O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/80
tarix25.01.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#80663
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   80
ÓTSQ qollanma

“Kompetentlik” tushunchasining mohiyati. Bozor munosabatlari sharoitida mehnat bozorida
ustuvor o‘rin egallagan kuchli raqobatga bardoshli bo‘lish har bir mutaxassisdan kasbiy
kompetentlikka ega bo‘lish, uni izchil ravishda oshirib borishni taqozo etmoqda. Xo‘sh, kompetentlik
nima? Kasbiy kompetentlik negizida qanday sifatlar aks etadi? Pedagog o‘z ida qanday kompetentlik
sifatlarini yorita olishi zarur. Ayni o‘rinda shu va shunga yondosh g‘oyalar yuzasidan so‘z yuritiladi.
“Kompetentlik” tushunchasi ta’lim sohasiga psixologik izlanishlar natijasida kirib kelgan. SHu
sababli kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o‘z ini qanday
tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o‘z aro munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq
vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi
va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalikni anglatadi.
Kasbiy kompetentlik – mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur
bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo‘llay
olinishidir. Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishini
emas, balki har bir mustaqil yo‘nalish buyicha integrativ bilimlar va harakatlarning o‘zlashtirilishini
nazarda tutadi. Shuningdek, kompetensiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi
axborotlarni o‘rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma’lumotlarni izlab topish,
ularni qayta ishlash va o‘z faoliyatida qo‘llay bilishni taqozo etadi.
Imloviy me’yor ya’ni yozuv me’yori adabiy tilning madaniylik darajasini belgilovchi asosiy
mezondir. Imloviy me’yor talaffuz me’yoridan farqli o’laroq stixiyali ravishda shakllanmasdan, til
vakillari tomonidan ongli ravishda, kelishilgan holda yuzaka keltiriladi va uning amal qilinishi
maxsus imlo qoidalari orqali yo’lga qo’yiladi. Ma’lum me’yor sifatida tavsiya etilgan til
unsurlaridan foydalanish millat vakillari uchun majburiy sanaladi. Hozirgi kundagi amaldagi
“O’zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida”gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarori 1995-yil 24-avgust 339-son bilan tasdiqlangan. 
O’zbek tilining asosiy imlo qoidalari 7 ta bo’limdan iborat. Imlo qoidada asos va qo’chimchalar
imlosi, qo’shib yozish imlosi, chiziqcha va ajratib yozish imlosi, bosh harflar imlosi hamda
ko’chirish qoidalarining amal qilinadigan so’nggi holatlari berilgan.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin