyga keta
qolay, - deb qoldi.
- Hozir, bir pas kutgin, - deya Rozemari qo‗ng‗iroqni chaldi. - Choy, tezroq
choy keltiringlar, ozroq brendi ham.
Xizmatkor kirib chiqar, qiz esa yig‗lamsirab:
- Brendi ichmayman, faqat choy ichaman, xonim, - derdi.
Uning bu holati ayanchli edi. Rozemarining unga rahmi keldi.
- Yig‗lama, jonginam, yig‗lama, - deya ro‗molchasini uzatdi. U boshqa hech
nima deya olmadi. Ozg‗in yelkasidan quchib bag‗riga bosdi. Qiz uyalib o‗tirmadi.
Ikkalasi ayol ekanligidan tashqari hamma narsani unutdi va xo‗rsinib:
- Endi bunday yashay olmayman, chiday olmayman. Bu turishda o‗zimni bir
narsa qilib qo‗yaman, - deya hayotidan noliy boshladi.
Dostları ilə paylaş: