uchun ham "Davlat tili haqida"gi qonunimizning o‘zak moddalari (8-14-moddalar)da ish
yuritishning tilga aloqador jihatlari qoidalashtirilgan.
O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi kursining maqsadi: talabalarning o‘zbek tilida soha
bo‘yicha nutqiy kompetentligini oshirish; mutaxassislikka oid og`zaki va yozma nutqida sohaviy
terminlarni samarali qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish, talabalarga soha bo‘yicha egallagan
bilimlarni yozma va og`zaki ravishda o‘zbek tilida ifoda etish malakalarini takomillashtirish;
sohada qo‘llanadigan terminlar, asosiy tushunchalar va soha doirasida qo‘llaniladigan
hujjatlarning rasmiylashtirilishini ta`minlash,
nutq uslublari
, xususan, sohada ilmiy va rasmiy
uslub imkoniyatlaridan foydalanish hamda ularni amaliyotga tatbiq
etish ko‘nikmasini hosil qilish. Talabalarning o‘zbek tilidan yozma nutqini takomillashtirish va
savodxonlikni oshirish.
O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi kursini o‘qitishda talabalarning tilshunoslik asoslari,
hozirgi o‘zbek adabiy tili, falsafa, mantiq, uslubshunoslik, nutq madaniyati kabi fanlardan
egallagan bilimlariga tayaniladi.
O‘zbek tili davlat tili sifatida ijtimoiy turmushimizning barcha sohalarida qonuniy
ravishda qo‘llanilmoda, milliy ma’naviyatimizning betakror ko‘zgusi sifatida, xalqimizning
borligi va birligi belgisi sifatida o‘rganilmoqda, o‘rgatilmoqda. Kishi o‘z fikrini aniq va ravon
ifodalashi uchun tildagi uslublardan ham xabardor bo‘lishi, kundalik so‘zlashuv tilidan tashqari,
rasmiy – ish yuritish tilini ham bilishi, kerak. «Davlat tili haqida»gi Qonunning 8-14-,19-20-
moddalarida ish yuritishning tilga aloqador jihatlari qoidalashtirilgan. Ish yuritishning bevosita
asosini hujjatlar tashkil qiladi. Mazmunan, hajman va shaklan xilma-xil bo‘lgan hujjatlar turli
mehnat jamoalarining, umuman, kishilik jamiyatining uzluksiz faoliyatini tartibga solib turadi.
Shu jihatdan mazko‘r ko‘rsning ahamiyati katta va uni o‘rganish bugungi kundagi dolzarb
masalalardandir.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat til haqida”gi Qonuni 1989yil 21-oktyabrda qabul
qilingan shu davrdan boshlab har yili bu kunni til bayrami sifatida nishonlaymiz.
Mustaqqillik sharofati bilan o‘zbek tili - davlat tiliga e’tibor
kuchaydi
, ona tilimizning
ijtimoiy mavqeyi kengaydi. O‘zbek tilining taraqqiyoti va istiqboli to‘grisida g‘amxo‘rlik qilinib,
bir qancha qarorlar qabul qilindi.
1993-yil 2-sentyabrda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish
to‘g‘risida” Qonun qabul qilinishi Vatanimizning ma’naviy-madaniy hayotida jahonshumul
ahamiyat kasb etdi. Yangi alifboga kiritilgan o‘zgarishlar asosida “O‘zbek tilining asosiy imlo
qoidalari” ishlab chiqildi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1995- yil
24-avgustda tasdiqlandi.
Davr taqozasi bilan “Davlat tili haqida”gi qonunga ham ayrim o‘zgartirishlar kiritildi va
1995-yilning 21-dekabrida O‘zbekiston Respublikasining yangi taxririda “Davlat tili haqida ”gi
qonuni e’lon qilindi. Bu qonun 24-moddan iborat bo‘lib, uning birinchi moddasida asosiy
qonunimiz bo‘lgan Konstitutsyamizning 4-moddasida yozilganideq “O‘zbekiston
Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir”, deb yozib qo‘yilgan.
O‘zbek tilida to‘g‘ri, ifodali so‘zlash va yozish, ona tilimizning sofligi va boyligi
to‘g‘risida tinmay g‘amxo‘rlik qilish, uning iste’mol doirasini kengaytirib borish davlatimiz
fuqarolarining burchi sanaladi. Xususan, har bir yosh o‘quvchi o‘z ona tilidagi so‘z boyligini
oshirish hamda til imqoniyatlaridan o‘rinli foydalanishga doimo harakat qilishi lozim. So‘z fikr
qurolidir, kishi qanchalik so‘z bilsa, uning fikrlash doirasi, dunyoqarashi ham Shunchalik keng
bo‘ladi.
“
Insert usuli”
Insert – samarali o‘qish va fikrlash uchun belgilashning
interfaol tizimi hisoblanib
, mustaqil
o‘qib-o‘rganishda yordam beradi. Bunda ma’ruza mavzulari, kitob va boshqa materiallar
oldindan talabaga vazifa qilib beriladi. Uni o‘qib chiqib, “V; +; -; ?” belgilari orqali o‘z fikrini
ifodalaydi.
Dostları ilə paylaş: