O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi


I.Grammatika bo‘yicha topshiriqlar



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/80
tarix25.01.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#80663
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   80
ÓTSQ qollanma

I.Grammatika bo‘yicha topshiriqlar. 
1-topshiriq. Asos va qo‘shimchani bir-biridan farqini izohlang.
2-topshiriq. Berilgan so‘zlarni asos va qo‘shimchalarga ajrating. 
Gulli soatsoz
Mulkdor temirchi
O‘tloq maysazor
Sezgir beozor
3-topshiriq. u, bu, shu, o‘sha olmoshlariga -da, -dan, -day, -dagi, -da, -gach, -cha
qo‘shimchalari qo‘shilganda qaysi tovush qo‘shib aytiladi va shunday yoziladi ?
II.Mashqlar bilan ishlash.
1-mashqBerilgan matnda tovush tushishi va ortishi hodisasini toping va ostiga chizing.
Mening singlim bu yil universitetni tamomladi. Bundan barcha hursand.
Unga shu munosabat bilan kitob sovg‘a qildim. U anchayin ulg‘ayganini sezdim 
va mamnun bo‘ldim. 
2-mashq.Maqollarni o‘qing. So‘z yasovchi qo‘shimchalar yordamida yasalgan so‘zlarni
aniqlab, ularni izohlang.
Daraxt ildizi bilan kuchli, inson-do‘stlari bilan. Qalbaki do‘st ochiq dushmandan yomon.
Yoidoshini tashlagan yo‘lda qolur. Yiqilganda bo‘lmasa tirak, vafosiz do‘st nimaga kerak?
Rejasiz ish-qolipsiz g‘isht. Hushyorlrk-mustahkam qo‘rg‘on. Ezgulikning cheki yo‘q. Bahorgi
harakat-kuzgi barakat. Go‘zallik ilm-u ma'rifatda. Mard maydonda bilinadi, nomard-ishda.
Do‘stlik barcha boylikdan afzal. Qo‘rqoqda uyat bo‘lmas. Aqlli o‘zini ayblar, aqlsiz-do‘stini.
O‘qigan o‘qdan oshar, nodon turtkidan shoshar. Qo‘yni qassob so‘ysin, oshni oshpaz pishirsin.
Nomard non ustida ham nolishini qo‘ymas. Itni qopag‘on qilgan egasi. Novvoyga non aziz,
tegirmonchiga-un. Yer-don, dehqon-xazinabon
Savol 
va topshiriqlar
1. Tilning lug‘at tarkibi qanday boyib boradi?
2. So‘z yasalishi deganda nimani tushunasiz?


3. Temirchi, dutorchi, xizmatchi so‘zlarini ma'noli qismlarga bo‘lib, bu so‘zlar uchun
umumiy bo‘lgan qismni toping va ma'nosini tushuntiring.
4. So‘z yasashning qanday usullarini bilasiz?
5. Affiksatsiya usuli haqida so‘zlang.
6. So‘z yasash qolipi nima?
7. Soha terminlarini yaratishda faol qo‘llaniladigan affikslar ishtirokida 10 ta gap tuzing.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin