O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi


Muloqot texnikasiga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/80
tarix25.01.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#80663
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
ÓTSQ qollanma

Muloqot texnikasiga qo‘yiladigan talablar:
1. Ovozning sifatiga e’tibor berish;
2. Muloqot jarayonida to‘g‘ri nafas olish;
3. Tovush va so‘zlarni aniq talaffuz qilish;
4. To‘liq va aniq diksiya;
5. So‘z va gaplarning «chaynalmasligi»;
6. Fonetikaga oid bilimlardan xabardor
7. Nutqdagi nuqsonlarni bartaraf etishga yordam beradiga mashqlardan muttasil foydalanib
borish.
Muloqotning ta’sirchanligini ta’minlash nafaqat lingvistik, balki ekstralingvistik
omillarni ham o‘z ichiga oladi. Bamisoli ummon bo‘lgan tilimizdan bir fikrni bir qancha shaklu
shamoyillarda ifodalash imkoniyatlari mavjud, ya’ni tilimizda har qanday voqea-hodisalarni


ifodalash uchun so‘z 
va iboralar topiladi
, lekin muloqot vaziyati uchun eng uyg‘un ifodani topa
bilish o‘qituvchining bilimi, ma’rifatu madaniyati, mahoratu malakasiga bog‘liq. Muloqotdagi
ohangning tezligi, yuqori-pastligi ham ta’sirchanlikni oshiruvchi omillardir. Bunday nutqlar,
odatda, muhim qarorlar, axborotlar, farmoyishlar o‘qilganda ishlatiladi.
Mashhur qadimgi yunon notig‘i Demosfenning dastlab ovozi past, 
talaffuzi yomon
,
nafasi qisqa bo‘lganligidan chiroyli va ta’sirli nutq ayta olmaganligi haqida tarixchilar yozganlar.
Bu sohani chuqur o‘rgangan olim S.Inomxo‘jayev ta’kidlaganidek, keyinroq Demosfen muloqot
texnikasi asoslarini egallashga juda jiddiy kirishgan. U bir yerto‘la qazib, shu yerto‘lada ovozini
rivojlantirish, diksiya, deklamatsiya bo‘yicha oylab mashqlar qiladi. Talaffuzidagi nuqsonlar, "r"
tovushini aytolmaslik, ba’zi tovushlarni noaniq aytish kabilarni bartaraf etish maqsadida og‘ziga
mayda toshlarni solib, she’rlar, turli matnlarni o‘qish bilan shug‘ullanadi. Ovozini rivojlantirish,
ovoz apparatlarini chiniqtirish uchun esa tepaliklarga yugurib chiqib, 
yugurib tushib
, nafasini
ushlab turgan holda she’rlarni
deklamatsiya qiladi. Demosfen gapirayotganda bir yelkasini hadeb ko‘taraverish odatidan
qutulish uchun yerto‘lasining shiftiga uchi o‘tkir xanjarni osib qo‘yib, yelkasini xanjarning ayni
uchiga to‘g‘rilab turib, mashqlarini davom ettiradi. Ana shunday mashaqqatli va muntazam
mashqlar tufayli Demosfen notiqlikning eng cho‘qqisini zabt etgan.
Fonatsiya jarayonida nafas olish va nafas chiqarish fazalari shunday yo‘lga qo‘yilishi
kerakki, nafas olish zo‘riqishsiz, bir qadar jadalroq, nafas chiqarish esa tekis, bir me’yorda va
davomliroq kechishi lozim. Nafas chiqarish qanchalik davomli, uzun bo‘lsa, shunchalik yaxshi.
Zotan, tovush, nutq ayni shu nafas chiqarish jarayonida hosil bo‘ladi. Fonatsiyada nafas olish va
nafas chiqarish fazalarining ketma-ketligi, almashinish tartibini to‘g‘ri tasavvur etmoq kerak.
Bu fazalar bilan nutqning hajmiy va albatta, mazmuniy-estetik qurilishi o‘rtasidagi
mutanosiblikni to‘g‘ri belgilamaslik oqibatida nafasning yetmay qolishi, shunga ko‘ra bir nafas
bilan yaxlit aytilishi lozim bo‘lgan nutq parchasining bo‘linib ketishi, mantiqiy mazmunni
buzadigan noo‘rin pauzaning paydo bo‘lishi kabi nuqsonlar o‘rtaga chiqadi. Masalan, qadimiy va
boy tilimizning sofligini saqlash har birimizning burchimizdir 
jumlasi aytilarkan
, masalan, har
so‘zidan keyin nafas tugab qolsa, ilojsiz, nafas olish uchun to‘xtalish majburiyati paydo bo‘ladi,
bu esa jumlaning noto‘g‘ri bo‘linishiga olib keladi. Yoki ba’zan noto‘g‘ri taqsimlangan nafas
jumlaning oxiriga borib yetmay qolsa, jumladagi so‘nggi so‘z “yamlanib” talaffuz qilinadi,
so‘zlovchi xuddi bo‘g‘ilib qolganday, juda qiynalganday tuyuladi, bu tinglovchi uchun ham
sezilarli darajada qiyinchilik tug‘diradi. Yana bir misol. Odam o‘ta hayajonlanganida, qattiq
qo‘rqqanida yoki og‘ir musibat ichida bo‘lganida, umuman, turli hissiy holatlarga tushganida
so‘zlarkan, nafas olish va nafas chiqarish fazalarini nazorat qila olmay qoladi. Buning natijasida
normal fonatsiya uchun nafasi to‘g‘ri taqsimlanmaydi, ko‘pincha oddiy bir so‘z uchun ham
nafasi yetmay qoladi.
Muloqot texnikasini egallashda umumiy tarzda bo‘lsa-da, fonetik bilimlardan boxabarlik
zarur. Ayrim kishilar ko‘pincha muloqot jarayonida boshqa joylardagiga qaraganda anchayin
baland ovozda gapiradilar. Yana ba’zilar borki, ular muloqot jarayonida deyarli past ovozda
so‘zlaydilar. Bunda ularning o‘zlari qiynaladilar, sezilarli 
samaraga erishilmaydi
, faqat bunday
ovoz bo‘g‘iq, tussiz eshitiladi.
Muloqot texnikasi bilan bog‘liq nuqsonlardan yana biri nutq tempi, tezligini to‘g‘ri
belgilamaslik yoki tezlik-sekinlikning maqsadga ko‘ra mo‘’tadilligini saqlay olmaslikdan iborat.
Muloqotning tempi, albatta, bayon qilinayotgan materialning mohiyatiga, ifodalanayotgan fikr
strukturasiga uyg‘un bo‘lishi maqsadga muvofiq. Tinglovchining ruhiyati, charchagan yoki
charchamaganligi, materialni qanday qabul qilayotganligidan kelib chikqan holda nutq tempini


tanlasa, uni o‘rni bilan o‘zgartirib tursa, ham pedagogiq ham psixologik jihatdan to‘g‘ri bo‘ladi.
Muloqot jarayonida diksiya masalasi ham alohida o‘rin tutadi. Masalan, ba’zan "z" tovushini
jarangsiz "s" tovushiga moyil tarzda talaffuz qilish uchraydi: siz — sis, eshitdingiz — eshit-
dingiz kabi. Bu singari nuqsonlar nutq tovushlarining hosil bo‘lish o‘rinlarini yaxshi bilmaslik va
artikulyatsion apparat (tovush hosil qilishda ishtirok etadigai nutq a’zolari)ning yyetarli darajada
faol emasligi natijasida paydo bo‘ladi. Noto‘g‘ri yoki noaniq talaffuz qilinadigan tovushning
hosil bo‘lishida ishtirok etadigan nutq a’zolarining faolligini oshirish yo‘li bilan kishi nutqidagi
ana shunday diktsion xatolarni tuzatish mumkin. Buning uchun xilma-xil mashqlar yaxshi
yordam beradi. Masalan, 
turli tez aytishlar
,  maqol va matallar, turli mazmundagi matnlarni
muntazam ovoz chiqarib takrorlash ana shunday mashqlarning bir ko‘rinishidir. Umuman,
muloqot texnikasini takomillashtirish borasida doimiy qayg‘urish, fonetika, fonologiyaga oid
bilimlardan umumiy tarzda bo‘lsa-da, xabardor bo‘lish, kerak bo‘lganda, o‘z nutqidagi
nuqsonlarni bartaraf etishga yordam beradigan mashqlardan muttasil foydalanib borish
maqsadga muvofiqdir. Chunki muloqot texnikasisiz so‘zlovchining og‘zaki nutq madaniyatini
aslo shakllangan deb bo‘lmaydi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin