“О„zbek tili va adabiyotini о„qitish metodikasi” kafedrasi zulxumor Mirzayeva, Komil Jalilov



Yüklə 1,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/98
tarix13.09.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#143218
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   98
mirzayeva z metodika

BASHORAT QILISH: 
Bundan keyin nima bo„ladi deb o„ylaysiz? 
- Ahmoq qiz, - dedi Rozemari jahli chiqib. U kutubxonadan chiqib ketdi, lekin 
qizning oldiga bormadi. Xonasiga kirib stolga yaqinlashdi: «Chiroyli, yoqimli. 
Nahotki shunday bo‗lsa». Chek daftarchasini oldi. Yo‗q, chek yordam bermaydi. 


Tortmani ochib 5 funt pul oldi. Ikkitasini tashladi, uchtasini qo‗lida siqib turdi va 
qizning oldiga ketdi. Qaytib kelganda Filipp xonada o‗tirardi. 
SAVOL BERISH: 
Rozemari nega bunday qilyapti? 
- Aytgancha, Filipp, haligi miss Smit biz bilan ovqatlanmaydi, - dedi u tutilib. 
Filipp gazetadan boshini ko‗tardi. 
- Nima bo‗ldi? 
Rozemari uning tizzasiga o‗tirdi. 
- Ketaman deb turib oldi. Ozroq pul berdim, - dedi jilmayib va o‗rnidan 
qo‗zg‗aldi. 
Sochini qaytadan taradi, ko‗zlarini bo‗yadi, taqinchoqlarini taqib yana Filippga 
yaqinlashdi-da, 
INFERENSIYA: 
Nega Rozemari Filippning oldiga borishdan oldin o„ziga oro berdi? 
- Men-chi, men yoqamanmi? - deb so‗radi sekingina. 
- Judayam, azizim, - deb uni o‗ziga yanada yaqinroq tortdi eri. Biroz jim 
turishdi. Rozemari yalindi: 
- Bugun chiroyli quticha ko‗rdim. 28 giney ekan. Maylimi olsam? 
- Ola qol, azizim. 
Lekin eri Rozemari kutgan so‗zni aytmadi. 
- Filipp, - pichirladi u va erining bag‗riga battar suqildi:
- Men-chi, men chiroylimanmi? 
O„roq Ravshanov tarjimasi 
 
 


 
 
 
BAHO BERISH:
To„ldirgan jadvalingizni yana bir marta ko „zdan kechiring. Rozemarining 
qizga g„amxo„rlik qilish ahdiga nima bo„ldi? Nima uchun? Rozemariga qanday 
baho berasiz? 

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin