Xulosalar Xulosalash va perefrazalash (ma’noni boshqa so‘zlar yordamida ifodalash) Odatda esseda
xulosalash va perefrazalash birgalikda ishlatiladi. Xulosalashning maqsadi ma’lumotlar hajmini
yetarli darajagacha qisqartirish va uzundan uzoq ma’lumotlarni qisqa hajmga keltirishdan iborat
bo‘lsa, perefrazalashning maqsadi esa umumiy ma’noni saqlagan holda ma’lumotni
asl
manbadagidan
, o‘zgartirib yozishdan iboratdir. Bularning ikkalasi ham
ko‘chirmachilikning oldini olish uchun qo‘llaniladi
Xulosalashning bosqichlari Хulosalashda mavzuga doir eng muhim ma’lumotlarni berish yoki mavzuga to‘liqroq
to‘xtalib o‘tish mumkin. Odatda, xulosada asosiy fikrlarni qo‘shimcha qismdan (keltirilgan
misollar va ularning isbotlaridan) xoli tarzda yozishga e’tibor qaratiladi. Perefrazalash va
xulosalash odatda birga ishlatiladi. Xulosalashning maqsadi ma’lumotni mutanosib hajmga
keltirish bo‘lsa, perefrazalash esa muhim ma’lumotlarni boshqacha shaklda berib o‘tishdan
iborat.
Misol
uchun
, quyidagi gaplarga e’tibor bering:
18-asrda, Fransiya va Germaniyadan oldin , Britaniyada sodir bo‘lgan industrial inqilob to‘g‘risida ko‘plab munozaralar davom etib kelmoqda .Ushbu gapni quyidagicha perefrazalash
mumkin:Industrial inqilobning nima sababdan boshqa joyda emas , balki aynan Britaniyada sodir bo‘lgani hozirgi kunga qadar tortishuvli savollardan biri bo‘lib kelmoqda