O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi


Muloqot texnikasini shakllantirishda zamonaviy pedtexnologiyalarning o‘rni



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/80
tarix25.01.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#80663
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
ÓTSQ qollanma

Muloqot texnikasini shakllantirishda zamonaviy pedtexnologiyalarning o‘rni.
Mustaqil yurtimizda ma’naviy islohotlar jadal sur’atlar bilan olib borilayotgan bir paytda
muloqot texnikasiga bo‘lgan e’tibor ham ortmoqda. 
Har bir shaxs
, har bir fuqaro, qolaversa, har
bir pedagog his- tuyg‘ularini ifodalashda
boshqalar bilan muloqotda
,  fikr almashuvda, o‘z
faoliyatini olib borishda nutqning ahamiyati katta ekanligini bilmog‘i zarur. Nutqni aniq, to‘g‘ri,
chiroyli, ixcham 
va sof tuzish uchun esa tilni
, uning imkoniyatlarini yaxshi bilish talab etiladi.
Hamma ham birday chiroyli so‘zlash qobiliyatiga ega emas, hammada ham notiqlik san’ati,
nutqiy salohiyat bir xilda shakllangan deb bo‘lmaydi. Shunday ekan, o‘sib kelayotgan yosh
avlodga vatanparvarlik, insonparvaplik va yuksak ma’naviyatni muloqot texnikasi orqali
singdirish lozim. Muloqot jarayonidagi asosiy vositalardan biri bu ovoz texnikasidir. Ovoz nafas
olish bilan uzviy bog‘liq, nafas olmasdan tovush chiqarib bo‘lmaydi, so‘zlash uchun esa avval
o‘pka havo bilan to‘ldiriladi. To‘g‘ri nafas olish tovush va nutqning jaranglab chiqishi uchun
juda zarur. Ammo ko‘pchilik o‘z nafas olishini boshqara olmaydilar. Natijada havo yetmay urg‘u
noto‘g‘ri 
ishlatilishi
,  mavzuning ma’nosi o‘zgarib ketishi mumkin. Normal ovozga ega
bo‘lmagan, xirildoq, bo‘g‘iq ovozli suhbatdoshning muloqoti esa barchaning g‘ashiga tegadi.
Ovozdagi bunday nuqsonlarni ko‘proq mashq qilish orqali yo‘qotish mumkin. Muloqot
texnikasida suhbatdoshlar o‘z ovozlarini ehtiyot qilishlari uchun ayrim tartiblarga rioya etishlari
zarur. Ovoz kuchli, past-baland, ingichka-yo‘g‘on, uzun-qisqa, yoqimli-yoqimsiz kabi
xususiyatlarga ega bo‘ladi. Ovozning ana shu xususiyatlari ma’ruza o‘qishga ta’sir qiladi.
Shundagina tinglovchining nafaqat qulog‘ini, balki qalbini ham zabt eta oladigan namunali nutq
shakllanadi.
Pedagog muloqot qilish san’atiga ega bo‘lishi lozim, kerakli muomala ohangi va
munosabat usulini 
tanlashni bilishi kerak
,  boshqacha aytganda, o‘quvchilarga individual
yondashishni bilishi lozim. O‘quvchilar bilan sun’iy pand-nasihatli, oshna-og‘aynilik ohangida
gaplashish mumkin emas. Pedagog doim bolalarning katta guruhi va ular bajarayotgan ko‘p
jarayonlar bilan ish olib boradi, ularning barchasi o‘qituvchi nazaridan chiqib ketmasligi kerak.
Pedagog uchun yana bir muhim narsa bu o‘quvchining tashqi ko‘rinishidan uning ruhiy holatini
aniqlash.
Pedagogik munosabat – pedagogning o‘quvchilar bilan tarbiya maqsadida aloqa
o‘rnatishidir. Pedagogik munosabatda gapirish madaniyatiga (talaffuz tarzi, 
nutq ohangi
,
orfoepiya) to‘g‘ri nafas olishga, ovozni qo‘ya bilishga o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Og‘zaki
nutq mahoratini mukamalligi o‘qituvchining kasbida ko‘p gapirishi bilan emas, balki ma’noli
so‘z orqali ta’sir uslublarini qo‘llash orqali belgilanadi. Pedagog o‘z ovozini, yuzini


boshqarishga, 
pauza tutishga
,  gavdani, imo-ishorani, mimikani tutishga o‘rganishi kerak.
Pedagogik munosabat muammolariga amerikalik pedagoglar katta e’tibor beradi. J.Brofi va
T.Guddning «O‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlari» kitobida o‘qituvchining o‘quvchilarni
ajratib munosabat qilishga asoslangan «subyektiv» munosabatlar xususiyatlari tahlil qilinadi.
Masalan, shu narsa aniqlanganki, pedagoglar ko‘proq yoqimtoy o‘quvchilarga yaxshi
munosabatda bo‘lar ekan. Ular uchun beparvo o‘quvchilar e’tibordan chetda qolib, 
aql-zakovatli
,
intizomli, harakatchan o‘quvchilarga nisbatan yaxshiroq muomalada bo‘lishadi. Sust, erksiz,
lapashang o‘quvchilar ikkinchi o‘rinda qolib, mustaqil, faol, o‘ziga ishonga o‘quvchilarni
yoqtirmasekan.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin