O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi


Yozma nutqning og‘zaki nutqdan farqli tomonlari



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/80
tarix25.01.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#80663
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   80
ÓTSQ qollanma

Yozma nutqning og‘zaki nutqdan farqli tomonlari
Yozma nutq va og‘zaki nutq inson nutq faoliyatining ikki shakli. Har ikkisi ham kishilik
jamiyatining muloqot vositasidir. Og‘zaki nutq birinchi shakllanadi, yozma nutq esa keyin
shakllanadi. Yozma nutq og‘zaki nutqning tayyor mexanizmlaridan foydalangan holda uni
takomillashtirib va ularni bir qadar murakkablashtirib boradi, tilning yangi ifoda shakllari uchun
xos bo‘lgan yangi unsurlarni qo‘shadi. Yozma nutq ta’lim jarayonida maqsadli ravishda egallab
boriladi. Og‘zaki nutq bolaning kattalar bilan amaliy
muloqoti jarayonida ularga taqlid
qilish asosida shakllanadi. Yozma nutqda so‘z tanlashga, jumla tuzishga ancha yuqori talab
qo‘yiladi. Yozma nutq tashqi tomondan (aytaylik, suhbatdosh tarafidan) tuzatishsiz kechadi.
Yozma nutq muloqotning jonli vositalaridan xoli, ya’ni mimika, jestlar ishtirok etmaydi.
Demak, yozma nutq til mavjudligining bir shakli. Yozma nutq qat'iy me’yorga va tartibga
solingan adabiy tildan foydalanadi. Adabiy so‘zlashuv uslubida gaplarda so‘zlarning tartibi
qaror topgan, inversiya (so‘z tartibining o‘zgarishi) ham unga xos bo‘lib so‘zlovchining
hissiyotini yorqin tasvirlashga xizmat qiladi. Adabiy so‘zlashuv uslubi o‘z leksikasi bilan
og‘zaki so‘zlashuv uslubidan farq qiladi. Adabiy so‘zlashuv uslubi leksikasiga oid so‘zlar “Imlo
lug‘ati”dan joy olgan bo‘lib umum uchun tushunarlidir.
Yozma nutq. Yozma nutq og‘zaki nutqdan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:
nutqni yozayotganda muallif vaqt jihatidan bemalol fikrlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. U o‘z
nutqi qismlarini va butun nutqni qayta-qayta tahrir qilishi uchun eng mos imkoniyatlarni


tanlashi, gap tuzilishini qulaylashtirishi mumkin. Shuning uchun ham yozma nutq og‘zaki
nutqdan ravondir.
Og‘zaki nutq xususiyatlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatsa bo‘ladi:
1. Og‘zaki nutq tezkorlik bilan (avtomatik tarzda) amalga oshadi. Tushunchalar bilan
"uning libosi" bo‘lgan so‘z birgalikda "yashin tezligida" tilga kela boshlaydi. Ba’zan
tushunchani ifodalovchi so‘zni o‘sha tezlikda so‘zlovchi topa olmay qoladi. Unga yaqin yoki
o‘ylangan tushunchani ifodalay olmaydigan so‘zlarni ishlatib yuboradi. Natijada, aytilgan nutq
(gap, gaplar) ko‘zlangan maqsadni (fikrni) to‘liq ro‘yobga chiqarmaydi. Bunda tinglovchi
ham so‘zlovchi ham zarar ko‘radi.
2. Og‘zaki nutqda so‘z birikmalari va gaplarning modellari aytilmoqchi bo‘lgan fikrga
monand holda tezkorlik bilan tanlanadi. Gap qurilishini, modellarini aql nazorat qilib boradi.
Fikrni aytilganlarni ushlab ko‘rgan holda rivojlantirishga to‘g‘ri keladi. Agar xotira ozgina
"dangasalik" qilsa, gap tuzilishi, so‘z birikmalari o‘zaro mantiqan va grammatik bog‘lanmay
qoladi. Chunki yangi qism avvalgi qism unutilgani uchun u bilan moslasha olmaydi. Masalan,
"Ustoz, sizni...xalq oldida qilgan ulkan xizmatlaringizdan biz minnatdormiz!". Misolda
so‘zlovchi nutqning "Ustoz, sizni..." qismini aytgandan so‘ng uni qanday rivojlantirish ustida
qilgan mulohazasi jarayonida avvalgi qismini, avval o‘ylangan modelni unutib qo‘ygan. Shu
sababli tushum kelishigida kelgan so‘z keyingi qismlar bilan grammatik va mantiqan
bog‘lanmay qolgan.
3. Og‘zaki nutq tahrir imkoniyatidan mahrum. U qanday shaklda borliqqa kelgan bo‘lsa,
shundayligicha tinglovchiga havola qilinadi.
4. Og‘zaki nutqda, odatda muloqot uchun eng zarur narsalargina zuhur etiladi. Bu bir
tomondan vaqt iqtisodi bilan, ikkinchidan, nutqni kuchli tejash bilan bog‘liq. Shunga ko‘ra unga
uzundan-uzoq kirish, keng izohlar kam uchraydi. Aksincha, hodisalarning, narsalarning o‘zaro
bog‘liqlik darajalari, ularning tinglovchi va so‘zlovchiga ravshanligi darajasi hisobga olinadi.
Faqat zarurat his etilgandagina avvaldan ma’lum narsalarga izoh beriladi.
5. Og‘zaki nutq so‘z boyligi jihatidan yozma nutqqa nisbatan ancha kambag‘al bo‘ladi.
Unda bir xil so‘zlar bir xil shakllar bir qadar ko‘proq takrorlanadi. Bu hol til vositalarini tanlash,
qiyinchiliklar bilan bog‘liqdir.
6. Og‘zaki nutqda so‘zlovchining faol nutqiy harakati to‘xtam (pauza) ohang, urg‘u, turli xil
imo-ishoralar fikrning tinglovchiga yetib borishida ahamiyat kasb etadi.
7. Og‘zaki nutq tilning noverbal vositalari: turli mimika va jestlar yordamida ifodalanish
imkoniga ega.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin