Odamda muloqot maqsadlari soni ko‘payadi. Ularga yuqorida sanab o‘tilganlardan tashqari,
dunyo haqidagi bilimlarga ega bo‘lish va etkazish, ta’lim va tarbiya, odamlarning hamkorlik
faoliyatlaridagi turli harakatlarning muvofiqlashuvi, shaxsiy va ish bo‘yicha o‘zaro
munosabatlarning oydinlashtirilishi, o‘rnatilishi va boshqalar ham kiradi.
Agar hayvonlarda
muloqot maqsadlari ular uchun dolzarb bo‘lgan biologik ehtiyojlarni qondirishdan iborat bo‘lsa,
odamlarda ular ko‘plab turli: ijtimoiy, madaniy, bilish, ijodiy, estetik, aqliy o‘sish, ahloqiy
rivojlanish kabi ehtiyojlarni qondirish vositasi bo‘lib hisoblanadi.
Muloqot, odatda, beshta: shaxslararo, kognitiv, kommunikativ-axborotli, emotiv va konativ
tomonlarining birligida namoyon bo‘ladi.
Muloqotning shaxslararo tomoni insonning bevosita atrof-muhiti: boshqa odamlar va o‘z
hayotida bog‘liq bo‘ladigan umumiyliklar bilan o‘zaro ta’sirini aks ettiradi.[2]
Muloqotning kognitiv
tomoni suhbatdoshning kim, qanday odam ekanligi, unlan nima
kutish
mumkinligi haqidagi, shuningdek, sherikning shaxsi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa
ko‘pgina savollarga javob berish imkonini beradi.
Muloqotning kommunikativ-axborotli tomoni tasavvurlar, g‘oyalar, qiziqishlar, hissiyotlar,
mayllar va sh.o‘.lari turlicha bo‘lgan odamlar o‘rtasidagi almashinuvdan iborat.
Muloqotning emotiv tomoni sheriklarning shaxsiy aloqalaridagi his-tuyg‘ular, kayfiyatning
vazifa bajarishlari bilan bog‘liq.
Muloqotning konativ (hulq-atvor tomondan) tomoni sheriklar qarashlaridagi ichki va tashqi
qarama-qarshiliklarni muvofiqlashtirishga xizmat qiladi. (адабиётда конфликт, контраст
тушунчалари мавжуд).
Dostları ilə paylaş: