Ular xonadan chiqishdi.
- Menga qara, tushuntirsang-chi bundoq. Kim u o‗zi?
INFERENSIYA:
Filippning qizni ko „rgandagi reaksiyasini tasvirlaydiga so „zlarning tagiga
chizing. Bundan Filipp haqida qanday xulosa chiqarish mumkin?
Rozemari kuldi, eshikka suyanib javob berdi:
- Keson ko‗chasidan topib oldim. Haqiqiy topilma. Choy-chaqa so‗radi. Men esa
uyga olib keldim.
- Endi u bilan nima qilmoqchisan? - jahli chiqdi Filippning.
- Unga yaxshi muomalada bo‗l, - dedi birdan Rozemari, - ahvoli qiyin hozir.
- Azizim, - dedi Filipp, - bilasanmi, sen aqldan ozibsan. Bu umuman mumkin
emas.
- Bilardim shunday deyishingni, - e‘tiroz bildirdi Rozemari. - U bugun qoladi.
- Lekin bilasanmi... - dedi Filipp sekingina va sigaretasini tishlab: - Istarasi
issiqqina ekan, chiroyli, menga yoqdi.
- Chiroyli? - Rozemari kutilmagan gapdan lol qoldi. - Sen shunday deb
o‗ylaysanmi? E‘tibor bermapman.
- Nahotki, - dedi er gugurtni chaqib, - U judayam yoqimli, bir qaragin, azizim.
Xonaga kirganda o‗zimni yo‗qotib qo‗ydim... Nima bo‗lgandayam xato qilayapsan.
Qo‗pollik qilgan bo‗lsam kechirasan.
Dostları ilə paylaş: