O‘zbek tili va Gumanitar fanlar


Yengil atletika to‘garagi mash



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə18/20
tarix05.06.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#125434
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
21-

Yengil atletika to‘garagi mashg‘ulotlari. Maktab sport to‘garaklari hamma fanlarni yaxshi o‘zlashtirgan, yengil atletika bilan shug‘ullanishni istagan va trenirovkalarga vrach ruxsat bergan o‘quvchilardan tashkil topadi. O‘quvchilar yoshiga, jismoniy texnikaviy tayyorgarligiga qarab guruhlarga bo‘linadi:
Tayyorlov guruhi 11-12 yosh (5-6 sinf)
Kichik o‘spirin guruhi 13-14 yosh (7-8 sinf)
O‘rta o‘spirinlik guruhi 15-16 yosh (9-10 sinf)
Tayyorlov va kichik o‘spirinlik guruhlarida mashg‘ulotlar 1-1,5 soatdan, xaftada 2-3 marta, o‘rta va katta o‘spirinlik guruhlarida esa 2 soatdan 3 marta o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlar yil bo‘yi darsdan tashqari o‘tkaziladi. Ularga yengil atletikadan tashqari gimnastika, sport o‘yinlari va boshqa turlar kiritiladi. Amaliy mashg‘ulolarni imkoniyat boricha qishin-yozin ochiq havoda o‘tkazgan ma’qul. Yozgi ta’til vaqtida shug‘ullanuvchilarga umumiy jismoniy kamolot va mashq bajarish texnikasidagi bilimlarni mustaxkamlash uchun individual uy vazifalarni berish tavsiya qilinadi. Bundan tashqari, ularni har kungi gigienik zaryadkani bajarishga o‘rgatib borish zarur. Mashg‘ulotlar qiziqarli o‘tishi uchun mashqlar xarakterini o‘zgartirib, ko‘proq harakatli o‘yinlar va oddiy musobaqalar o‘tkazib turish kerak. O‘rta va katta yoshdagi guruhlarda, tanlab olingan texnikasini o‘rgatish bilan birgalikda, umumiy va maxsus tayyorgarlikka ham ko‘proq e’tibor berish lozim. Bundan tashqari, o‘quvchilar tuman, shahar, viloyat va respublika musobaqalarida qatnashadilar. Bolalar yozgi ta’til vaqtida shahar va shahar atrofidagi lagerda shug‘ullanadilar, jismoniy tarbiya o‘qituvchisi yoki oldindan tayyorlab qo‘yilgan jamoatchi instruktorlar rahbarligida shug‘ullanuvchilar ayniqsa tayyorlov va kichik guruhlardagi o‘quvchilarning mashg‘ulotlariga to‘xtalib o‘tish kerak. Eng muximi ularning suyak sistemasiga sakrash va og‘ir snaryadlarni otish va uloqtirishga bog‘liq turli xil og‘ir mashqlar bilan katta nagruzkalarni bermaslik kerak. Kichik guruhdagi o‘quvchilarning mashg‘ulotlarida umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikni oshirishga yordam beruvchi mashqlar qo‘llaniladi. O‘quvchilar yugurish texnikasini egallab, yugurish tezligini to‘g‘ri oshirib, uni saqlay olishlari, ma’lum tezlikda estafeta tayoqchasini zonada uzata olishlari, yugurib kelib depsina olishlari, to‘p va granatani nishonga va uzoqqa ota bilishlari kerak.
O‘quv mashg‘ulotlarida o‘quvchilarni sportcha yurish, pastki startdan yugurib chiqish, oyoqlarni yig‘ib uzunlikka sakrash, xatlab o‘tish va perekidnoy usulda balandlikka sakrash, disk uloqtirish, nayza va yadro otish texnikalari bilan tanishtirish kerak. O‘rta guruhdagi o‘quvchilar 60-100 m masofaga yugurish bo‘yicha trenirovka qila boshlaydilar. 200 m masofaga yugurish bilan tanishadilar. 4x100 m estafetada tayoqcha uzatish texnikasini takomillashtiradilar va g‘ovlar osha yugurishni o‘rgana boshlaydilar. G‘ov balandligi o‘g‘il bolalarga 91,4 sm, qizlarga 76 sm. O‘quvchilar granatani uzoqqa otishni takomillashtiradila, yadro itqitish va diskni burilib uloqtirish texnikasini o‘rganadilar. Yugurib kelib nayza otish texnikasi bilan tanishadilar,uzunlikka balandlikka sakrash uchun yugurib kelish va depsinish texnikalarini takomillashtiradilar. Katta guruhlardagi o‘quvchilr maxsus jismoniy tayyorgarlikni oshira boirb tanlangan sport turida yuqori natija ko‘rsatish uchun trenirovka qila boshlaydilar. Ular bu paytda pastki startni texnik jihatdan to‘g‘ri bajarish, burilish, to‘g‘ri yo‘lkada yugurish va marraga kelishni bilishlari kerak. Bundan tashqari, g‘ovlar osha yugurishni ham bilishlari lozim. Uzunlikka va balandlikka texnik jihatdan to‘g‘ri sakray olish, diskni burilib uloqtirish va yadroni itqita olishga o‘rgatish zarur. Mashg‘ulotlar rejasiga turli xil sayrlar, ekskursiyalar, poxodlar ham kiritiladi. Ular o‘quvchilarning tayyorgarligi va kuchiga mos kelishi kerak.
Yo‘riqchi va hakamlik tajribasi o‘quv trenirovka mashg‘ulotlarida o‘tkaziladi, shug‘ullanuvchilarga turli xil vazifalar beriladi:

  1. Bo‘shashtirish mashqlari o‘tkazish.

  2. Kichik guruhlarga rahbarlik qilish.

Hakamlik tajribasi nazorat sinovlarida va maktab ichki musobaqalarida amalga oshiriladi.

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin