Chaqqonlikni rivojlantirish.Chaqqon harakat qilish, harakat vazifalarini tez va to‘g‘ri yecha olish uchun kuchli, tezkor, chidamli bo‘lish va mustahkam irodali bo‘lish kerak. Kuchlilik, tezkorlik va boshqa fazilatlarsiz, harakatlarda chaqqonlik bo‘lishi mumkin emas. Harakat yoki faoliyat qanchalik notanish, qanchalik murakkab bo‘lsa, qanchalik tez chaqqonlik ko‘rsatish kerak bo‘lsa, chaqqonlik shunchalik takomillashgan bo‘lishi kerak. Tez yo‘l olish va to‘xtatmasdan bajarishni talab qiladigan harakat vazifasi to‘satdan hosil bo‘lgan paytda ayniqsa chaqqonlik kerak. Ba’zan odatdagi harakat juda keskin o‘zgarib qoladigan paytlar ham bo‘ladi. Masalan, bosqon uloqtirishda tortilish kuchi 300 kg dan ortib sim uzilsa, uloqtiruvchi havfdan qutulishi uchun, juda katta chaqqonlik qilishi kerak. G‘ovlar osha yugurishda yiqilish, balandlikka sakrashda yerga noqulay tushish, langarcho‘pning sinishi kabi hollarda shikast yetmaslik uchun ham yengil atletikachi anchagina chaqqonlik qilshi kerak. Bu misollardagi chaqqonlik, ya’ni yiqilish yoki noqulay harakat sodir bo‘lganda atletga asqotadigan chaqqonlik-har qanday sport turida ham nihoyatda zarur bo‘lgan o‘z-o‘ziga ishnoch bilan bevosita bog‘liqdir.
Trenirovka jarayonida va musobaqada ko‘pgina xil tashqi ta’sir texnika to‘g‘riligini buzish mumkin. Agar atletning chaqqonligi rivojlangan bo‘lsa, unda u muvozanatni tiklab, holatni yoki harakatni to‘g‘rilab olib, sport natijasini pasaytirmaydi. Sportchini favqulodda vaziyatda, topog‘onlik qilib, tez va samarali harakat bilan shu vaziyatdan chiqib ketishiga majbur qiladigan mashqlar foydalidir. Yengil atletikachilarda chaqqonlikni rivojlantirish uchun, basketbol, xokkey, qo‘l to‘p va boshqa o‘yinlar, masalan, “to‘p uchun kurash” tavsiya qilinadi. Shuningdek ot-chang‘i sporti, past-balandlik joyda sayr qilish, tezlik bilan tushish-slalom, chang‘ilarda sakrash hamda erkin gimnatik mashqlar va gimnastika snaryadlardagi mashqlardan foydalanish mumkin. Yengil atletikachining chaqqonligini rivojlantirsh uchun, akrobatik mashqlar, ayniqsa chaqqonliknidan tashqari kuchni, tezlikni, sakrovchanlikni, egiluvchanlikni va dadillikni rivojlantiradigan sakrashlar juda foydalidir. Ko‘pgina yengil atletika turlari bilan shug‘ullanish, ayniqsa, g‘ovlar osha yugurish, har xil to‘siqlar osha estafetali yugurish bilan shug‘ullanish faqat tezkorlik chidamlilik va boshqa shu kabi fazilatlarnigina emas, balki, chaqqonlikni ham rivojlantirishga yordam beradi. Maxsus chaqqonlikni rivojlantirishga ko‘proq e’tibor berish kerak. Masalan, sakrovchini havoda mo‘ljal ola bilishiga va uchish fazasi harakatlariga o‘zgarishlar kirita olishiga o‘rgatish kerak. Uloqtirish, g‘ovlar osha yugurish, langarcho‘p bilan sakrashdagi maxsus chaqqonlikning o‘ziga xos xususiyatlari bor. Uning rivojlanishi uchun, yaqin harakterdagi turli mashqlar yordam beradi. Ular avvalo atletga ma’lum, lekin odatdan tashqari sharoitda bajariladigan mashqlardir. Masalan, nayza uloqtirishda, uzunlikka sakrashda va langarcho‘p bilan sakrashda yugurib kelish masofasi va tezligini o‘zgartirilsa, atlet yangi, o‘rganilmagan sharoit yaratib, unga moslab harakatni o‘zgartiradi, ya’ni chaqqonlikni ko‘rsatadi, Masalan, langarcho‘p bilan sakrovchiga ozroq vaqt faqat qisqartirilgan masofadan yugurib kelib trenirovka qilib yurgandan keyin, birdaniga maksimal tez yugurib kelib sakrash qiyin bo‘ladi.
Balandlikka va langarcho‘p bilan sakrashda maxsus chaqqonlikni rivojlantirish uchun, tirgak bilan planka holatini depsinish nuqtasiga nisbatan o‘zgartirish kerak. Bu, sakrovchilarni musobaqalarda uchrashi mumkin bo‘lgan, turli vaziyatlarga o‘rgatadi. Uzunlikka balandlikka va langarcho‘p bilan sakrashda depsinuvchi oyoqni depsinish joyiga tushirish avtomatlashgan va aniq bo‘lishi muhimdir. Lekin bu qadam uzunligini keragicha o‘zgrtirishga imkon beradigan ko‘z tashlab nazorat qilishdan kechish degan so‘z emas. Buning tabiiy to‘siqlaridan o‘tishdagi ahamiyati yanada muhimroq. Ko‘z bilan mo‘ljal olishni yaxshilash uchun, sakrovchi trenirovkada har xil masofadagi yugurib kelib, tepsinish oyog‘ini aniq tushurishga harakat qilib sakrash kerak. Odatda snaryad og‘irligini kamaytirish bilan ham sharoit o‘zgaradi. Snaryad og‘irligini kamaytirilsa, harakat tezlashadi. Natijada harakat boshqacharq bo‘ladi. Snaryad og‘iriligi ko‘payganda ham harakat birmuncha o‘zgaradi. Turli og‘irlikdagi snaryadlar ishlatish tezkorlik va kuchnigina emas, balki chaqqonlikni rivojlantirishga yordam beradi. Musobaqalarga tayyorlanish uchun, shamolga nisbatan turli yo‘nalishlarda sakrash, uloqtirish va yugurish ayniqsa qimmatlidir.
Chaqqonlikni rivojlantirishga trenirovkaning tayyorlov darida eng ko‘p e’tibor berish kerak. Qishda gimnastik snaryadlarda turli mashqlar, to‘siqlarni oshib o‘tish estafetalari, sakrash o‘yinlarini va boshqa chaqqonlikni rivojlantirishga qaratilgan mashqlardan foydalanish kerak. Asosan krossyugurish va ochiq joylardagi mashqlardan iborat bahorgi trenirovka ham chaqqonlikni rivojlantirishga yordam beradi. Yozda va musobaqa davrida, chaqqonlikka qaratilgan maxsus mashqlar uchun vaqt qolmaydi. Bu vaqtda chaqqonlik yengil atletikaning ixtisos olinayotgan turi bilan birga yo‘l-yo‘lakay takomillashtiriladi.