O‘zbek tili va Gumanitar fanlar


Organizmiga yengil atletika mashqlarining ta’siri



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə16/20
tarix05.06.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#125434
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
21-

Organizmiga yengil atletika mashqlarining ta’siri. Yengil atletika mashg‘ulotlari bolalar, o‘smirlar va o‘spirinlar jismoniy tarbiyasi sistemasiga kiradi. Ular umumta’lim, kasb hunar kollejlari va boshqa maktablar uchun ko‘zda tutilgan. Yurish, yugurish, sakrash va uloqtirishlar hamda yengil atletika mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan turli maxsus mashqlar xilma-xil, yengil me’yorlashtiriladi va bolalar uchun qulaydir. Bolalar maktab yoshiga yetmasdan, har xil o‘yinlar, yugurish, sakrash va uloqtirishlarning sodda shaklda bajarilishini o‘rganadilar. Makatab o‘quvchilarning yengil atletika mashqlari texnikasini bajarishni o‘rganishi, harakat imkoniyatlarini kengaytirib, ularning boshqara olish qobiliyatlarini yaxshilabgina qolmay, keyinchalik sport-texnik mahoratiga erishish uchun zamin ham yaratadi.
Yengil atletika mashqlari bilan shug‘ullanish yurak-qon tomir va nafas olish sitemasini mustahkamlaydi, mushaklarning garmonik rivojlanishini ta’minlaydi, bo‘g‘inlardagi harakatchanlikni yaxshilaydi va asab-mushak koordinatsiyasini takomillashtiradi. Bolalar, o‘smirlar va o‘spirinlar bilan o‘tkaziladigan yengil atletika mashg‘ulotlarning mazmuni ularning yosh xususiyatlariga bog‘liq bo‘lib, mashg‘ulotlarni rejalashtirish va o‘tkazish vaqtida buni e’tborga olish zarur. Kishi organiziining o‘sishi, shakillanishi va rivojlanishi o‘rta hisobda 25 yoshgacha davom etadi. Organizimning shakillanishi bilan birga, bolaning suyak sistemasi ham rivojlanadi. To‘qimlardagi zich g‘ovak moddalar tuzilishi o‘zgaradi, suyaklar bo‘yiga va eniga o‘sadi. Yoshdagi farq umurtqa ustunining tuzilishida ham o‘z ifodasini topgan. Hatto 14 yoshdan keyin ham umurtqaning suyak to‘qimalari ko‘payib, kattalashib boradi. Umurtqa tanasi epifizlarining suyakka aylanishi 20-25 yoshgacha sodir bo‘ladi. Bularni mashqlarni tanlashda e’tiborga olish kerak. Shu bilan birga, mashqlarni to‘g‘ri tanlash va me’yorlash suyak sitemasining to‘g‘ri rivojlanishiga yordam beradi.
Og‘ir yadro disklar bilan muntazam mashq bajarish ko‘krak qafasida va qo‘l panjalarining tuzilishida ko‘ngilsiz o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Ayni vaqtda o‘pka va yurak ishlarini me’yorlovchi yugurish va sakrash mashqlari ko‘krak qafasini kengaytirishga yordam beradi. O‘pkaning tiriklik sig‘imi ko‘krak qafasining kengligiga bog‘liq. Bu jihatdan ochiq havoda mashq bajarish juda foydali, chunki bunda nafas olish va yurak sistemasining faoliyati aktivlashadi. Bolalarning tog‘aylaridagi yuqori elastiklik va bo‘g‘inlaridagi harakatchanlik mashqlarni keng doirada bajarishga yordam beradi. Keng doira bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlar bolalarning suyak to‘qimlari rivojlanishiga ijobiy ta’sir qiladi, xilma-xil yengil atletika mashqlari esa bola skeletining o‘sishi va shakillanishiga yordam beradi.
Mushaklarning kuchli o‘sishi 12 yoshdan boshlanadi. Bu paytda yengil atletika bilan shug‘ullanish ularning rivojlanishiga yordam beradi. Muskullarning tez o‘sishiga qaramay, u skeletning o‘sishidan orqada qolib faqat jinsiy yetilishning oxirida tananing umumiy og‘iriligining qizlarda 36 %ni, o‘g‘il bolalarda esa 40 %ni tashkil qiladi. Shuning uchun ayrim mushaklar guruhining dam-badam ishlashini ta’minlaydigan mashqlarni tanlash tavsiya qilinadi. Kishi qonining miqdori yoshiga qarab o‘zgaradi. Chunonchi 14 yoshda qon miqdorining nisbati 9 %ni, kattalarda esa 8 %ni tashkil qiladi. Bolalarning kappilyarlari ancha keng bo‘lib, ulardagi qon kattalarga nisbatan tezroq oqadi. Bollarda to‘qmalarning ovqatlanishi va parchalanishi jarayoni kattalarga nisbatan aktivroq o‘tadi. Lekin jinsiy voyaga yetish davrida yurak o‘sish sur’ati qon-tomirlari o‘sishi sur’tidan oshib ketadi, natijada ba’zan qon bosimi birmuncha oshishi mumkin. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, yurak faoliyatiga psixik holat xam ta’sir ko‘rsatadi. Emotsiya va boshqa psixik faktorlarning ta’siri bolalik va o‘smirlik yoshida ko‘proq namoyon bo‘lishi ma’lum.

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin