Yozuv muayyan bir tilda qabul etilgan va kishilar o‘rtasidagi muloqotga xizmat qiladigan
yozma belgilar yoki tasvirlar tizimidir. Yozuv – kishilik jamiyati madaniy taraqqiyotining
boshlanishi, bashariyatning uzoq va murakkab tadrijiy takomili jarayonidagi omillarning eng
asosiylaridan biri. Yozuv tildan ancha keyin paydo bo‘lgan (tovush tili 400—500 ming yillar
ilgari yuzaga kelgan, yozuvning paydo bo‘lganiga esa 4-5 ming yillar bo‘lgan). Og‘zaki til
(nutq)ning zamon (vaqt) va makon (masofa) nuqtai nazaridan cheklanganligi va uni bartaraf
etish zaruriyati yozuvning paydo bo‘lishiga olib kelgan.
Dostları ilə paylaş: